ma’nosini beradi. Zero, u ikkita: «tragos» - «taka» va
«oide» - «qo'shiq» so'zlaridan tarkiblangan.
Qadimgi yu-
nonlar may va shodlik ma’budi Dionis sharafiga har yili bir
necha martalab marosimlar o'tkazishgan. Bu marosim-
larda
satirlar xori
tomonidan qo‘shiqlar ijro etilgan. Yunon
mifologiyasida satiriar - hosildorlik ilohlari,
ular echki tu-
yoqli, echki soqolli, echki kabi shoxdor odam suratida
tasvirlangan, hamisha xushchaqchaq kun kechiradigan,
quvligi bilan odamlarni ko'pincha chuv tushiradigan max-
luqlar sifatida tasavvur qilingan. Ko'rinib
turibdiki, satirlar
tabiatan Dionisga juda yaqin, ya’ni antik yunonlarning ular-
ni Dionisning doimiy hamrohlari o‘laroq tasavvur qilganlari
bejiz emas. Shu sababli Dionis sharafiga o'tkazilgan ma-
rosimda xor a’zolari sahnaga echki terisini yopinib, soqol
va tuyoqni ham o'xshatib chiqishgan. Keyinchalik ayni
marosim qo'shiqlari asosida shakllangan tragediya nomi
ni o‘ziga meros qilib oigan. Ta’kidlash kerak, bu so'zning
kelib chiqishi
haqida yagona qarash emas, bundan bosh-
qa talqinlar ham bor. Sababi, yasalish motivatsiyasi antik
davrlardayoq unutilgan. Ayni chog‘da, yuqoridagi talqin
Arastu aytgan gaplarga tayanishini e’tiborga olib haqiqat-
ga yaqinrog‘i deb qabul qilinishi mumkin.
Antik tragediya nazariyasi Arastu tomonidan mukammal
tarzda ishlab chiqilgan. Muhimi, «Poetika»ning
bizgacha
ko’proq shu masalaga bag'ishlangan boblari yetib kelgan.
Arastuga ko‘ra, har bir tragediyada olti uzv (unsur, qism)
bo'lishi zarurki, bular: fabula, xarakterlar, aqlga rostlik,
sahna vaziyati, lisoniy ifoda va musiqiy kompozitsiya. Fay-
lasuf tartibi bilan bularning har biriga to'xtaladi. Jumladan,
tragediya qism (uzv)lari ichida «eng muhimi - voqealar
tarkibi, negaki,
tragediya insonlarga emas, balki voqea va
hayotga - baxt va baxtsizlikka taqliddir, baxt va baxtsizlik
esa voqeada tajassum topadi; tragediyaning maqsadi ham
biron-bir voqeani tasvirlash - qaysidir bir sifatni emas;
odamlar esa xarakterga ko‘ragina
qandaydk
(ya’ni
u yoki
406
www.ziyouz.com kutubxonasi
bu sifatga ega - D.Q.) bolishadi, voqeaga ko‘ra esa baxt-
li yo baxtsiz».1 E’tibor berilsa, Arastu tragediyada voqea
tragediyabop
bolishi lozimligini uqtirayotganini sezish qi-
yin emas. Uning uqtirishicha, tragediyabop voqea «muhim
va tugallangan» boladi. Ikkinchi
tartibda xarakterni qayd
etarkan, Arastu voqeaga taqlid mohiyatan uni harakatga
keltiruvchilar - personajlarga ham taqlid ekanini ta’kidlay-
di. Tabiiyki, bu holda xarakterlarning «muhim voqea»ga
mos bolishi taqozo etiladi, ya’ni tragediya duch kelgan
odamni emas, «eng yaxshi odamlarni tasvirlaydi».2 Arastu
talqinida xarakter- iroda yo‘nalishining zuhuroti,
shu bois
so'zlovchi nimani ma’qullashi-yu nimadan nariroq bolishni
istayotganini anglatmagan gaplar xarakterni tasvirlamaydi
deb biladi. Uchinchi tartibda sanalgan
Dostları ilə paylaş: