g‘oyaviylik (bunda ham, albatta, shartlilik bor) hodisasi sifatida tushunib, har ikkisiga birdek e’tibor berish zarur. Adabiyotshunoslikda mazkur qoidadan chekinilgan hollar ham bo'lgan, albatta. Shaklning nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirib, uni badiiyatning bosh mezoni sifatida qaraganlami formalistlar deb yuritiladi. Formalizm ko‘rinishlari XIX asr oxiri XX asr boshlaridan bir qator adabiy oqimlarda namoyon bo'ladi. Xususan, badiiy adabiyot tarixidagi futurizm, imajinizm, dadaizm, avangardizm kabi oqimlar badiiyatni faqat shaklda ko'rib, turli yangi shakllar ixtirosiga o'tdilar. Biroq ularning ixtirolari «shakl — shakl uchun» shiori ostida kechib, mazmunni e’tiborga olinmagani sababli samarasiz yakun topdi. 0 ‘z vaqtida ayni shu xil qarashlarni yoqlagan, ularni nazariy jihatdan asoslamoqchi bo‘lgan adabiyotshunoslarning ishlari ham badiiy asar tabiatiga nomuvofiq bo‘lgani bois biryoqlamaligicha qoldi. Ayni paytda, formalistlarning badiiy asar shaklini o'rganishga ayricha e’tibor qilganlari adabiyotshunoslikda izsiz ketdi, deyish ham insofdan emas. Ular badiiy asar shakliga xos ko‘p jihatlarni: badiiy til, uslub, she’r tuzilishi, she’r kompozitsiyasi, ritm, metr, syujet qurilishi, badiiy asar kompozitsiyasi kabi adabiyotshunoslikning muhim masalalarini maxsus va chuqur tadqiq etdilar. Xususan, rus formal maktabining V .S h k lo v sk iy , V .Jirm u n sk iy, Y .T o ‘n y a n o v , G .V in o k u r , B.Eyxenbaum kabi namoyandalari amalga oshirgan tadqiqotlar adabiyotshunoslik rivojida muhim ahamiyatga molikdir. Shuningdek, adabiyotshunoslikda badiiy asarning shakliga ko‘z yumib, uning qimmatini mazmundan kelib chiqibgina baholashga u r in ish la r ham b o ‘lg a n .