metodlari
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng
q o ‘llanilib, ular badiiy asam i tushunish jarayonining bir-biriga
bog‘liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning m azm un-
mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt
hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda «analiz» deb yuritiladigan
istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, m a’lumki,
butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun
tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va
butunlikning yuzaga chiqishidagi o ‘rnini o ‘rganishni ko‘zda tutadi.
Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da. «uni
qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas»
degan qarashga tayanib tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash
asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham — o'qish, faqat
bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o ‘qish tushuniladi. Bu xil
o ‘qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan,
uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o'quvchi
ongi va mhiyatiga ta ’sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda
tushunilishiga asos bo'layotgan omillarni o'rganadi.
Talqin atamasini biz «interpretatsiya» istilohining sinonimi sifatida
tushunam iz. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning m azm un-
mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani idrok etish demakdir. Keng
ma’noda «talqin» so'zi o'zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan
asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.k.) mazmunini anglash, uni
m a’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning
maqsadi tushunishning o'zigina em as, tushuntirish ham dir)
m a ’n o la rin i a n g la ta d i. Shu m a ’n o d a q a ra ls a , m u m to z
adabiyotshunosligimizda, umuman, o'tmish ilmida «talqin» so'zining
ma’nosi qisman «sharh», «tafsir» atamalari bilan ham berilgan. Yana
ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi «obrazlar tili»ni «mantiq
tili»ga o'girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish
va tushuntirmoqdir.
Y uqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil
va talqin am allari har vaqt hozir, ular tushunish jaray o n in in g
ikki qirrasidir. Aytaylik, «o'quvchi badiiy asarni tushundi» degani,
mohiyatan, «o'quvchi asarni o'zicha talqin qildi» deganidir. Ayni
paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud,
zero, oddiy o'q u v ch i ham tushunish jarayonida asar qism larini
(m as., a lo h id a e p iz o d la rn i, p e rs o n a jla rn i, u la rn in g tu rli
holatlardagi xatti-harakati, gap-so'zlarini va h.k.), ularning o 'zaro
mazm uniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganim izdek,
konkret badiiy asar. turli o 'q u v c h ila r to m o n id a n tu rlic h a
tushunilishi m um kin. Biroq shunisi ham aniqki, o 'q u v ch ilar
ongidagi m inglab talq in larn i um um lash tirad ig an m u sh tarak
nuqtalar ham mavjud. Dem ak, konkret asar talqinlari nechog'li
tu rfa b o 'lm a s in , u larn in g c h e g a ra la rin i belgilab b eru v ch i
muayyan asos, deylik, yadro (javhar) m avjudki, barcha talqinlar
shu yadro atrofida hosil bo'ladi. Bu yadro esa - badiiy asarning
o 'zi, badiiyat hodisasini o'zida m oddiylashtirgan badiiy m atndir.
Ayon b o 'ld ik i, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv va
subyektiv ibtidolardan tarkib to p ar ekan: agar bu o 'rin d a talqin
qilayotgan shaxsni subyektiv ibtido deb olsak, badiiy m atn
obyektiv ibtidodir.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar talqin qiluvchi
shaxs badiiy matnni yetarli darajada bilmasa, asar qismlarini, ulaming
o‘zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini subyektivlik
kasb etadi. Boshqa tom ondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali
fikrlashi, obrazning esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini
e’tiborga olsak, talqinning subyektsiz mavjud emasligi ayon haqiqatdir.
Chunki ijodkoming assotsiativ fikrlashi mahsuli o'laroq yaratilgan
va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat subyekt
ongidagina (ya’ni, uning ham assosiativ fikrlashi asosida) qayta
tiklanishi mumkin bo'ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va
talqinning har vaqt hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o'quvchidan
farqli ravishda, adabiyotshunos badiiy asami talqin qilarkan, tahlilga
tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy
sanaladi. Shu m a’noda tahlil badiiy asami tadqiqotchi sifatida o'qish
va uqish demakdir.
Yuqoridagilardan m a’lum bo'ladiki, badiiy asar tahlilining
maqsadi - asami tushunish (asami baholash ikkilamchi maqsad).
Xo'sh, «asami tushunish» deganda nima nazarda tutiladi? Bu masalada
ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: ayrimlar asarga muallif
tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda tutsalar,
boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (obyektiv ibtidodan) kelib
chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlaming
birinchisiga ko'ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa,
ikkinchisida talqinning mavqei ustunroq ekanligi tayin; birinchisi
badiiy asami uning ichki va tashqi aloqalarini birlikda olib o'iganishni
(kontekstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga alohida
mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o'rganish (immanent
tahlil) bilan cheklanadi. Biroq mazkur qarashlaming ikkisini ham
mutlaqlashtirib bo'lmaydi, bu o'rinda «oraliq» mavqening egallangani,
har ikki yo'sindagi tahlilning ham mavjudligini, ulaming bir-biridan
ko'zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekanligini tan olingani
to'g'riroq bo'ladi.
Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o'rganuvchi soha
— germenevtikaning asosiy qoidasi shuki, qismni butun, butunni
qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo'sinlarining
ikkisiga ham birdek aloqador. Faqat bu o'rinda im m anent tahlil
«kontekst» tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontekstual
tahlilda «kontekst» tushunchasining ko'lami kengayib boradi (konkret
asar «yozuvchi biografiyasi», «m uallif yashagan davr shart-
sharoitlari», «muallifning ijodiy merosi», «asar yaratilgan davr
adabiyoti», «milliy adabiy an’analar» kabi kontekstlar doirasiga kiradi).
Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni
tushunishga yo'l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga
(va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda o'quvchiga o'z
mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli
o'laroq, oddiy o'quvchilam ing asarni tushunishida im m anent tahlil
unsurlari yetakchilik qiladi (shu bois ham o'quvchilar ongida konkret
asarning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o'quvchilar uchun
konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar ta ’sirida yozilgani
ahamiyatsiz - ular asarning o'zinigina taniydilar, uning o'zidangina
zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos uchun bularning bari
muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud
sotsiologik metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqarilgan
xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga
faqat bilvosita ta ’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga
bevosita ta ’sir qilishga urinish esa adabiyotga faqat ziyon keltiradi.
Demak, badiiy asami alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida
ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, - ikkisining ham
o'z o 'm i, vazifasi va maqsadi tayinlidir.
Badiiy asami kontekstual tahlil qilishda unga turli jihatlardan
yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil metodlari haqida
gapirish mumkin bo'ladi.
Sotsiologok tahlil metodi tadqiqotchini badiiy asar voqeligi bilan
real voqelik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot
haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalami o'rganishga
y o'naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g'oyaviy-m afkuraviy
tomonlarini tahlil qilarkan, qahram onlam ing xarakter xususiyatlari,
asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h.k. badiiy unsurlaming
ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga
aylanish jarayoni, xarakter va p rototip, tarixiy shaxs obrazi va
real tarixiy shaxs m unosabati kabi ijod jarayoni bilan bog'liq
m u am m o lam i o 'rg an ish d a ham sotsiologik yondashuv asos
vazifasini o'taydi. Sotsiologik m etod adabiyotshunoslikda m uhim
aham iyatga molikligi shubhasiz, biroq uni boshqalardan ustun
qo'yishlik, unga ayricha e ’tibor berishlik adabiyot uchun zararli
oqibatlarga olib kelishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho'ro
adabiyotshunosligidan istalgancha topishim iz m umkin. M asalan,
sho'ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm ko'rinishlari
ayni shu m etodning mavqeini m utlaqlashtirilishining natijasi edi.
Badiiy asar tahlilida shu m etodgagina tayangan va shuning
asosidagina baholagan tanqidiy m aqolalar keyincha ularning
m ualliflarini qatag'on qilish uchun dastakka aylandigina emas,
o'quvchi om m ani o'sha ijodkorlarni «xalq dushm ani», asarlarini
"zararli» deb tushunishga tayyorladi.
Tarixiy-madaniy tahlil metodi badiiy asami milliy madaniy
an ’analar, shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida o'rganishga
qaratilgandir. M a’lumki, badiiy asar madaniy-adabiy a n ’analar
zaminida dunyoga keladi, uning qator badiiy xususiyatlari shu
kontekstdagina yorqin namoyon bo'ladi, anglashiladi. Masalan,
Cho'lponning qator she’rlari borki, ulaming m azm un-m ohiyati
mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasaw uf she’riyati kontekstidagina
o'zining ramziy m a’nolarini ochishi, tushunilishi mumkin bo'ladi.
Yoki «O 'tgan kunlar»dagi bir qator xususiyatlar (O tabekning
oshiqligi sahnalari, syujet motivlari, maktublar va h.k.) folklor va
mumtoz dostonchilik an ’analari zaminida yetishgani shundoq ko‘zga
ta sh lan a d i. M azkur yondashuv badiiy asarga u m u m m illiy
madaniyatning vakili sifatida qarashi diqqatga molikki, bu xil
yondashuv adabiy jarayondagi yangi hodisalaming tub omillarini
anglash imkonini beradi.
Qiyosiy m etod badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan
tahlil qilishni nazarda tutadi. K onkret asarni o 'tm ish d a yoki u
bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki o ‘zi m ansub
adabiyotda yaratilgan tadqiq etishi m um kin. Qiyoslash obyekti
tadqiqot m aqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Deylik,
asarni o 'tm ishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi a n ’ana va
yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezisi haqida tasavvur
hosil qilish im konini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan
qiyoslash asosida esa adabiy aloqa va t a ’sir, milliy adabiyotlar
rivojidagi tipologik umumiylik kabi m asalalarni o'rganishga keng
im k o n iy a t y a ra tila d i. M isol u c h u n N avoiy va N iz o m iy
«Hamsa»larini qiyosiy tahlil qilish har ikkala san ’atkorning ijodiy
o'ziga xosligi, ularning dunyoqarashidagi o'ziga
xos jihatlarni
yorqin tushunish va tushuntirish, Navoiy dahosini xolis baholash
imkonini yaratadi.
Biografik metod badiiy asami muallifining hayot yo'li kontekstida
o'rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati aks etgani
bois undagi qator o'rinlar muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq
anglashiladi. Shunga ko'ra, biografik metod asarga muallif tomonidan
yuklatilgan m azm unni anglashda yetakchi aham iyat kasb etadi.
M asalan, A .Q ah h o rn in g « 0 'g 'r i» va «D ahshat» hikoyalari
o'tm ishdan bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontekstda olinsa,
adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr m uam m olarini
badiiy idrok etishga, o'sha davr haqidagi, davr kishilari haqidagi
fikrlarini ifodalashga harakat qilgani anglashiladi. Biografik metodning
qanchalik samarali boMishi ko‘p jihatdan tadqiqotchi q o 'l ostidagi
biografik materialga bogMiq boMib qoladi. 0 ‘zbek adabiyotshunosligida
biografik m etodning yetarli darajada samara bilan qoMlanilmay
kelayotgani ayni shu narsa - biografik materialning yetarli emasligi
bilan izohlanadi.
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan birlikda
qoMlanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o'rganishga yordam beradi.
Bu m etod adabiyotshunosga hayot m aterialining badiiy obrazga
aylanish jarayoni, badiiy m atnning sayqallanish yoMini kuzatish
im k o n in i b e r a d i. M a z k u r m e to d t a d q iq o tc h in in g a sa r
qoralam alari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va
h.k.ni chuqur o ‘rganishini, konkret faktlar asosida asarning
yaratilish tarixi va om illarini ochib berishini taqozo etadi.
Adabiyotshunosligim izda ijodiy-genetik yondashuv sam ara bilan
qoMlangan tadqiqotlardan biri sifatida R .Q o‘chqorning A .Q ahhor
rom anlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishini ko'rsatish
m um kin.
Yuqoridagi m etodlam ing bari asarning tashqi aloqalarini
o'rganishga qaratilgan bo 'lib , ularning bari tarixiylik tam oyiliga
tayanadi. Shuni ham ta ’kidlash joizki, konkret badiiy asar tahlilida
ulai qoiibhiq holda qo'llanadi, ya'ni tahlilda ulardan bitta-ikkistasi
yetakchi bo'lgani holda, qolganlari ularni to 'ld irad i. Ikkinchi
to m o n d a n , k o n te k stu a l ta h lil ja ra y o n id a a d a b iy o tsh u n o s
im m anent tahlil m etodlaridan ham o 'rn i bilan foydalanadiki,
bu uning im koniyatlarini kengaytiradi.
Im m an en t tah lil m eto d lari sifatida stru k tu ra l, stilistik va
sem iotik m e to d la rn i k o 'rsatish m um kin. S tru k tu ral m etod
badiiy asar qism lari va u larn in g o 'z a ro alo q alarin i o 'rg a n a d i.
Bu o 'rin d a ta d q iq o tc h i m a tn n in g tu z ilish in i yoki badiiy
voqelikning tashkil etishini diqqat m arkaziga qo'y ish i m um kin
bo'ladi. Stilistik tahlil m atnning uslubiy o'ziga xosligini, semiotik
tahlil esa badiiy asardagi lisoniy belgilarning m a ’no q irralarin i
o 'rganishga qaratiladi.
Bulardan tashqari, badiiy asarni, aniqrog'i, uning ijtimoiy
mavjudligini o ‘rganishda konkret sotsiologik tadqiqot metodlari,
shuningdek, o'sha asar haqida yaratilgan tanqidiy asarlarni o'rganish
ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |