Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


qoladi. Boshqa har qanday narsa singari, badiiy asar ham shakl va



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

qoladi. Boshqa har qanday narsa singari, badiiy asar ham shakl va
mazmunning yaxlit birligidir. Shuning uchun «badiiy shakl», «badiiy
mazmun» degan tushunchalami ishlatganimizda ulaming atigi ilmiy
abstraksiyalar ekanligini unutmasligimiz kerak. Ya’ni biz yaxlit
butunlik — badiiy asami atroflicha tahlil qilish, bu ishni osonlashtirish
maqsadidagina shu xil shartli boMishga yoM qo‘yamiz. Aslida esa shakl
mazmunsiz, mazmun shaklsiz mavjud emasdir. Zero, badiiy shakl
badiiy mazmunning biz qabul qilayotgan mavjudligi boMsa, mazmun
o ‘sha shaklning ichki ma’nosi, mag‘zidir.
Badiiy asarda shakl va mazmun o ‘zaro dialektik aloqada boMib,


ular bir-birini taqozo qiladi, bir-biriga ta’sir qiladi, bir-biriga o ‘tadi.
Badiiy shakl bilan badiiy mazmun munosabatida ham mazmun
yetakchiroq mavqega ega bo‘lib, u shaklni hosil qilishda juda faoldir.
San’atkor ijodiy niyatidan kelib chiqqan holda bo‘lg‘usi asarning
shaklini belgilaydi, yana ham aniqrog‘i, bo'lg'usi asarning mazmuni
uning shaklini belgilaydi. Masalan, jamiyatning joriy holatini badiiy
idrok etish, u haqdagi hukmini badiiy konsepsiya tarzida shakllantirish
va ifodalash maqsadini ko‘zlagan ijodkor roman shaklini tanlaydi.
Chunki ayni shu shakl ijodiy niyatda ko‘zda tutilgan mazmunga har
jihatdan muvofiq keladi va o‘sha niyatning ijrosi uchun imkon beradi.
Shu bilan birga, badiiy shakl nisbiy mustaqillikka ega hamdir.
Ma’lumki, har bir davr adabiyotida qo'llanilib kelayotgan, o ‘quvchi
omma uchun tushunarli boMgan va o ‘zining nisbatan turg‘un
ko‘rsatkichlariga ega bo'lgan shakllar mavjud. Shunga ko‘ra,
san’atkor ifodalashni ko'zda tutgan mazmunni o ‘sha shakllar

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin