Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

Tarbiyaviy (didaktik) funksiya.
Badiiy adabiyot shaxsni aqlan va 
ruhan kamolga yetkazadi, jamiyatning ma’nan tozarishi va yuksalishiga 
xizmat qiladi. E’tibor berilsa, deyarli barcha milliy adabiyotlar 
taraqqiyotining ilk bosqichlarida didaktik funksiya oldingi planda tuigani 
ko'riladi. Adabiyotning tarbiyaviy ahamiyatiga juda qadim davrlardan 
ayricha e’tibor berib kelinishi bejiz emas. Xususan, qadimgi yunon 
faylasufi Aflotunning “ Davlat” asarida adabiyotning tarbiyaviy 
tomonidan qanday foydalanish kerak, kimga, nimani va qanday


0
‘qitish kerak, degan masala keng qo'yilgan. Sharq xalqlarida ham 
yosh avlodni tarbiyalashda badiiy adabiyotdan keng foydalanilgan. 
Shu bois ham Sharq mumtoz adabiyotida “Guliston” , “Bo'ston”, 
“Qutadg'u bilik”, “Hibatul haqoyiq”, “Qobusnoma” singari didaktik 
asarlar yaratilgan. T o 'g'ri, adabiyot taraqqiyotining keyingi 
bosqichlarida sof didaktik xarakterdagi asarlar kamayib boradi, 
hatto oshkor didaktikaga berilgan asarlar badiiy mukammallikdan 
yiroq tushadi, deb hisoblanadi. Shunga qaramay, adabiyotning 
mazkur funksiyasi hamon juda kuchli va sezilarlidir. Zero, 
chinakam san’at asarida ijodkor ezgulik, go'zallik, adolat singari 
umuminsoniy qadriyatlar tomonida turib fikr yuritadiki, ayni 
shu narsa badiiy adabiyotdagi tarbiyaviy funksiyaning har vaqt 
mavjudligini ta ’min etadi.
Kompensatorlik funksiyasi.
Badiiy adabiyotda inson o'z hayotida 
ko'rmaganini ko'radi, undan o'ziga yetishmayotgan narsalami topadi 
va shu asosda ruhiy qoniqish hosil qiladi. Bu jarayonning asosi shuki, 
badiiy asar mutolaasi davomida o'quvchi irreal olamda — badiiy 
reallikda yashaydi: shu irreal olamda real hayotida ko'nglidan 
kechirmagan hislarni kechiradi, umri davomida tushmagan 
vaziyatlarda “yashaydi”.

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin