Yuqorida aytganimizdek, ijroviy lirikada shoir o‘zga
shaxs ruhiyatiga kirib, o'zganing tilidan mushohada yurita-
di, natijada o'zga shaxs she’rning lirik qahramoniga aylana-
di. Ijroviy lirikaning ommalashuvi ham XX asrda, lirika epos
va drama bilan raqobatlashishga majbur bo'lgan vaziyatda
boshlandi. Bu lirik mushohada obyekti ko'ngildan voqelik-
ka ko'chganidan dalolat, lirikaning olamni badiiy idrok etish
kolamini kengaytirish yo'lidagi dadil qadamdir.1 Ijroviy li
rika haqida yuqorida aytilganlarga qo'shimcha qilish joizki,
70 - 80-yillar she’riyatida ijroviy lirika qahramonlari o'laroq
bo‘y ko'rsatgan tarixiy shaxslar obrazlari milliy ijtimoiy ta-
fakkur rivojida g'oyat muhim rol o'ynadi. Bu nav she’rlar-
ning ommalashuvi, bir tarafdan, milliy o‘zlikni anglashga
intilish boshlangani,
ikkinchi tarafdan, bu xil she’rlarning
«so‘z aytish» uchun nisbatan kengroq imkoniyat yaratishi
bilan izohlanishi mumkin. Masalan, X.Davron «Abulhay
so‘zi» nomli she’rida olis XV asrda yashagan musavvir
Abulhay ruhiyatiga kiradi va uning tilidan yolg'onga asos-
langán san’at, hayotni bejab ko'rsatadigan san’at haqidagi
fikrlarini izhor qiladi, ijod erkinligi masalasini ko'ndalang
qo'yadi. Shuningdek, Rauf Parfining «Muktibdoh», «Tur-
kiston yodi», U.Azimning «Brut» she’rlarida ham «zamo-
na dardi»ni ifodalash qasdida tarixiy shaxslar ruhiyatiga
ko'chish holati kuzatiladi.
Hozirgi o'zbek she’riyatida tavsifiy lirika namunalari
ham ancha keng tarqalgan. Tavsifiy lirikada epik unsurlar
salmog'i nisbatan ustun, biroq tavsif (tasvir) zamirida hami-
sha lirik meditatsiya mavjud.
Boshqacha aytsak, shoir o‘zi
tavsiflayotgan yoki tasvirlayotgan narsa-hodisalar, hayotiy
holat, tabiat manzaralarida his-kechinmalarini, o‘y-fikrla-
rini suratlantiradi. Masalan, Shavkat Rahmonning «Tong
ochar ko‘zlarin erinib», «Tun gurkirab o‘sar yobonda»,
1 Каранг: Куронов Д. Шеъриятимиздаги поэтик янгиланишнинг бир к;ирра-
сига дойр айрим кайдлар // «¡уронов Д. Мутолаа ва идрок машклари. - Тош-
кент: Akademnashr, 2013. - Б. 192 - 213.
395
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Oy sinig'i to‘la suvloqqa...» kabi bir qator she’riarida ayni
shunday holatga duch kelamiz. Misol tariqasida shoirning
«Tungi manzara» she’riga diqqat qilaylik:
0 ‘rmoniar jim, yiglamas shamol,
soy sayramas, baqalar jimdir,
ingroqlarga to‘lib ketgan tun -
g'amgin qo‘shiq aytadi kimdir.
Otim o ‘lgan, qilichim singan,
majaqlangan sovut-qalqonim,
kim tashladi meni bu chohga,
qayda qoldi yorug1 osmonim?
Qayerdanman, qayga borarman,
qora zindon naqadar chuqur,
faqat toqning burjidagi oy
-
tuynukchadan tushar xira nur.
Barcha azob kamlik qilganday,
soy sayramas, baqalar jimdir,
go'yo mazax qilganday goh-goh
yopib tu rar tuynukni kimdir...
She’rda lirik qahramon ruhiyati prizmasidan o'tkazib
beriigan tabiat tasvirida uning kayfiyati, kechinmalari, o‘y-
fikrlari o‘z aksini topgan. Lirik qahramon o'zini asirlikda-
gi bahodirdek sezadi, tun tasviri uning ruhiyatidagi shu
sezimni kuchaytirib ifodalaydi. She’rning kuchi shundaki,
lirik qahramonning konkret holatdagi kayfiyati o‘quvchi
ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilish-
ga, shu kayfiyat asosida ko‘nglidan kechinmalar bo'hroni-
ni, ongidan
o ‘y - fik r la r
oqimini o'tkazishga imkon beradi.
Aslida, shoirning tub maqsadi
tabiat manzarasini chizish-
gina emas, shu bois u konkret manzarani hissiy bo'yoqlar
bilan chizganki, natijada tabiat manzarasi ayni paytda qalb
manzarasiga aylangan. Peyzaj lirikasi tavsifiy she’rlarning
bir ko‘rinishi, xolos. Zero, biror narsa-hodisa yoki holatni
396
www.ziyouz.com kutubxonasi
tavsiflash asosida lirik qahramon kechinmalarini ifodalov-
chi she’rlarning bari tavsifiy lirikaga mansubdir. Jumladan,
A.Oripovning vatan tavsiflangan « 0 ‘zbekiston», hazrat
Navoiyga bag'ishlangan «Alisher», nogoh uchragan go‘zal
tavsiflangan «Go'zallik» kabi she’rlari ham tavsifiy lirika
namunalari sanaladi.
Hozirgi she’riyatda ancha keng tarqalgan voqeaband
lirikaga ham tavsifiy lirikaning bir ko'rinishi sifatida qa-
raladi. Sababi, kechinmalar narsa-hodisa tavsifi (tasvi-
ri) asosida ifodalanuvchi tavsifiy lirikaning boshqa ko‘ri-
nishlaridan voqeaband lirikaning bittagina farqi bor: uning
asosida voqea yotadi. Shuningdek,
unda ham voqeani
tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Maqsad
esa voqea ortida uni hissiy mushohada etayotgan lirik
subyekt qalbini akslantirishdir. Shu bois voqeaband liri-
kada voqea to‘laqonli tasvirlanmasdan, punktirlar bilan
chizijadi: uning eng muhim detallarini olib, eng qizg‘in,
kulminatsion nuqtalariga urg‘u berish bilan kifoyalaniladi.
Tasvir ko‘lami, bir tomondan, o‘sha voqea ta’sirida yu-
zaga kelgan his-tuyg'uni
ifodalash, ikkinchi tomondan,
o‘quvchining uni tasavvur qila oiishi, lirik kechinmaga
turtki bolgan asosni his qila oiishi uchun yetarli bo'li-
shi bilan belgilanadi. Ta’kidlab aytish kerak, voqeaband
she’rlarning barini ham lirik turga mansub asarlar sifati
da tushunish unchalik to‘g‘ri emas. Qachonki she’rda
tasvirlanayotgan voqea his-tuyg‘ularni ifodalash vositasi
bolsa, bas, voqeadagi buning uchun zarur parchalargina
uzib olib tasvirlangan (ya’ni voqea to‘laqonli gavdalanti-
rilmagan) bo'lsa, voqeaband she’r
haqida gapirish mum-
kin bo‘ladi. Masalan, A.Oripovning «Ayol», «Yomg'irli kun
edi» she’rlarini voqeaband lirika namunasi desak, uning
«Sharq hikoyasi», «Hangoma» asarlari she’riy yo‘lda yo-
zilgan kichik hikoyatlar, ya’ni mohiyatan epik xarakterdagi
asarlar sifatida tushunilgani to‘g‘riroq boladi.
Dostları ilə paylaş: