yoki boshqa turga mansub asar asosida ham, tamom yan-
gitdan ham yaratilishi mumkin. Har ikki holda ham ssenariy
so‘z san’atiga emas, teatr san’atiga aloqador yordamchi
vosita, ya’ni
drama bilan emas, dramaturgiya bilan bogliq
hodisa ekanligicha qoladi. Ayni shu o'rinda «drama» va
«dramaturgiya» terminlarini aniqlashtirib o'tish zarurati yu-
zaga keladi. Avvalo, ularni sinonim sifatida qo‘llash to‘g‘ri
emas, chunki hozirda «dramaturgiya» adabiy turdan keng-
roq tushunchani anglatadigan, dramani ham o‘z ichiga
qamrab oiadigan termin sanaladi. Negaki, dramaturgiya
deyilganda sahna (ekran)lashtirish ko‘zda
tutilgan asar-
ning yozuvda qayd etilgan predmetli-tasviriy va kompozit-
sion asosi tushuniladi. Ya’ni bu ma’noda drama ham, sse
nariy ham; opera, operetta, balet yoki pantomima uchun
yozilgan libretto ham, kinossenariy ham - hammasi dra
maturgiya doirasidagi tushunchalardir.
Eposga drama ta’sir
qilgani kabi, zamonaviy dramada
ham eposning sezilarli ta’siri bor. 0 ‘zining badiiy takomi-
li jarayonida dramatik tur epik elementlar hisobiga boyib
borgani kuzatiladi. Zamonaviy dramadagi, xususan, epik
asarlardagi kabi voqealar yuz beradigan joylar ko‘lamining
kengayishi, syujet vaqtining
uzayishi kabilarni shuning
natijasi deyish mumkin. Deylik, Cho‘lponning «Yorqinoy»
dramasida voqealar yuz beradigan joylarning olti bora
o‘zgarishi unda epik elementlarning salmoqliroq (masa-
lan, «Nurxon»dagiga nisbatan) ekanidan dalolatdir. Yoki
Uyg‘un va Izzat Sulton hamkorligida yaratilgan «Alisher
Navoiy» dramasida voqealarning yuz berish vaqti sezilarli
uzaytirilgan. Faqat shunisi borki, janrtalabidan kelib chiqib
Navoiy hayotining turli davrlariga oid faktlar uzviy davo-
miylikda berilgan. Natijada ulug1 shoirning hayot yo‘li bilan
tanish bo'lmagan kishilar spektaklni
tomosha qilganlarida
undagi voqealar orasidagi «vaqt bo‘shlig‘i»ni sezmaydilar
ham, ularni qisqa vaqt oralig'ida sodir bo‘lgandek qabul
qiladilar. Ko‘ramizki, bu o‘rinda syujet vaqtining uzaytirili-
404
www.ziyouz.com kutubxonasi
shi asarni qabul qilishning ruhiy mexanizmlariga shunga
mos
0
‘zgartirish kiritolmaydi, voqealar orasidagi «vaqt
bo‘sh!ig‘i» qahramonlar qiyofasidagi o'zgarishlar hisobiga-
gina to'ldiriladi, ya’ni bunda ham shartlilik kuchayadi. De-
mak, drama epik unsurlar hisobiga
boyishi mumkin, faqat
bu unsurlarni kiritish ham ijro vaqti va shartlilik imkoniyat-
lari bilan ma’lum ma’noda cheklangandir.
Dramatik turning asosiy janrlari sifatida tragediya, ko-
mediya va drama («drama» atamasi ham adabiy tur ma’n o
sida, ham o‘sha turning bir janri ma’nosida qollanadi)
ko'rsatiladi. Dramatik asarlarnijanrlargaajratishda ularning
asosiy estetik belgilariga tayaniladi. Tragediyaning asosiy
estetik
belgisi
tragiklik,
komediyaning asosiy estetik bel-
gisi
komiklik,
dramaning asosiy estetik belgisi
dramatiklik
sanaladi. Aytish kerakki, adabiyotshunoslikka oid ishlarda
biz «asosiy estetik belgi» deb atagan narsa ko‘proq pafos
deb yuritiladi. Pafos deganda tasvirlanayotgan xarakterlar-
ni mijliy va umuminsoniy ahamiyatini e’tiborda
tutgan hol-
da g'oyaviy-hissiy idrok etish hamda baholash natijasi o‘la-
roq yuzaga kelgan, asarning butun to‘qimasiga singdirib
yuborilgan ruh tushuniladi. Bu jihatdan qaralsa, tragediya
Dostları ilə paylaş: