vakillari «fabula» deganda, asarda tasvirlangan voqealarning hayotda yuz berish tartibini, «syujet» deganda esa ulaming asarda joylashtirilish tartibini tushunadilar. Voqealarning hayotda yuz berish tartibi bilan ularning asarda joylashtirilish tartibini farqlash badiiy asar qurilishini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz ham o'z ishimizda buni farqlagan holda, istilohiy chalkashliklardan qochish maqsadida voqealarning asarda joylashtirilish tartibini «syujet kompozitsiyasi» deb yuritamiz. MaMumki, badiiy asarlarda ko'pincha voqealarning hayotda yuz berish tartibi o'zgartiriladi. Albatta, bunda yozuvchi muayyan badiiy- estetik maqsadni ko'zlaydi. Masalan, «O'tgan kunlar» romanidagi voqealarning hayotda yuz berish tartibi nuqtai nazaridan Otabek bilan Kumushning tasodifiy uchrashuvi romanning boshlanishida berilishi lozim edi. Biroq A.Qodiriy bu tartibni o'zgartirib, uni birinchi bo'lim oxirida, to'y tasviridan keyin beradi. Bu bilan adib nimaga erishadi? Romanning boshlanishidan Otabekning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatgan, Rahmatjon va Homid bilan karvonsaroydagi suhbatda qutidoming qizi tilga olinishi bilan allanechuk bezovtalanganini sezgan, Hasanali bilan birga uning uyqusida alahlashlariga guvoh bo'lgan, qutidoming qiziga unashtirilganini eshitganda «qaysi qiziga» deya bezovtalanganini ko'rgan o'quvchi buning sababini, sababchisini bilishga intiladi, asami yanada sinchiklab o'qiydi, unga butun vujudi bilan bog'lanib qoladi. Rivoyadagi «sirlilik» o'quvchi Kumushning xatti-harakatlarini, uning o'ychanligiyu ariq suvi bilan sirlashishlarini, qizlar majlisidagi bo'zlashlarini kuzatganda yana bir bahya ortadi. Nihoyat, Kumushning «Siz o'shami?» degan hayrat to'la so'zlarini