doirasiga sig‘dirishga intiladi. Masalan, sahna uchun asar yozayotgan ijodkor uni pardalarga, ko‘rinishlarga bo'ladi, syujet voqealarini ijro vaqtiga sig'diradi, dialoglarni sahna ijrosi uchun mos holga keltiradi, ularni remarkalar bilan ta’minlaydi va h.k. Shakl konservativroq hodisa bo'lganligidan uzoq yashovchanlik xususiyatiga ega. Mazmun esa o'zgaruvchanlikka moyil hodisa boiib, har bir badiiy asar mazmunan o'zicha originaldir. Sababi, o'sha asami yaratgan ijodkor — individ, u dunyoni o'zicha ko'radi va baholaydi. Shunga ko'ra, hatto oshkor taqlidiy ruhdagi asar ham mazmunan original (originallik bu o'rinda ijobiy ma’noda emas, balki umuman o'ziga xoslik, boshqalarga aynan o'xshamaydigan degan ma’noda tushuniladi) sanaladi. Masalan, hikoya shakli badiiy adabiyotda o'zining asosiy shakliy xususiyatlarini saqlagan holda uzoq vaqtlardan beri mavjud. Va ayni shu shakl doirasida minglab yozuvchilar ifodalagan turfa badiiy mazmunlaming sanog'iga yetib bo'lmaydi. Albatta, har bir hikoyaning shaklida ham muayyan o'ziga xosliklar bo'ladi, biroq hikoyaga xos asosiy shakliy belgilar saqlanib qolaveradi.
Mazmunning shaklga o ‘tish hodisasi genetik asosga egadir. Buni muayyan turg‘un janrlar misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan, «g‘azal» janri dastlab paydo bo'lganida mazmun hodisasi edi. Uning mazmun hodisasi bo‘lganligi so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan izohlanishi mumkin. Ya’ni so‘z ma’nosidan kelib chiqsak, «ayollarga xushomad, muhabbat» mazmunidagi she’riy asar g‘azal deyilgan. Keyincha, g‘azal o‘z mazmuniga mos eng muvofiq shaklga ega bo‘lgach, u shakl hodisasiga — turg‘un she’riy janrga aylandi. Xuddi shu gapni