Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
yana Miryoqub misolida ko‘rishimiz mumkin: Akbarali bilan ochiq to‘qnashuv darajasiga yetmagan ziddiyati Miryoqubni harakatga — o ‘zini valine’mati bilan qiyoslash asosida o‘zining kimligini, hayotdagi o ‘rnini anglashga undadiki, uning ruhiyatida murakkab o'ylov jarayoni(«ichki harakat») boshlandi. Bu o‘ylovlar natijasida u o ‘zining ijtimoiy shaxs sifatida tanishga, o ‘zining ijtimoiy maqomini anglashga keldiki, bu endi uni faol ijtimoiy harakatga («tashqi harakat») undashi tabiiy (uning jadidlarga xayrixoh mavqeni egallashi romanning ikkinchi kitobida Miryoqub ijtimoiy faoliyatda tasvirlanishi mumkin edi, degan taxminni paydo qiladi) ko‘rinadi. 0 ‘z-o ‘zidan ravshanki, konflikt qahramonning qay yo‘sin harakat qilishini ham belgilaydi va shu asosda syujet voqealarining qay tarzda rivojlanishiga ham ta’sir qiladi. Masalan, Otabek ruhiyatidagi ziddiyat shuki, u zamonasining ilg‘or ziyolisi sifatida inson shaxsini hurmat qiladi va ayni choqda o ‘z davri, muhiti ta’siridan butkul xoli ham emas. Natijada Otabek muhit bilan konfliktda (ota-onasi uni ikkinchi bor uylantirishga jazm qilganda qarshi turgani mohiyatan qahramon-muhit konflikti, faqat bu narsa ota-ona bilan munosabat orqali ifodalanadi) yon berdi: «bir bechorag‘a ko‘ra-bila turib jabr ham xiyonat...» boMayotganini, Zaynab «qarshisida bir jonsiz haykal» bo‘lishini bilaturib, uylanishga rozilik berdi. Ya’ni Otabek ruhiyatidagi eskilik va yangilik kurashida awalgisining qo‘li baland keldi: u o ‘sha damda Zaynab shaxsini, uning huquqini
himoya qilolmadi. Keyinroq, Zaynabning o‘ziga nisbatan muhabbatini bilgach, Otabek aybini chuqur his qildi, shu bois ham Kumushning