Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
ishlar deb qaraladi. Biroq bunda biz chegarani aniq olishimiz kerak. Gap shundaki, adabiyotshunoslik tilshunoslik yutuqlariga tayanib tasvir vositalarining estetik tomonlarini o'rgansa, tilshunoslik til qonuniyatlarini o‘rganishni o'ziga maqsad qiladi. Ya’ni tilshunos uchun badiiy matn material bo'lsa, adabiyotshunos uchun maqsad sanaladi. Tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik aloqalari yana bir jihatdan muhim. Tilshunoslik kishilar orasidagi muloqot vositasi bo'lgan tilni o'rgansa, adabiyotshunoslik ijodkor va o'quvchi orasidagi badiiy muloqot vositasi bo'lgan badiiy asami o'rganadi. Muloqot qonuniyatlarining mushtarakligi esa adabiyotshunoslikning qator muammolarini til qonuniyatlari bilan qiyosan o'rganish va o'rgatish imkoniyatini ochadi. Adabiyotshunos o'z faoliyatida badiiy nutq shakllari, ritmi, intonatsiya, she’r sintaksisi, ekspressivlikni oshiruvchi vositalar kabi qator tushunchalarga duch keladiki, bularning tilshunoslik ilmidagi talqinini bilgan adabiyotshunos izlanishlari, albatta, samaraliroq bo'ladi. Keyingi davr adabiyotshunosligida paydo bo'lgan «struktural adabiyotshunoslik», «semiotik tahlil» kabi tushunchalar bevosita tilshunoslik yutuqlari asosida yuzaga kelgandir. Adabiyotshunoslikning tarix fani bilan ham uzviy aloqasi bor. Ma’lum bir davr adabiyoti yoki o'tmishda yaratilgan konkret asami tadqiq etayotgan adabiyot tarixchisi o'sha davr ijtimoiy-tarixiy hodisalarini o'rganmog'i shart, aks holda u o'rganilayotgan davr adabiyotida kuzatilgan hodisalar mohiyatini ham, tahlil qilinayotgan asarning mohiyatini ham to'la anglay olmaydi. Adabiyotshunoslik san’atning umumiy qonuniyatlarini o'iganuvchi estetika fani bilan ham mustahkam aloqadadir. So'z san’ati