Lirik tur va uning janrlari
I
Lirik turning spetsifik xususiyatlari. Lirik qahramon tu-
shunchasi. Lirik asariarni janrlarga ajratish prinsiplari.
Hozirgi she’riyatdagi lirik janrlar xususiyati.
Lirika (
yun
., cholg'u asbobi) adabiy tur sifatida qadim-
dan shakllangan bo‘lib, o‘z¡n¡ng bir qator xususiyatlari-
ga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning
tuyg‘u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni epos va dra-
madan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning
uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi,
ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu
bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi
orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog'i, lirik asarda voqelik-
dan kechinmani tasvirlash uchun yetarli darajadagi «par-
chalar», detallargina aks etishi mumkin.
382
www.ziyouz.com kutubxonasi
Lirik asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos
xususiyatlarni ma’lum darajada o‘zida namoyon etadi.
Jumladan, lirik asarda voqelikka oid tafsilotlar (epik ele
ment) juda kam bo'lib, ular kechinmani ifodalash, uni yu-
zaga keitirgan, harakatlantirayoigan omillarni ko'rsatish-
ga yetarli miqdordagina olinadi. Ya’ni bu o‘rinda asosiy
me’yor - fragment tarzida olingan epik elementlarning
lirik qahramon hol-kayfiyatini tasavvur qilish uchun yetar
li ekani. Shuningdek, lirik asarda yana epik asarga xos
voqeabandlik, dramatik asarga xos dialoglar, o'ziga xos
«sahna» epizodini yaratish hollari ham uchraydi. Biroq
har ikki holda ham bu elementlar kechinmani tasvirlash
va ifodalashga xizmat qiladi, ya’ni lirik asar uchun vo-
qeani yoki «sahna»ni tasvirlash maqsad bo'lolmaydi, ular
vosita, xoios.
Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (u lirik sub-
yekt deb ham yuritiladi). Ko'pincha lirik qahramon degan-
da shoirning o‘zi tushuniladiki, bu u qadar to‘g‘ri emas.
Zero, shoir o'zining kechinmalarini tasvirlashi ham, go'yo
o'zganing ruhiga evrilgan holda «o'zga shaxs» kechin
malarini tasvirlashi ham mumkin bo‘ladi. Bu o'rinda yana
bir muhim masaia shuki, she’rda hatto shoir o‘z kechin
malarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real
shoir orasiga tenglik alomati qo‘yib bo'lmaydi. Chunki, bi-
rinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo‘li-
shi mumkin barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir,
shunga ko‘ra, ikkinchidan, shoir o'zganing hol-kayfiyatiga
kirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning
kechinmalarini bemalol his qilishi, ko'nglida kechirishi
mumkin. Masalan, Cho'lponning «Men va boshqalar»
she’rida kechinma lirik «men» tilidan berilgan bo‘lsa-da,
uning lirik qahramoni shoir emas, balki o'zbek qizining
umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahra
mon, epik asar qahramonlaridan farqli olaroq, noplastik
obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi
383
www.ziyouz.com kutubxonasi
yaratilgani bois ham u o‘quvchi tasavvurida tashqi ko‘ri-
nishi - shakl-shamoyili bilan gavdalanmaydi, mavhumligi-
cha qoladi. Aniqrog'i, o'quvchi o'zini uning o'rnida ko‘radi,
uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, u
ko'nglidan kechirayotgan kechinmalarni o‘z ko'nglida ham
kechiradi. Misol tariqasida quyidagi she’rni shu jihatdan
ko'rib o'tishimiz mumkin:
Ko'ksimga qo'yilgan bu boshni endi
Gohida ko‘z qiyib, g oh ida qiymay
Va buning ustiga seni unutolmay
Yashash axir menga ko‘p qiyin.
«Bora-bora sevib ketarman
Dostları ilə paylaş: |