ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va h.k.) ishlatilgan, bezakdor, bo'yoqdor, jimjimador tilni tushunadi. Suhbat asnosi sal chiroyliroq, jimjimadorroq gapirgan kishiga nisbatan ba’zan «ja-a badiiy qilib gapirarkanmi» qabilidagi ta’nalami eshitib qolishimiz ham shu xil tushunishning natijasidir. Aslida esa bu yanglish tasawurdir. Zero, ayrim asarlar borki, ularda bu xil vositalar ishlatilmasligi yoxud juda kam bo'lishi mumkin, biroq bu bilan shu asar tili badiiylikdan mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, A.Oripovning «Xotirot» she’ridan olingan bir parchaga e’tibor qilaylik: Uydan ketganimga o'n yil bo'libdi, O'n yil qishlog'imdan yuribman uzoq. Men yurgan yo'llarda o'tlar unibdi, Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq. Mazkur parchaning badiiy asardan olingani, uning badiiy tilda insho etilgani shubhasiz. Biroq, e’tibor berilsa, unda ishlatilgan til unsurlari ham biz kundalik muloqotda ishlatadigan unsurlardan farqli emasligi, unda badiiy vositalar ishlatilmagani ko'riladi. Tajriba uchun shu parchada berilgan informatsiyani kundalik muloqotda ishlatiluvchi tilga o'girib ko'raylik va tasavvur qilingki, bu gaplami kundalik muloqot paytida sizga kimdir gapirmoqda: «- Uydan ketganimga o'n yil bo'libdi. O'n yil qishlog'imdan uzoq yuribman. Men yurgan yo'llarda o'tlar unib, men kezgan so'qmoq ko'milib bo'libdi». Ko'rib turganingizdek, biz bu yerda she’rdagi so'zlami aynan keltirdik, bu yerda bironta so'z o'zgartirilgani yo'q. Shartga ko'ra, agar o'zgartirilgan parchadagi gaplami sizga kimdir kundalik muloqotda aytyapti, deb faraz qilsak, bu parcha badiiylikdan mahrum bo'lgani, uning endi badiiy informatsiya yetkazmayotgani aniq anglashiladi. Xo'sh, nima uchun bir. xil so'zlardan tarkib topgan ikki parchaning