aqlga rostlikn'i
uzv
degandan ko'ra xususiyat sifatida tushunilgani ma’qulroq
bolib, umumlashtirib aytsak, mantiqiy asoslanganlikni
ko'zda tutadi. Nihoyat, to'rtinchisi - lisoniy ifoda, u fikrni
ti! unsurlari vositasida aniq va ravon ifodalashni ko'zda tu
tadi; beshinchi va oltinchi unsurlar esa poeziya san’atidan
tashqarida qoladi, ya’ni ular ijro bilan bogliqdir.
Zamonaviy adabiyotshunoslikda tragediya janrini bel-
gilashda
tragik konflikt, tragik holat
va
tragik qahramon
tushunchalariga tayaniladi. Odatda,
tragik konflikt
degan-
da mohiyatan yechimi yo‘q, mavjud sharoitda hal qilib
bolmaydigan ziddiyat tushuniladiki, u har vaqt muqarrar
ravishda qahramon ongida ziddiyat-u iztirobga to‘la o‘y-
lovlar, shiddatli ichki kurashni keltirib chiqaradi. Agar qa-
dimgi tragediyalarda konflikt qahramon bilan taqdiri azal
o‘rtasida
(mas.,
«Shoh Edip») kechgan boisa, keyinroq
bu konflikt tomonlarining ikkinchisi o'zgardi: taqdiri azal
o'rnini endi shaxsdan yuqori turuvchi oliy ma’naviy kuchlar
(bunda yozilmagan, biroq inson hayotini muayyan tartibga
soluvchi ma’naviy qonun-qoidalar, masalan, burch hissi
’ Аристотель. Риторика. Поэтика. -- М.: Лабиринт, 2000. - С .154 - 155.
2 Ko'rsatilgan asar. - Б. 150.
407
www.ziyouz.com kutubxonasi
kabilar nazarda tutiladi) egallaydi. Tragik konflikt asosida
yuzaga keluvchi
tragik holatnmg
mohiyati shundaki, qah-
ramon tashqi kuchlar bilan emas, o‘zi bilan o‘zi olishadi,
mana shu oiishuv oqibati o'Iaroq chuqur ma’naviy iztirob,
ruhiy qiynoqlarga duchor bo‘ladi. 0 ‘zining foje holatida
ham maqsad sari intilishlik, ruhiy iztiroblar-u qiynoqlarga
qobillik tragik qahramonga xos xususiyatdir. Tragik qah-
ramon qarshisida erkin tanlov imkoniyati mavjud - u maq-
saddan voz kechishi, oson yo‘lni taniashi mumkin, biroq
u bunday qilmaydi,
0
‘zining jisman yoki ma’nan halokat-
ga uchrashi mumkinligini bilgan holda ham maqsadidan,
e’tiqodidan qaytmaydi. Xuddi shu asosda tragik qahra-
monning xarakter kuchi, uning favqulodda shaxsligi namo-
yon bo‘ladi. Masalan, Edip yoki Gamletni oling: ularning
ikkisi ham yuqorida tavsif etilgan yo'ldan boradi. Deylik,
Edip yurt boshiga kelgan ofatning sababchisi o‘zi bo‘lishi
mumkinligini sezganidayoq taftishni to‘xtatishi, «yopig‘liq
qozon yopig‘ligicha» qolaverishi mumkin edi. Biroq u -
tragik qahramon - chekiga tushgan iztirob-u qiynoqlar
qadahini tubigacha sipqoradi. Realizm bosqichigacha
yaratilgan tragediyalarda tragik qahramon sifatida ko'proq
mifologik personajlar, shohlar, shahzodalar, malikalar-u
sarkardalarning olinishi ham bejiz emas, zéro,
0
‘zining foje
holatini idrok eta olish, qalbi-yu ongida ma’naviy-ruhiy iz-
tiroblarni kechira olish, shunda-da sinmay, maqsad tomon
yurishlikka o!rtamiyona odamlarning chog‘i kelmaydi. Shu
bois ham XX asr
0
‘rtalarida yaratilgan adabiyotimizdagi tra-
gediya janri talablariga to'la javob berishga yaroqli «Mirzo
Ulug‘bek», «Jaloliddin Manguberdi» tragediyalaridan biri-
riing markaziga shoh, ikkinchisining markaziga sarkarda
chiqarilgan. Tragediya janr problematikasi nuqtayi nazari-
dan turlicha: bu janrga mansub asarlarda ma’naviy-axloqiy
(«Shoh Edip», «Qirol Lir»), millatning tarixiy taqdiri («Ja
loliddin Manguberdi») yoki romaniy problematika («Mirzo
Ulug‘bek») badiiy talqin qilinishi mumkin. Tragediya janri
408
www.ziyouz.com kutubxonasi
0
‘zining faolligini yo‘qotgan sanalib, zamonaviy dramatur-
giyada bu janr deyarii ishlanmaydi, biroq tragiklik badiiy
adabiyotda estetik kaiegoriya (pafos, badiiylik modusi) si-
fatida saqlanib qolgan.
Manbalarda «komediya» so‘zining kelib chiqsshi haqida
turli qarashlar mavjud bo‘lib,
so‘z anglatuvchi hodisa
mo-
hiyatini tushunishga yordam berishini e’tiborda tutgan hoi-
da ularga muxtasar to‘xtalib o'tamiz. Qarashlardan biriga
ko‘ra, «komediya» qadim yunon tilidagi «komos» - xush-
chaqchaq olomon, ya’ni bayram shukuhi va
sharob ia ’siri-
da sarxush-xushchaqchaq qo'shiq aytib yurgan
kishilar
guruhini anglatuvchi so'zdan kelib chiqadi. Agar ko'pchilik
«tragediya» so‘zi ham «komediya» kabi Dionis sharafi-
ga o'tkazilgan bayramlar bilan bog'liq paydo bo'lgan deb
bilishini nazarda tutsak, ushbu talqin haqiqatga yaqin. Ik-
kinchi qarash ham shunga o'xshash: «komediya» qadim
yunoncha «kome» - qishloq va «ode» - qo‘shiq so'zla-
rining qo‘shilishidan keiib chiqqan bo'lib, Dionis sharafi-
ga qishloqlardagi bayramlarda ijro qilingan qo'shiq bilan
bog‘liq. Yana bir talqin esa «komediya»ning mohiyatini
tushuntirishga qarátilgan. Unga ko‘ra, afinaliklardan zarar
ko'rgan atrof qishloqlardagi aehqonlar tunda shaharga
kelisharkan-da, o'zlariga ziyon yetkazgan odamning
uyi oldida turib olgancha «Bu xonadonda mana bunday
ish-amallari bilan falon-u falon dehqonlarga katta zarar
yetkazgan faloniy istiqomat qilur!» qabilidagi so'zlarni jo‘r
bo‘lib qichqirishar ekan. Shu zaylda qo‘ni-qo‘shnilar orqali
aybdorga ta’sir o‘tkazib, zulmga chek qo'yishga erishilgan.
Shahar ahli bu amalning ijtimoiy foydali ekanini anglab
dehqonlarni kunduz vaqti tomoshabinlar oldida shunday
chiqishlar qilishga undaydi. Dehqonlar-ku rozi bo‘lishgan,
faqat noma’lumligicha qolish uchun yuzlariga may quy-
qumini obdan surtib oladigan bolishgan ekan. Ya’ni niqob-
da ijro qilingan va yon-atrofdagi real kishilar ayovsiz fosh
etilgan antik komediya shu tariqa paydo bo‘lgani rivoyat
409
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilinadiki, bunda ham, o'ylab qaralsa, ratsional mag'iz yo‘q
emas. E’tibor berilsa, mazkur qarashlarda farqlar bilan bir-
ga mushtarak jihatlar ham borligi ko'rinadi: avvalo, uchala
talqinda ham gap «qishloqilar» haqida boradi, ikkinchi-
dan, uchala holda ham ular muayyan bir maqsad (Dionisni
sharaflash, zulmkorlarni fosh etish) yo'lida uyushgan va
qiyofalarini o'zgartirib olishgan. Ya’ni so‘z etimologiyasida
komediyaning marosim bilan bog'liq holda vujudga kelgani
ham, ijroviy tabiati ham, janrlar orasida egallagan maqomi
ham o‘z izini qoidirgan.
Aytilganlardan, avvalo, tragediya bilan komediya bitta
ildizdan o‘sib chiqqani va ularning xuddi «yer va osmon»,
«o‘t va suv» kabi oppozitsiyani, aniqrog'i, ziddiyatli butunlik-
ni hosil qilishi ayon bo'ladi. Xususan, Arastu tragediya bilan
komediyaning farqini «birinchisi hoziryashab turganlardan
ko‘ra yaxshi, ikkinchisi esa yomon odamlarni tasvirlashi»-
da1 ko‘radi. Ikkinchi jihati, tragediya «muhim voqea»ni tas-
virlasa, komediya kundalik turmushda uchraydigan oddiy
voqealarni ham qalamga olishi mumkin. Shunga muvofiq,
tragediya qahramoni favqulodda shaxs boisa, komediya-
da oddiy kishilar harakatlanadi. Ya’ni Arastuning poeziya
«yo bizdan ko‘ra yaxshilarga, yo bizdan ko‘ra yomonlarga
yoki hatto o'zimiz kabilarga» taqlid qiladi deganini yodga
olsak, keyingi ikki toifagina komediyanavis obyekti bo‘la
olishi oydinlashadi. Asosida kundalik turmushdan olingan
oddiygina voqealar yotishi, qahramonlari ham oddiygina
kishilar ekani bois qadimda, ayniqsa, klassitsizm davrida
komediyaga «tuban janr» sifatida qaralgan. Bu o'rinda
«tuban» so‘zi lug‘aviy ma’nosida emas, tragediyaga, ya’ni
«yuksak janr»ga nisbatan tushunilgani to‘g‘riroq bo‘la-
di. Zéro, sirasini aytganda, mifologiya va tarixga oid vo
qealar asosida «yuksak materiya»lardan bahs yurituvchi
tragediya qarshisida turmush «ikir-chikir»larini tasvirlovchi
1 ApucTOTenb. PuTopuKa.
noaTnira.
- M .: Jla6npnHT,
2000. - C.150.
410
www.ziyouz.com kutubxonasi
komediyaning «tuban» ko'rinishi tabüy ham. Shu bilan bir-
ga, ayni shu jihat komediyani real hayotga yaqinlashtiradi,
tragediyaga qaraganda sermahsul va umrzoqroq bo'lishini
ta’minlaydi.
Zamonaviy tushunchadagi komediyaning belgilovchi
xususiyati sifatida komiklik e’tirof etiladi. Janr tarixiga na-
zar solinsa, antik zamonlardan beri o'tgan qariyb ikki yarim
ming yil davomida komediyaning o'nlab xillari yaratilgani,
shunga qaramay, komiklik o'zining satira, yumor, kinoya,
grotesk, sarkazm kabi ko'rinishlari bilan hamma vaqt janr
mohiyatini belgilab kelgani ko'riladi. Qadimdanoq tabiiy
ravishda komediyaning xillari ajrala boshlagan. Jumladan,
bachkana masxarabozlikka asoslanuvchi «tuban komedi-
ya» bilan muhim ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarni tasdiqlash-
ga qaratilgan «yuksak komediya» farqlangan. Sirasi, bun-
day tasnif universal xarakterga ega. Zero, komediyaning
mazkur ikki navi hamisha mavjuddir. Shuningdek, komiklik
nimä hisobiga voqelanishiga ko'ra «xarakterlar komediya-
si» bilan «holatlar komediyasi» farqlanadi. To‘g‘ri, odatda,
xarakter komikligi bilan holat komikligi ko'pincha uyg‘un-
lashib keladi, ular bir-birini to'ldiradi. Demak, ulardan qaysi
biri ustuvor ekanidan kelib chiqibgina konkret asarni maz
kur ikki navdan biriga mansub deyish mumkin.
Xarakterlar komediyasining markazida komik xarakter
turadi. Odatda, komik xarakter deganda o‘zida idealga
tamoman zid illatiarni jam etuvchi yoki ulardan ayrimlarini
namoyon etuvchi personajlar nazarga olinadi. Bu o'rinda
asosiy shartlardan biri shuki, komik personaj o‘zining mav-
jud holatini idrok etmaydi, o‘ziga real baho berishdan ojiz.
Aksincha, u o‘zini bor holiga nisbatan tamoman teskari
baholashga moyil: g‘irt tentak bo'lgani holda o‘zini aqlli sa-
naydi, ma’nan tuban bo‘lgani holda o'zini pokdomon biladi
- o‘zini o‘zgalarga shunday sifatlarda taqdim etishga chi-
ranadi. Masalan, Uyg'unning «Parvona» komediyasidagi
0
‘tkuriy: u o'zining ma’nan tubanligi, axloqan buzuqligi,
411
www.ziyouz.com kutubxonasi
plagiatchi ekanini, jo'ngina mahmadanaligi-yu firibgarligini
tan oladimi? Yo‘q, aksincha, u o‘zini aqlli, so'zamol, ud-
daburon, yashashni biladigan va b. fazilatlar egasi deb
biladi, shunday ko'rinishga urinadi. Natijada xarakterning
mohiyati bilan mavjudligi orasida nomutanosiblik-ziddiyat
paydo bo‘ladiki, shu ziddiyat komiklikni yuzaga chiqaradi.
«Parvona»dagidan farqli o'laroq, E.Vohidovning «Oltin
devor», S.Ahmadning «Kelinlar qo‘zg‘oloni» komediyalari-
da holat komikligi ustuvorlik qiladi. Ayni chog‘da, keltirilgan
misollardagi tasvirlangan hayotiy holatda xarakterlar o‘zini
namoyon etganidek, xarakterlar o‘sha hayotiy holat mo-
hiyatini ochishga xizmat qiladi. Ya’ni yuqorida aytganimiz
uyg‘unlik qonuniyat maqomida amal qiladi.
Komediya satirik yoki yumoristik ruhda bo‘lishi mumkin.
Har ikki holda ham u g‘oyaviy-hissiy inkor qiladi: satirik
ruhdagi komediya qalamga olingan xarakter yoki holat-
ni to‘la inkor qilsa, yumoristik ruhdagi komediya xarakter
yoki hayotiy holatdagi ayrim jihatlarni qisman inkor qiladi.
Shu jihatdan qaralsa, A.Qahhorning «Tobutdan tovush»,
«Og’riq tishlar» komediyalari janrning satirik, S.Ahmad
ning «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» komediyalari esa yu
moristik xillariga mansubdir.
Yuqorida komediyani tragediyadan farqlovchi muhim
xususiyat sifatida real hayotga yaqinlikni aytdik. Komedi
ya janrining keyingi taraqqiyotiga nazar solinsa, uning
ruh-mazmuniga muttasil ravishda jiddiyat singib borgani
ko'riladi. Aslida, bu jarayon «yuksak komediya»ni farqlash
zarurati his etilgan paytdan boshlangan desak to‘g‘riroq
bo'ladi. Mazkur hoi ijod tabiati bilan, ijodkorning bugungi
kun haqida o‘z so'zini aytishga bo‘lgan ehtiyoji bilan bel-
gilanadi. Ayni ehtiyoj bois ham, materialni mif va tarixdan
oluvchi tragediyadan farqli olaroq, hayotdagi o'zgarishlar-
ga mos o‘zgarib borgan komediyaning bir qator janr ko'ri-
nishlari («qahramonlik komediyasi», «g‘oyalar komedi-
yasi», «axloq komediyasi», «maishiy komediya» va b.)
412
www.ziyouz.com kutubxonasi
maydonga keidiki, ularning barida hozirgi tushunchadagi
drama tomon u yoki bu darajadagi siljish kuzatiladi. Xullas,
yuqorida aytganimiz ijodiy ehtiyojni qondirish yolidagi izla-
nishlar komediya bag'rida dramani yetiltirdi deyilsa, xato
bolmaydi.
Drama alohida janr sifatida XVII i asrning ikkinchi yarmi-
dan ma’rifatchilar sa’y-harakati bilan ommalasha boshladi.
Albatta, bu bejiz emas: adabiyot va san’atda realistik ten-
densiyalar kuchaya boshlagan bir sharoitda ayni shunday
janrga zarurat bor edi. Xo‘sh, drama qaysi jihatlari bilan
realizmga mos keladi? Avvalo, dramaning zamonaviy ma
terial asosiga qurilishi, ya’ni tragediyadagi kabi syujetni
mif yo tarixdan olishga burchli emasligi. Shu bilan bog‘liq
holda drama qahramon tanlashda ham erkin. Yana bir ji-
hati, uning tragediyadagi kabi ulug'vor yoki komediyadagi
kabi yengil masalalardan bahs yuritishi shart emas, ya’ni
mavzu doirasi cheklanmagan. Shuningdek, dramaga kes-
kin konfliktlar ham, iztirobli qalb iug'yonlari ham, komik
vaziyatlar-u ichakuzdi kulgilar ham yot emas - hayotning
o‘zidagi kabi unda har nega o‘rin bor. Xuddi shu narsa re-
alizm bosqichiga yaqinlashgan sari tragediyaning o‘z o‘rni,
yetakchilik maqomini dramaga bo'shatib berishiga sabab
bo'ldi. Zero, drama o‘zining mavzu jihatidan turfaligi, real
hayotda mavjud turli-tuman holatlar, konfliktlar va xarak-
terlarni badiiy talqin qilish imkoniyatlarining kengligi bilan
bu maqomga ko'proq munosib edi.
Dramaning tragediyadan farqi eng avval konfliktining
mohiyatida namoyon bo'ladi. Avvalo, tragik konfliktni
hal qilish imkoni yo‘q, uning hal qilinishi inson irodasi-yu
sa’y-harakatiga bog'liq emas, bil’aks, uning inon-ixtiyo-
ri va imkonidan tashqarida. Boz ustiga, tragik qahramon
ham tragik vaziyatga o‘zi yo‘l qo'ygan xato tufayli emas,
balki g'ayriixtiyoriy tarzda (taqdir hukmi, jamiyatdagi
ma’naviy-axloqiy me’yorlar va sh.k.) tushib qoladi. Tragedi-
yadagidan farqli ravishda, dramadagi konfliktning yechimi
413
www.ziyouz.com kutubxonasi
yo‘q emas - uni hal qilish imkonlari mavjudiigi ravshan.
Agar tragik konflikt qahramon ruhiyatiga ko‘chib, vujudida-
gi ichki kurashga aylansa, dramatik konflikt qahramon bi-
Ian tashqi kuchlarorasida kechadi. To‘g‘ri, dramadagi konf
likt ham nihoyatda keskin bo'lishi, qahramonni iztirob-u
qiynoqlarga solishi va oxir-oqibat halokatga olib borishi
mumkin. Biroq bular bari tashqi kuchlar bilan to'qnashuv
natijasi, ya’ni asar syujetini harakatlantirayotgan dramatik
konflikt tragik vaziyatni yuzaga keltirmaydi.
Drama qahramoni to'siqlarni yengib o‘tishga intiladi,
uning dilida shuni uddalashga ishonch, payti kelib qarshi
tomonning ham anglashiga, o'zgarishiga umid ustuvor.
Masalan, «Alisher Navoiy» dramasida ezgulik va yovuzlik
orasidagi kurash qahramon ruhiyatida emas, uning bosh-
qa personajlar bilan to‘qnashuvlarida namoyon bo'ladi.
To‘g‘ri, asarda Navoiyni zamonasi haqidagi o'ylar, yurt-
dagi nomaqbul holatlar mushohadasi iztirobga soladi. Bi
roq shunda ham u mavjud holatni o‘ng!ash imkonsiz deb
bilmaydi, aksincha, adolat va insof tantanasi uchun ku-
rashadi. Hatto saroyni tark etar chog'ida ham u: «Xalqim-
ga, ijodimga!» - deb aytadi, ya’ni ijodi biian o‘z kurashida
bardavom bo'ladi. Yoki «Nurxon»dagi eskilik va yangilik
orasidagi kurash ham qahramon ruhiyatida emas, uning
boshqa personajlar bilan to‘qnashuvida namoyon bo‘ladi
va ayni shu ziddiyatlar pirovardida Nurxonning olimiga
olib keladi. Ayni chog'da, Nurxonning o'limi tragik vaziyat-
ning emas, ko‘proq uning ongii ravishdagi tanlovi natija-
sidir. Negaki, Nurxonda bunga qadar otasiga bo'yin egib,
gunohlariga tavba qilish -tanlagan yo'lidan qaytish imkoni
bo‘lgan, u esa qaytmaslikni ixtiyor etdi.
Xullas, komediya bilan tragediya qariyb ikki ming yillar
davomida dramatik turning asosiy janrlari bo‘lib keldi. Agar
o‘tgan vaqt ichida tragediyaning formal va mazmuniy xu-
susiyatlari deyarli barqaror saqlangan bolsa, zamon tala-
biga mos tarzda muttasii o'zgarib turgan ijodiy ehtiyojlar
414
www.ziyouz.com kutubxonasi
komediya doirasidagi izlanishlar hisobiga qondirib kelindi.
Realizm bosqichiga kelib esa, tragediya janr sifatidagi umri-
ni yashab bolgach, uning o'rnini drama egalladi. Tragediya
bilan komediyaga xos jihatiarni o'zida mujassamlashtirgan
drama voqelikni aks ettirish va badiiy idrok etish imkonlari
kengligi bilan zamona badiiy-estetikehtiyojlarigajavob bera
olishi, yangiliklarni o'ziga singdirishga qobilligi bois keng
ommalashdi. Shu tariqa drama tragediya o'rnini egallab,
dramatik turning ikki asosiy janridan biri bo'lib qoldi.
Yuqoridagi asosiy janrlardan tashqari kichik drama-
turgik janrlar, shuningdek, turli janr modifikatsiyalari ham
mavjud. Jumladan, janr modifikatsiyasi sifatida musiqali
drama, musiqali komediyalar ko'rsatilishi mumkin. Musiqa
jo'rligida ijro etishga mo'ljallangani, dialog va monologlar
oYnini qisman vokal (ariya va duetlar) egallasbi ularning
o‘ziga xosligini, sintetik san’at namunasi ekanligini koYsa-
tadi. Ayrim san’at turlarining, ommaviy axborot vositala-
rining rivojlanishi natijasida dramatik turning yangi janrlari
paydo bo'ldi, borlari faollashdi. Masalan, estrada san’ati-
ning rivoji natijasida monolog janri dunyoga keldi, qo‘g‘ir-
choq teatrlari rivoji va modernizatsiyasi uning uchun yozi-
ladigan pyesalarni faollashtirdi, televideniyening rivoji esa
intermediya janrini faollashtirdi.
Tayanch tushunchalar:
Dostları ilə paylaş: |