qoladi. Boshqa har qanday narsa singari, badiiy asar ham shakl va mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun «badiiy shakl», «badiiy mazmun» degan tushunchalami ishlatganimizda ulaming atigi ilmiy abstraksiyalar ekanligini unutmasligimiz kerak. Ya’ni biz yaxlit butunlik — badiiy asami atroflicha tahlil qilish, bu ishni osonlashtirish maqsadidagina shu xil shartli boMishga yoM qo‘yamiz. Aslida esa shakl mazmunsiz, mazmun shaklsiz mavjud emasdir. Zero, badiiy shakl badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi boMsa, mazmun o ‘sha shaklning ichki ma’nosi, mag‘zidir. Badiiy asarda shakl va mazmun o ‘zaro dialektik aloqada boMib,
ular bir-birini taqozo qiladi, bir-biriga ta’sir qiladi, bir-biriga o ‘tadi. Badiiy shakl bilan badiiy mazmun munosabatida ham mazmun yetakchiroq mavqega ega bo‘lib, u shaklni hosil qilishda juda faoldir. San’atkor ijodiy niyatidan kelib chiqqan holda bo‘lg‘usi asarning shaklini belgilaydi, yana ham aniqrog‘i, bo'lg'usi asarning mazmuni uning shaklini belgilaydi. Masalan, jamiyatning joriy holatini badiiy idrok etish, u haqdagi hukmini badiiy konsepsiya tarzida shakllantirish va ifodalash maqsadini ko‘zlagan ijodkor roman shaklini tanlaydi. Chunki ayni shu shakl ijodiy niyatda ko‘zda tutilgan mazmunga har jihatdan muvofiq keladi va o‘sha niyatning ijrosi uchun imkon beradi. Shu bilan birga, badiiy shakl nisbiy mustaqillikka ega hamdir. Ma’lumki, har bir davr adabiyotida qo'llanilib kelayotgan, o ‘quvchi omma uchun tushunarli boMgan va o ‘zining nisbatan turg‘un ko‘rsatkichlariga ega bo'lgan shakllar mavjud. Shunga ko‘ra, san’atkor ifodalashni ko'zda tutgan mazmunni o ‘sha shakllar