e’tiborda tutish kerak. Ya’ni Yevropa adabiyoíida kechgan
jarayonlar boshqa milliy adabiyotlarda ham u yoki bu da-
rajada kuzatiladi. Jumladan,
yuqorida nomi zikr qilingan
jamoaviy maqolada aytilishicha, «Sharq adabiyotlarida
traditsionalistik tafakkurning yemirilishi adabiyotdagi ma’ri-
fatchilik, romantizm va reailzmga xos tendensiyalarning
chatishuvi asosida kechadi».1 Darhaqiqat, e’tibor qiiin-
sa, XX asrning 10 - 20-yiliarida adabiyotimizda ma’rifat-
chiiik
realizmi, romantizm va realizmga xos xususiyaílar
qorishiq holda mavjud bolganini ko'rish mumkin. Maz-
kur jarayonlarni kuzatganda, eng avva! G'arbda ikki asr
davomida kechgan jarayoniar miliiy adabiyotimizda atigi
1 5 - 2 0 yii ichidayoq amaiga oshgani ko'zga tashlanadi.2
Albatta, bunda ijtimoiy hayotda kechgan o'zgarishlarning
shiddati ham muhim, biroq Yevropa adabiyoti tajribasini
ham e’tibordan soqií qiimaslik kerak. Ya’ni
miiliy adabiyo-
timiz tayyor tajribaga tayanish imkoniga ega edi. Yana bir
muhim jihati, bu holda yangiliklarning sinovga dosh berib,
badiiy tafakkurga singishib ketgan qismini olib, qoigani-
dan voz kechish mumkin. Masalan, modernizmning har bir
oqimi maydonga chiqqan vaqtida
keskin bahslarga sabab
bo'lgan bolsa, vaqt o‘tib unga xos nomaqbu! jihatlar inkor
etilib, maqbullari umumbashariy estetik bisotga qo'shilib
keíadi. 0 ‘zbek adabiyoti modernizmning ayni shu jihatla-
rini o'ziga oldi, shu bois ham bu boradagi bahslar bizda u
qadar keskin tus olgani yo‘q.
E’tibor qilinsa, adabiy jarayonni davrlashtirish uni ilmiy
o'rganish uchun zaruriy amal ekani, aniqrogl,
ushbu amal
u haqda yaxlit ilmiy tasavvur hosil qüishning yagona vosita-
1 Аверинцев С.С., Андреев М.Л., Гаспаров М.Л., Гринцер П.А., Михай
лов A.B. Категории поэтики в смене литературных эпох // Историческая поэ
тика. Литературные эпохи и типы художественного сознания. Сб. статей. -
М.: Наследие, 1994. - С.37 - 38.
2Qar.: Куронов Д. Жа*он адабиётига йул // Жа^он адабиёти. 1997. №6. -
Б.1 6 8 - 172.
429
www.ziyouz.com kutubxonasi
si ekanini anglash qiyin emas. Shu tufayli ham davrlashti-
rish adabiyotshunoslikning fundamental muammolaridan
biri sifatida umum e’tirofiga molik. Yuqorida amin boldikki,
bunda har bir davrning o'ziga xos umumiy jihatlari (topika)
diqqat markaziga qo'yiladi. Adabiyotshunoslikda bu masa-
lada qarashlarturlichaligi kuzatilib, u ikkita asosiy ko'rinish-
ga ega: birinchisi adabiyotni davriashtirishda ijtimoiy-tari-
xiy sharoitga
asoslanishni, ikkinchisi esa adabiyotni faqat
adabiy hodisalar, badiiy-estetik tamoyillardan kelib chiqib
davrlashtirishni ko‘zda tutadi. Albatta, bu o‘rinda har ikki
tomonni ham to'la yoqlash yoki to‘la inkor qilish maqbul
emas,
aksincha, oraliq mavqeni egallash to‘g‘riroq bo‘lur
edi. Chunki, yuqorida ham ko'rdik, ijtimoiy-tarixiy sharoit-
ning o‘zgarishi adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan
davrlar bo'lgani kabi, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar
ham boladi. Deylik, insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli
bolmagan davrlarda (Yevropada XVIII asrgacha, bizda XX
asr boshlarigacha) ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o'zgarishlar
adabiyotda har vaqt ham yaqqol ko‘zga tashlanmaydi,
bundan keyingi davrlarda esa izsiz ketgan o'zgarishning
o‘zi yo‘qdek. Demak, bu bosqichni davriashtirishda har bir
konkret davriy oraliqdagi ijtimoiy-tarixiy sharoitni e’tibor-
ga olish va ayni sharoitning adabiyot (uning
badiiy-este-
tik tomonlari)ga ko'rsatgan ta’sirini yaqqol ko'rsatish zarur
bo‘ladi.
Adabiy jarayonni davriashtirishda
Dostları ilə paylaş: