Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

hayotni badiiy aks ettirishning norealistik
prinsipi
tavsifida bu jihatning ham e’tiborga olinishi zaruriy 
shart ekan.
Ko‘rib o'tganimiz hayotni badiiy aks ettirish tamoyilla- 
riga o'tgan asrning 30 - 40-yillar adabiyotshunosligida 
«metod» deb qaralib, shunga ko‘ra, badiiy adabiyotda ik- 
kita - realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb hi-
447
www.ziyouz.com kutubxonasi


soblangan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning 
g'oyaviy mazmuni bilan bog'liq bo'lgan 
hayot materialini
tanlash, badiiy idrok etish
va 
baholash prinsiplari
tushunila 
boshlangan. Ya’ni metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, 
badiiy adabiyot e’tiborini voqelikning u yoki bu qirralariga 
qaratish, tipiklashtirish va baholashda namoyon bo'Iuvchi 
hodisa deb tushunilgan. Aibatta, istilohdagi ma’no ko‘chi- 
shi adabiyotning mafkura quroliga aylantirilishini ilmiy 
asoslash jarayonida amalga oshgani bor gap. Biroq, shun- 
day bo‘lsa-da, istilohning yangilangan ma’noda qo'llanishi 
badiiy ijoddagi ikkita g‘oyat muhim tushuncha -
metod
va 
uslubri\
aîohida, biroq bir-biri bilan uzviy bog'liq kategori- 
yalar sifatida tushunish va tushuntirish imkonini berishi 
bilan ahamiyatli edi. Faqat shunisi borki, sho'ro davri ada- 
biyotshunosligida alohida e’tibor bilan qaralgan «metod» 
tushunchasi bugunga kelib butkul «nazardan qoldi» de- 
yish mumkin. Hozirda metod masalasini umuman chetlab 
o'tish, uni mafkura talabi bilan o'ylab topilgan, g'ayriilmiy 
tushuncha deb hisoblashga moyillik kuchli. Holbuki, metod 
tushunchasi yo‘q joydan emas, balki adabiy jarayon qonu- 
niyatlarining teran anglanishi natijasida paydo bolganki, 
bunga quyida yana qaytamiz.
Agar badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi 
metod gno-
seologik
(ya’ni badiiy bilish bilan bog'liq) kategoriya boisa, 
uslub antropologik,
ya’ni ijodkor shaxsi bilan bog'liq bo’lib, 
uning ijodiy individualligini belgilaydi. Shundan ham ko‘ri- 
nadiki, metod g'oyaviylik, uslub esa badiiylik hodisa- 
sidir. Uslub yozuvchining ijodiy individualligini belgilaydi
ijodiy individuallik esa u yaratgan asarning barcha sath- 
larida (badiiy matnning tuzilishi - ritorika, badiiy voqelik- 
ni yaratish prinsiplari - poetika) birdek namoyon bo'ladi. 
Ya’ni uslub badiiy shaklning unsuri emas, balki unga xos 
xususiyatdir. Uslub asardagi shakl unsurlarining o‘z holi- 
cha emas, balki muayyan qonuniyat asosida yaxlitlikka 
birikishini ta’minlaydi, har bir unsurning butun tarkibidagi
448
www.ziyouz.com kutubxonasi


mohiyati va funksiyasini belgiiaydi. Kim aytsa ham bilib 
aytgan, qadimdan «Uslub bu - odam» degan qarashning 
ommalashgani bejiz emas: asar o'zida ijodkor shaxsi- 
n¡ ifodalar ekan, buni eng avval usiubda namoyon eíadi. 
A.Qahhorga xos jumla tuzish, A.Qahhorga xos rivoya, 
A.Qahhorga xos badiiy detallar funksionalligi, A.Qahhorga 
xos syujet qurilishi deyilishining boisi shundaki, bularning 
bari A.Qahhor uslubi bilan, uning ijodiy o'ziga xosligi bilan 
izohlanadi. Shuningdek, usiub ¡stilohi kengroq kolamdagi 
tushunchani ham anglatadi. Ma’lumki, ijodkor faoliyati aniq 
bir davrda, adabiy-estetik prinsiplari o‘ziga yaqin ijodkorlar 
doirasida kechadiki, uning uslubiy xususiyatlari bilan shu 
doiradagi boshqa ijodkorlar uslubida mushtarak jihatlar ku- 
zatilishi tabiiy. Bu esa muayyan 
adabiy davr uslubi, adabiy
y o ‘nalish uslubi
haqida gapirish imkonini beradi. Demak, 
uslub konkret ijodkor bilangina emas, ma’lum darajada 
adabiy jarayon bilan ham bog'liq ekan. Har ikki holda ham 
uslub qator muhim vazifalarni bajaradi. Jumladan, ijod ja- 
rayonida u san’atkorni voqelikni yaxlit idrok qilish, hayot 
materialini yaxlit badiiy sistemaga aylantirishga yo'naltira- 
di. Adabiy jarayondagi funksiyasiga kelsak, uslub ijodkorni 
an’ana bilan bog'laydi, bir tomondan, o‘zida adabiy-badi- 
iy an’anani tashuvchi, ikkinchi tomondan, uni yangilovchi 
sifatida namoyon bo'ladi. Shuningdek, badiiy asarning 
keyingi hayoti, ijtimoiy mavjudligini ham uslub belgiiaydi. 
Zero, uslub asarni konkret o'quvchiga moMjallaydi, badi­
iy shaklning o'quvchi tafakkur darajasi va estetik didiga 
mos bo'lishini ta’minlaydi. Aytilganlarning bari uslub ha­
yot materiali va an’analarga saylab munosabatda boladi- 
gan, jamiyatning badiiy-estetik talab-ehtiyojlari, ma’rifiy va 
madaniy saviyasi, estetik didi darajasi bilan bog'liq hodisa 
ekanligini ko'rsatadi.
Xullas, adabiy jarayonda yuqorida ko‘rib o'tilgan 
ha-
yotni badiiy aks ettirish prinsiplari, ijodiy metod
va 
uslub
tushunchalari umumiylik-xususiylik munosabati asosida
449
www.ziyouz.com kutubxonasi


hamisha o'zaro mustahkam aloqada yashaydi. Bu silsila- 
da eng umumiy tushuncha -
badiiy aks ettirish prinsiplari
qalam ahlini hayot materiali (olam)ni asliga monand aks 
ettirish yo o‘zida u haqda anglay olganlarini ifodalaydigan 
badiiy model yaratishga yo‘naltiradi. Ushbu amalni 
ijodiy
metod
konkretlashtiradi - hayot materialidan 
nimani tasvir-
iash,
uning 
qaysi jihatlaríni urg‘ulagan holda umumlashti-
rish
hamda 
qanday baholashrtl
belgilaydi. Nihoyat, 
uslub
mazkur ikkisini qamrab oigan holda ularning har bir badiiy 
asar, har bir ijodkor, har bir davr yo har bir yo'nalish doirasi- 
da o'ziga xos tarzda tatbiq etilishi va betakror badiiy shakl- 
da voqelanishini ta’minlaydi.
Shu o'rinda g‘oyat muhim nuqta - adabiyotshunoslik- 
da ayni masaladagi qarashlar turlichaligini keltirib chiqar- 
gan omilga to'xtalish vaqti yetdi. Yuqorida aytdikki, hozirgi 
vaqtda mazkur uchlikdagi ikkinchi halqa - metod tushun- 
chasini ortiqcha hisoblash adabiy-nazariy tafakkurda ustu- 
vorlik qila boshladi. Jumladan, H.Umurov biz badiiy aks 
ettirish tamoyillari deb yuritgan «ikki qudratni metod tarzi- 
da, qolganlarini oqim sifatida aniqlashtirish asosliroqdir»1 
deb biladi. Aksincha, E.Xudoyberdiyevga ko‘ra, realistik va 
romantik ijod tiplari mavjud, qolgan hammasi ijodiy metod- 
lardir.2 Shunga o'xshash, I.Sulton ham romantik va rea­
listik tafakkur tiplarining «ma’lum tarixiy davr uchun xarak- 
terli va hukmron ko'rinishi ijodiy metod» ekanligini aytgan 
edi. Ayni paytda, olimning uqtirishicha, «jahon adabiyoti- 
da kiassitsizm, romantizm va realizm ijodiy metodlari 
mavjuddir».3 Avvalo, keltirilgan misollar ko'rilayotgan ma- 
sala yuzasidan qarashlarda farqlar mavjudligi, boz ustiga, 
bu farqlar jiddiy asoslarda namoyon bo'lishini ko'rsatadi. 
Bizningcha, yuqoridagi uchlikning e’tirof etilishi adabiy ja- 
rayonni tizimli tushunishga zamin bo‘la olishi bilan katta


Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin