Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


intilishini taqozo qiladi. Syujetning bu turi badiiy asar qurilishining



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

intilishini taqozo qiladi. Syujetning bu turi badiiy asar qurilishining
mukammal, asarning o'qishli va qiziqarli bo'lishiga imkon beradi. Ya’ni
bu xil syujet o'quvchi diqqatini bitta nuqtada tutib turadi, o'qish
jarayonidagi faolligini oshiradi. Buning yorqin misoli sifatida detektiv
asarlarni ko'rsatish mumkin. Detektiv asarlaming aksariyatida syujet
voqealari konkret hodisa atrofida aylanadi, o'quvchi xayolini shu
hodisaning sabablarini, qay tarzda yuz berganini bilish istagi egallaydi,
bu savollarga o'zicha javob izlaydi, o'zi topgan javobning qay darajada
to'g'riligini bilmoqchi bo'ladi — bularning bari o'quvchini asarga
bog'laydi-qo'yadi. Konsentrik syujet nisbatan qisqa vaqt ichida kechgan
voqealarni qam rashi, yondosh syujet chiziqlarini kiritish
imkoniyatlarining kamligi bilan ham xarakterlanadi. Sanalgan
xususiyatlarni O.Yoqubovning «Muqaddas», «Billur qandillar»,
«Ulug'bek xazinasi» kabi asarlari misolida kuzatish mumkin.
Aytish kerakki, syujetlarni yuqoridagicha ikki turga ajratilsa-
da, bu ikki turga xos xususiyatlar ko'proq aralash holda namoyon
bo'ladi. Zero, xronikali syujet voqealari orasida sabab-natija (oldin
yuz bergan voqea keyin yuz bergan voqeaga qisman sabab bo'lib
keladi) munosabati, konsentrik syujet voqealari orasida vaqt
munosabati (natija sababdan keyin keladi) kuzatilishi tabiiy.
Demak, konkret asardagi syujet tipini belgilashda mazkur
munosabatlaming qaysi biri etakchi mavqega egaligi e ’tiborga
olinishi lozim. Ba’zan asarda har ikki tipdagi syujet xususiyatlari
uyg'un holda namoyon bo'ladi va ayni shu uyg'unlik uning
jozibasini ta’minlagan muhim omil bo'lib qoladi. Xususan,
A.Qodiriyning «O'tgan kunlar», Cho'lponning «Kecha va kunduz»

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin