eshitgach, o'quvchi dilidagi taxmini to'g'ri chiqqaniga amin bo'ladi, qoniqish hosil qilib turgan payti adib ham o'sha tasodifiy uchrashuvdan
so'z ochadi. Ko‘ramizki, oddiygina shu usul o'quvchining ijodiy faolligini oshiradi, uni qahramonlar ruhiyatiga yaqinlashtiradi, asarning jozibasiyu ta’sir kuchini oshiradi. « 0 ‘tgan kunlar» misolida ko'rilgan usul retrospeksiya deb atalib, uning mohiyati shuki, bunda yozuvchi syujet voqealarini to'xtatib o'tmishga, ilgari bo'lib o'tgan voqealar tasviriga o'tadi. A.Qodiriy mazkur usulni romanning bittagina o'm ida qoilagan bo'lsa, ba’zi asarlaming syujet qurilishida retrospeksiya yetakchi mavqe egallab, ularda asarning badiiy vaqti bilan o'tm ish navbatm a-navbat berib boriladi. M asalan, M.Muhammad Do'stning «Galatepaga qaytish», X.Sultonovning «Oddiy kunlaming birida», E.A’zamovning «Bayramdan boshqa kunlar» qissalarida shu xil syujet qurilishiga duch kelamiz. Bundan ko'rinadiki, syujet qurilishida badiiy vaqtni turli yo'sinlarda berish usuli ancha keng qo'llanilar ekan. Ayni shu o'rinda badiiy vaqt va uning ko'rinishlari xususida to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealar makon va zamonda kechadi, shunga ko'ra adabiyotshunoslikda «badiiy vaqt» tushunchasi keng qo'llaniladi. Avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealarning yuz berish vaqti bilan ularni hikoya qilish vaqtini farqlash kerak. Biz shartli ravishda asardagi voqealarning yuz berish vaqtini «synjet vaqti», asar voqealarining hikoya qilinish vaqtini «kompozitsiya vaqti» deb oladigan bo'lsak, u holda bu ikkisi har vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi ko'riladi. Chunki asar (bu o'rinda epik