Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

Badiiy-konseptual funksiya.
Badiiy adabiyot hayotni, jamiyatning 
joriy holatini badiiy tahlil qilish orqali olam va odam haqida yaxlit 
badiiy hukm — badiiy konsepsiyani ishlab chiqishga intiladi. Bu jihati 
bilan badiiy adabiyot falsafaga yaqinlashadi. Falsafadan farq qilaroq, 
olam va odam konsepsiyasini ishlab chiqishda badiiy adabiyot mantiq 
kategoriyalariga emas, ma’no serqirraligi bilan xarakterlanuvchi badiiy 
obrazlarga tayanadi. Jahon falsafiy tafakkuri Dante, Shekspir, Gyote, 
L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy, T.Mann, A.Kamyu singari o'nlab 
ijodkorlar fikrlari bilan boyigani, o'z vaqtida ulardan turtki olganligi


shubhasizdir. Biz o'zining ko'lamli falsafiy mushohadaga moyilligi 
bilan tanilgan va e ’tirof etilgan ijodkorlardan ayrimlarinigina sanadik. 
Haqiqatda esa badiiy konseptuallikka intilish iqtidor bilan yozilgan 
har qanday badiiy asarga xosdir. Xayyom ruboiylarini yo hazrat Navoiy 
dostonlarini, A.Qodiriy romanlari yo A.Qahhor hikoyalarini,
O.Yoqubov nasri yo A.Oripov she’riyatini olasizmi — barida hayot, 
olam va odam haqidagi chuqur falsafiy mushohadalarga duch kelasiz, 
mualliflar mavjudlikning o'tkir masalalari yuzasidan chiqargan badiiy 
hukm-xulosalar bilan o'rtoqlashasiz.
Kommunikativ funksiya.
Badiiy adabiyot shaxslararo, avlodlararo, 
millatlararo muloqotning amalga oshishiga xizmat qiladi. Badiiy asami 
yaratish davomida ijodkor tasavvurdagi o'quvchi bilan muloqotga 
kirishsa, uni o'qish jarayonida o'quvchi ijodkor bilan muloqotga 
kirishadi. Muloqot jarayonida keng kitobxonlar ommasiga badiiy 
informatsiya yetkaziladi, bu esa o'quvchining bilim va tasawurlar 
doirasini kengaytiradi, informatsiyaga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. 
Badiiy adabiyot vositasida amalga oshuvchi muloqot qarshisida davriy 
yoki hududiy chegaralar mavjud emas: uning vositasida o'quvchi 
o'zidan bir necha asrlar ilgari yashagan shaxs bilan ham, o'zidan 
minglab chaqirim olisda yashovchi shaxs bilan ham muloqot qila biladi. 
Masalan, ko'p mutolaa qilgan hozirgi kitobxon olis ajdodlarining 
turmushi, fikrlash tarzi, orzu-intilishlari bilan ham, olis dengiz 
ortidagi xalqning turmushi, fikrlash tarzi, orzu-intilishlari bilan 
ham yaqindan tanish bo'la oladi.

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin