Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

muallif,
1 Жирмунский B.M. Гёте в русской литературе. - Л.: Наука, 1982. - С.8.
2 Аверинцев С.С., Андреев М.Л., Гаспаров М.Л., Гринцер П.А., Михай­
лов A.B. Категории поэтики в смене литературных эпох // Историческая поэ­
тика. Литературные эпохи и типы художественного сознания. Сб. статей. -
М.: Наследие, 1994. - С.З - 38.
425
www.ziyouz.com kutubxonasi


qahramon
va 
o'quvchi
qorishiq yashaydi - ular ham hali 
farqlanmagan. Shuningdek, badiiy tafakkur mexanizmlari 
shakllanmagan, ong hali o'xshatish amaliga qobil emas, 
parallelizm asosida fikrlaydi. Xullas, arxaik davr sinkretizm 
bagYida badiiy tafakkurga xos asosiy xususiyat va mexa- 
nizmlar ibíidoiy ko'rinishida shakllangan, obrazli til, sub- 
yekt formalari, syujet arxetiplari, tur va janriarning kurtak- 
lari uzoq vaqt mobaynida asta-sekin yetilgan bosqichdir.
TraditsionaSizm yoxud normativ poetika bosqichi Yev- 
ropada antik Yunonistondagi mil. avv. VI - V asrlardan 
XVIIi asr o'ríalarigacha, Sharqda esa milodiy ! asrdan XIX 
asr oxiri - XX asr boshlariga qadar bo'lgan davrni, qariyb 
ikki yarim ming yilni o‘z ichiga oladi. Avvalo, bu bosqichda 
adabiyot (poeziya) alohida soha o'laroq ajraldi, uni ang- 
lashga intilish natijasida adabiyot nazariyasi vujudga keldi. 
Bu adabiyot nazariyasi 
an’ana, namuna
va me'yortushun- 
chalarini asos qilib oldi. Zero, 
traditsionalizmrimg
mohi- 
yati sara 
namuna\arga
ergashishda namoyon bo‘ladi, bu 
esa ijodkorning namunani yaratishda tayanilgan muayyan 
m e’yoi
larga qat’iy amal qilishini taqozo etadi.
Ta’kidlash kerakki, nechoglik muhim bolmasin, 
an’anaviylik va me’yoriylik tushunchalarining o‘zi adabi­
yot taraqqiyotining qariyb ikki yarim ming yillik davrini tola 
tavsiflash uchun kamlik qiladi. Shu bois ham uni boshqa 
xususiyatlariga tayanib tavsiflash harakati hanuz davom 
etib keladi. Jumladan, ayrim mutaxassislar buni 
kanonik-
lik,
boshqalari 
reflektivlik,
tag‘in birlan 
ritoriklik
kabi xusu- 
siyatlar asosida olib amalga oshirishga harakat qilishgan. 
Hozirgi vaqtda esa ikkinchi bosqichni 
eydos
tushunchasi- 
ga tayangan holda 
eydetik poetika davri1
deb tavsiflash 
keng ommalashmoqda. Aytish kerakki, bu qarash univer- 
salligi bilan e’tiborga loyiq, zero, 
eydos
asosga olinsa, 
yuqorida mazkur - an’anaviylik, me’yoriylik, kanoniklik,
1Qar.: Бройтман C.H. Историческая поэтика. - М., 2001.
426
www.ziyouz.com kutubxonasi


ritoriklik, reflektivlik kabilar u bilan bog'liq xususiyatlar si- 
fatida talqin qilinishi mumkin.
Shu o'rinda yana bir muhim nuqtaga alohida to'xtalib 
o'tishga zarurat seziladi. Gap shundaki, Yevropa adabiyo- 
tidagi ikkinchi bosqich, o‘z navbatida, ikki davrga ajratiladi:
1) qadimgi davr va o‘rta asrlar; 2) ilk Yangi davr - Uyg‘o- 
nish, barokko, klassitsizm. Sharq adabiyotidagi ikkinchi 
bosqichni esa o'rta asrlardangina iborat deb bilish om- 
malashgan. Holbuki, masalan, N.I.Konrad mohiyat e’tibori 
bilan G‘arb adabiyotidagi kabi bosqichlar Sharq adabiyoti- 
da ham kechganini ta’kidlaydi.1 Darhaqiqat, agar Uyg‘o- 
nish davri Yevropada yangi shakllanayotgan millatlarning 
o‘z tilida adabiyot (madaniyat) yaratishga harakati ekan, u 
holda X - XI asrlarda boshlangan turkiy tilda adabiyot yara- 
tish harakatlari ham xuddi shunday Uyg'onish deb atalishi 
kerak emasmi?! Yoki adabiyotda islomiy gumanizm ruhi- 
ning kuchayishi, tasavvuf ta’limotiga ko‘ra borliqni Haqning 
tajallisi sifatida anglash va unga muhabbat qo'yish - bular 
ham Uyg‘onish g'oyalariga hamohang emasmi?! Ko'rib 
turganimizdek, adabiyotimizning taraqqiyot yo'lini ushbu 
masala nuqtayi nazaridan o‘rganib, oydinlashtirish zarur 
bolgan ko'plab masalalar mavjud.
Individual-ijodiy badiiy tafakkur bosqichi Yevropada 
XVIII asr o'rtalaridan, Sharqda XIX asr oxiri - XX asr av- 
validan boshlanib, hozirda ham davom etayotir. Avvalo, 
jamiyatdagi kabi shaxsning badiiy ijoddagi maqomi ham 
o'zgardi: arxaik davrda muallif yo‘q edi, keyingi bosqich- 
da mudom an’ana soyasida qolib keldi, uchinchi bosqich- 
ga kelib esa u markaziy o'rinni egalladi. Endi muallif 
mavjud namunaga ergashish, belgilangan me’yorlarga 
og'ishmay rioya qilish majburiyatidan xalos boldi. O'zi va 
olamni anglash yolida ijodkor so'zdan erkin foydalanishi, 
unga shaxsiy sezimlari bilan bogliq xususiy ma’nolarni
1Qar.: Конрад Н.И. Запад и Восток. - М.: Наука, 1966.
427
www.ziyouz.com kutubxonasi


yuklashi mumkin boldi, natijada so‘z an’ana asosida ang- 
lanuvchi ma’nolariga qaraganda ko'lamliroq ko'pma’noli- 
lik kasb etdi: «ritorik so‘z» o'rnini «muallif so‘zi» egalladi. 
Janr kanonlari yemirildi, ijod amaiiyotida «har bir badiiy 
asar - o‘z holicha alohida janr» (F.Shlegel) tamoyili amal 
qiladigan bo'ldiki, natijada adabiyot janriy-uslubiy jihat- 
dan tubdan yangilandi. Adabiyot reallikka yaqinlashdi, 
nafaqat realistik, balki norealistik yo'nalishdagi asarlar- 
da ham reallik izlari yaqqoi seziladigan boldi. Avvalgi 
bosqichdagidan farqii o'laroq, obraz o‘zi ifodalayotgan 
g‘oyaga nisbatan ham, aks ettirayotgan predmetiga nis- 
batan ham avtonomlik kasb etdi - tom ma’nodagi badiiyat 
hodisasiga aylandi. Shunga o'xshab « m u a llif- qahramon
- o'quvchi» uchligida ham har bir subyekt o‘z holicha 
avtonom bolib, ularning o‘zaro munosabatlari shu ma- 
qomdan turib qurila boshlandi. Ijod jarayoni individual-be- 
takror hodisa sifatida tushunila boshladi. Endi bu jarayon 
oldindan belgllab qo'yilgan qoidalar (kanon, me’yor) aso­
sida kechmaydi, aksincha, qoidalarning o‘zi ijod jarayoni- 
da yaratiladi. Zero, ijod jarayoni yakunlangan emas, bal­
ki mudom davom etayotgan hodisa sifatida tushuniladi 
va ayni xususiyati bilan u mudom o‘zgarishdagi olamga 
ko'proq mos keladi. Xullas, nomiga mos tarzda uchinchi 
bosqich bilan individual ijodiy uslublar davri kirdi, adabiy 
jarayon endi ham ijodkor shaxsi, ham uni qurshagan vo- 
qelik bilan chambarchas bogliq kecha boshladi.
Mazkur hoi uchinchi bosqichda Yevropada kuzatilgan 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin