Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

meditativ lirika
va 
tavsifiy lirika
ko'rinish- 
lariga ham muayyan darajada xosdir.
Meditativ lirikaning kechinma obyekti - ko‘ngil, ya’ni bu 
holda lirik subyekt bir vaqtning o‘zida obyekt hamdir. Tavsi­
fiy lirikaning kechinma obyekti esa ko'ngildan tashqaridagi 
voqelikda (narsa, hodisa, holat, voqea, shaxs va b.), sub- 
yektning his-kechinmalari o‘sha obyektni tavsiflash orqali 
ifodalanadi. Meditativ lirikada shoir ko'nglida ayni damda 
kechib turgan kechinmalar, doim ham mantiqiy idrok etib 
bo'lmaydigan, anglash va tushuntirish mushkul tuyg'ular ifo­
dalanadi (shu bois hozirda uni «ko'ngil she’riyati» deb ham 
atamoqdalar). Umuman, lirikaga xos bo'lgan lirik meditat- 
siya (hissiy to‘yingan, his-tuyg‘uga yo‘g‘rilgan mushohada)
388
www.ziyouz.com kutubxonasi


meditativ she’riyatning asosini tashkil qiladi, unda voqelik
- obyektiv olam unsurlari minimumga, his-tuyg‘uni yuzaga 
keltirgan omillarni ilg'ay olish, yorqin va ta’sirli ifodalash 
uchun yetarli 
m e ’y o rg a
keltirilgan. Aksincha, tavsifiy lirika- 
da his-tuyg‘ularning bevosita ifodasi minimumga intiladi, 
subyektning his-kechinmalari obyekt (narsa, hodisa, holat, 
voqea, shaxs va b.)ning tavsifi orqaü bavosita ifodaiana- 
di. Ayni hol meditativ va tavsifiy lirikaning ham xuddi sub- 
yektga ko'ra farqlanuvchi lirika ko'rinishlari kabi umumiylik, 
universallik kasb etishiga zamin bo'ladi. Masalan, bir qa- 
rashda intellektual (falsafiy) lirika tushunchasi ko‘p jihatlari 
bilan 
meditativ lirika
tushunchasi bilan aynandek, o‘rtadagi 
farq hissiylik (emotsionallik) va ratsionallik (tafakkur) nis- 
batidagina namoyon bo'ladigandek ko'rinadi. Haqiqatda 
esa intellektual lirikada obyekt (mavjudlikning konkret ma- 
salasi - hayot va o‘lim, inson taqdiri yoki fe’l-atvori, jamiyat 
va b.) haqidagi mushohadalar subyektning o‘ylovlari tarzi- 
da ham, uning tavsifi (tasviri) orqali ham ifodalanaverishi 
murrikin. Xuddi A.Oripov «Sarob»da iztirobli o‘ylarini izchil 
bayon qilib, «Tilla baliqcha»da esa muayyan bir holatni 
tavsiflash orqali jamiyatdagi joriy holat haqida qarashlarini 
ifoda etgani kabi. Ya’ni har ikki she’r ham intellektual lirika 
namunasi, faqat ularning birinchisida meditativlik, ikkin- 
chisida tavsifiylik xususiyati ustunlik qiladi.
Ma’lum bo'lyaptiki, kechinma subyekti va obyekti nuq- 
tayi nazaridan farqlanuvchi lirika ko'rinishlari «lirik tur» tu- 
shunchasidan keyingi pog'onada turuvchi umumiylik ekan. 
Agar shu jihatdan qaralsa va «janr» 
(fr.
«tur», «xil») isti- 
lohining etimologiyasidan kelib chiqilsa, ularni «janr» deb 
atash aslo xato bo'lmaydi. Xullas, lirikada ham « tu r-ja n r
- xil» (yoki «tur - xil - janr») uchligi mavjud, silsiladagi 
ikkinchi halqani lirikaning kechinma subyekti va obyekti- 
ga ko‘ra ajratiluvchi ko'rinishlari tashkil qiladi. Hozircha bu 
mulohazalarimizni ayni nuqtada to‘xtatib, keyingi halqa -
lirik janrlar masalasiga o‘tish maqsadga muvofiq.
389
www.ziyouz.com kutubxonasi


Avvalo, lirik turga mansub asarlarni janrlarga ajratish- 
da turlicha prinsiplar mavjudligini ta’kidlash kerak. Adabi- 
yotshunoslikda ulardan ikkitasi - shakl xususiyatlaridan 
kelib chiqib tasniflash hamda mazmun xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda tasniflash keng tarqalgan. Jumladan, 
0
‘zbek mumtoz adabiyotiga nazar solsak, unda she’rlar- 
ning ko'proq shakl xususiyatlariga ko‘ra janrlarga ajratil- 
ganiga guvoh bo'lamiz. Masalan: ruboiy o'zining to‘rt 
misradan tashkil topishi, hazaj bahrining axrab va axram 
shajaralarida yozilishi, ko‘proq a-a-b-a (ba’zan, a-a-a-a) 
tarzida qofiyalanishi kabi shakl ko'rsatkichlari asosida 
ajratiladi; tuyuq o'zining to'rt misradan tarkib topishi, ra- 
mali musaddasi maqsur vaznida yozilishi, ko'proq a-a-b-a, 
tajnisli qofiyaga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi; qit’a ikki 
yoki undan ortiq baytdan tarkib topadi, juft misralari o‘zaro 
qofiyalangani holda toq misralari ochiq qoladi, vazn va 
mazmun jihatlaridan cheklanmaydi - bularning barida shakl 
xususiyatlari janrni belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
narsa, ayniqsa, musammatlarda (masnaviy, musallas, mu- 
rabba’ va b.), mustazod, tarkibband, tarje’band kabi janr- 
larda yana ham yorqinroq ko‘zga tashlanadi. Ko'ramizki, 
o‘zbek mumtoz she’riyatida o'zining muayyan shakliy bel- 
gilariga ega bo'lmish turg'un she’riy janrlar yetakchi o'rin 
tutgan. Ilgari ham aytdik, badiiy tafakkur taraqqiyotining 
muayyan davrida (traditsionalizm bosqichida) turg'un janr 
shakllarining yetakchi mavqe tutishi umuman jahon ada- 
biyotida kuzatilgan hodisadir. Masalan, Yevropa adabiyo- 
tidagi sonet, elegiya, rondo, rondel, tersina, oktava kabi 
shakllar fikrimizni dalillash uchun yetarlidek. Biroq badiiy 
tafakkur rivojining keyingi bosqichlarida jahon adabiyotida 
turg'un shakllarni inkor qilish, she’riyatning qat’iy ramkalar 
doirasidan erkinlik tomon intilishi kabi umumiy tendensiya 
kuzatiladi. Buning natijasi o'laroq, lirik asarlarni janrlarga 
ajratishda shakl xususiyatlaridan, aniqrog'i, ko'zga yaqqol 
tashlanadigan tashqi shakliy belgilardan kelib chiqish,
390
www.ziyouz.com kutubxonasi


demakki, janrni qat’iy aniqlikda tavsiflash ham, muayyan 
she’rni shunday qat’iylik bilan u yoki bu janrga mansub 
etish ham imkondan tashqaridagi ishga aylanib qoldi. Shu 
ma’noda T.Boboyev «mumtoz she’riyatimizdagi (aruzda 
yaratilgan) lirik she’rlarning janr xususiyatiarini aniqlash 
hozirgi zamon poeziyasidagi (barmoqda yozilgan) lirik 
she’rlarning janr xususiyatiarini aniqlashga nisbaían an­
cha oson va qulay» deganida to'la haq. Olim buning saba- 
bini «poetik janrlar klassikada qat’iy me’yor va andozaga 
ega bo‘lgani», hozirgi she’riyatda esa «poetik qolip u qa- 
dar sezilmasligi» bilan izohlaydi.1
Adabiyotshunoslikda lirik asarlar janrini belgilashda 
mazmunni asos qilib olish amaliyoti ham qadimdan mav- 
jud. Masalan, antik yunonlar «difiramb», rimliklar «oda», 
nasroniylar «psalom», sharqliklar «qasida» deb yuritgan 
janrlarning umumiy belgisi - «madh etish, ulug'lash» 
mazjriuni. Shunga o'xshash, «marsiya» mazmuni bilan 
umumiylik kasb etuvchi janrlar ham deyarli barcha milliy 
adabiyotlarda mavjud. Keyinchalik, she’riyatda kanonik 
janrlar hukm surgan davrlarda, janrni belgilashda shak- 
liy xususiyatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Kano­
nik janrlarning yemirila boshlashi bilan lirikani mazmun 
jihatidan 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin