Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi: bir tomondan, syujet konfliktlarni



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi: bir tomondan, syujet konfliktlarni
umumlashtirib namoyon qiladi, ikkinchi tomondan, konflikt syujetni
harakatga keltiruvchi asosiy kuch sanaladi. Ko‘rinadiki, syujet va
konflikt badiiy asarda uyg‘unlashadi, biri ikkinchisini taqozo qiladi.
Konflikt (lat., to‘qnashuv) deganda badiiy asar personajlarining
o ‘zaro kurashlari, qahramonning o ‘z muhiti bilan ziddiyatlari,
shuningdek, uning ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshiliklar
tushuniladi. Badiiy asar voqelikni badiiy aks ettirgani va uning
markazida inson obrazi turgani uchun ham insonning real hayotida
mavjud konfliktlarning bari unda badiiy aksini topadi. Shu nuqtai
nazardan badiiy konfliktning uchta turi farqlanadi:
1. Xarakterlararo konflikt.
2. Qahramon va muhit konflikti.
3. Ichki(psixologik) konflikt.
Aytish kerakki, konfliktning mazkur turlari badiiy asarda aralash
holda namoyon boMadi va o ‘zaro uzviy aloqada boMadi: biri ikkinchisiga


o ‘tadi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi, biri ikkinchisi orqali
ifodalanadi va h.k. Ya’ni qahramonning muhit bilan konflikti uning
boshqa personajlar bilan to‘qnashuvlari, ruhiyatidagi ziddiyatli
jarayonlar tasviri orqali ochib beriladi. Masalan, Cho‘lponning «Kecha
va kunduz» romanidagi Miryoqub — o ‘z muhiti bilan ziddiyatga
kirishgan qahramon. Miryoqubning muhit bilan ziddiyati uning
Akbarali bilan o ‘zaro ziddiyatli munosabatlari fonida yetishadi, ayni
shu munosabatlar qahramon ruhiyatidagi murakkab jarayonga —
o ‘y-fikrlar kurashiga turtki beradi. Konfliktning barcha turlari ham
qahramonni muayyan bir harakatga undaydi, ayni shu narsa konfliktni
syujetni yurgizuvchi kuch sifatida talqin qilishga imkon beradi. Buni

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin