Yuqorida ko‘rganimizdek, badiiy til umumxalq tiliga asoslanadi, uni butkul yangi hodisa deb qaramaslik kerak. Biz kundalik muloqotda ishlatib yurganimiz odatiy so‘zlardan badiiy so‘z o ‘sib chiqadi. So‘zning bevosita, odatiy ma’nosi badiiy asar matnida yangidan- yangi qirralarini namoyon qiladi, uning ma’no sigMmi benihoya kengayadiki, buni badiiy asarda tasvirlangan xususiy faktdan katta bir badiiy umumlashma kelib chiqishiga o‘xshatsa boMadi. Bunga amin boMish uchun kundalik muloqotda aytilgan «Men kezgan so‘qmoq
ko'milib bo'libdi» degan jumla bilan misolga olingan she’rdagi «Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq» satri yetkazayotgan badiiy informatsiyani qiyoslab ko'rish mumkin. Birinchi holda konkret so'qmoq, o'sha so'qmoqni odam yurmay qo'yganidan o't bosib ketgani nazarda tutilayotgani, ya’ni tinglovchi informatsiyani faqat o'z ma’nosida qabul qilayotgani ravshan. Xuddi shu so'zlardan tuzilgan satr esa ma’no sig'imi, o'quvchi xayolida qo'zg'ayotgan assotsiativ ma’nolar jihatidan benihoya keng. Chunki bu satr badiiy matn ichida keladi, baski, u butunning qismiga aylangan, demak, ma’no ottenkalari va hissiy bo'yog'i ham butun bilan bog'liq holda namoyon bo'ladi. Shu bois ham «ko'milib bo'lgan so'qmoq» lirik qahramon uchun (she’r ruhiga kirgan, o'zini lirik qahramon o'rniga qo'ya olgan she’rxon uchun ham) oddiygina so'qmoq emas. She’rdagi «Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq» satri lirik qahramon xayolida o'sha so'qmoq bilan bog'liq xotiralami jonlantiradi, beg'ubor va betashvish bolalik yoxud yoshlik sog'inchini, umming o'tkinchiligini o'ylashdan kelgan mahzunlikni ifodalaydi. Badiiy tilning tasviriyligi nasriy (epik) asarlarda yanada yorqinroq