barcha komponentlarini uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini ta ’m inlaydigan, asarning o'qilish i, uqilishi va kitobxonga g'oyaviy-estetik ta’sirini boshqaradigan, xullas, asami chinakam san’at hodisasiga aylantiradigan eng muhim unsur ekan. Muayyan asar badiiyati haqida so'z ketganda uning syujet- kompozitsion xususiyatlariga, ijodkoming badiiy mahorati haqida so'z borganda, uning bu boradagi mahoratiga ayricha e ’tibor berilishi bejiz emas. Zero, badiiy asarda hayotni muayyan badiiy shaklga solingan holda aks ettiriladi, unda yangi reallik — badiiy voqelik yaratiladi. Ya’ni san’atkor bir butunlikdan ikkinchi bir butunlikni — voqelikning badiiy modelini yaratishi, hayot materialini (dispozitsiya) badiiy asarga (kompozitsiya) aylantirishi zarur bo'ladi. Shu bois ham dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori ijodkor shaxsning tug'ma imkoniyatlari sirasida sanalib, iste’dod kuchi uning qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. Tayanch so'z va iboralar: syujet syujet funksiyalari xro n ikali syujet konsentrik synjet syujet elementlari konflikt kompozittsiya Savol va topshiriqlar: 1. Syujet borasidagi qarashlar turlichaligi haqida nimalarni bilasiz? Syujetning har bir adabiy tur, janrda o'ziga xos tarzda nam oyon bo'lishini izohlang. Syujetning badiiy asardagi funksiyasi nimalardan iborat deb bilasiz?