Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
endi narsaning o‘zi ham mavjud emas. Demak, mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun boMmaganidek, mazmunsiz shakl ham mavjud emas. Shakl va mazmun munosabati haqida so‘z borganda, mazmunning
yetakchiligi, uning shaklni belgilash xususiyati haqida aytiladi. Darhaqiqat, ikkilamchi tabiat (inson tomonidan yaratilgan narsalar)ga nazar solinsa, buni yaqqol ko‘rish mumkin boMadi. Misol uchun yana o ‘sha stulni olaylik. Yuqorida ko‘rganimiz «o‘tirish uchun moMjallangan moslama» degan mazmun yasalajak buyumning parametrlarini belgilaydi: balandligi, kengligi, suyanchiqqa ega bo‘lishi, o ‘tirgMchning old tomoni biroz ko‘tarilgan boMishi va h.k. Ya’ni bu o ‘rinda shaklning mazmunga muvofiq boMishi talab qilinadi. Tasavvur qiling: usta stulning oyoqlarini bir yarim metrdan qilib yasadi va natijada o ‘tirg‘ich kishining yelkasi barobar turibdi; yoki o ‘tirg4chning kattaligi shapaloqdek boMsin... Albatta, har ikki holda ham shaklning mazmunga nomuvofiqligi yuzaga keladi va buyum o ‘zining qimmatini yo‘qotadi. Mazmun o ‘zgarishga, yangilanishga moyil boMgani holda, shakl konservativlik xususiyatiga ega, ya’ni o ‘zgaruvchanlikka u qadar moyil emas, shakldagi o'zgarishlar juda sekin kechadi. Aytaylik, «o‘tirish uchun moMjallangan moslama» degan mazmunga «bolalaming» aniqlovchisi qo‘shilsa, shakl parametrlari o ‘zgaradi, stul kichikroq yasaladi. Endi unga «go‘daklaming» aniqlovchisini qo‘shsak, shaklga yana biror bir qo'shimcha, masalan, go‘dakni yiqilib tushishdan saqlovchi old to‘siq qo‘shiladi. Biroq shunisi borki, barcha hollarda ham «o‘tirish uchun moMjallangan moslama» o ’zining asosiy shakl ko'rsatkichlarini saqlab