YMypoB
X,-
Afla6neT Ha3apMflCM. - ToiUKem:
UJapK, 2002. - B.243.
2Xyfloíí6epflMeB 3 . Afla6MéTiiiyHocnnKi(a
K n p n u j. -
ToüJKem,
2008. - B.329 - 355.
3 l/l33aT CynTOH. Afla6néT Ha3apnacn. - ToiuKeHT,
1986. - B.368.
450
www.ziyouz.com kutubxonasi
ahamiyatga molikdir. Gap shundaki, metod tushunchasi
yangi davrga kelib - insonning va shu bilan bog'liq hol-
da adabiyotning ijtimoiylashuvi kuchaygan sharoitda dol-
zarblashdi. Natijada endi muayyan davr ijodkorlari yaratgan
asarlar
tasvirlash uchun tanlangan hayot materiali,
uning
qaysi jihatlari urg‘uiab tipiklashtirilgani
hamda
qanday ba-
holangani
nuqtayi nazaridan jiddiy farqlana boshladi. I.Sul-
ton metod sifatida qayd etgan klassitsizm, romantizm va
realizmning ayni shu davrga to‘g‘ri kelishi ham shu bilan
izohlanadi. Zéro, metod badiiy aks ettirish prinsiplarining
ma’lum davrdagi varianti -
adabiy yo'nalish
bilan birgalikda
konkret ko'rinish oladi. Shu jihatdan qaralsa,
klassitsizm,
romantizm, realizm, modernizm va postmodernizmga
bir
paytning o‘zida ham metod, ham adabiy yo'nalish deb qa-
rash o'rinli. Realistik va romantik ijod tiplarining bungacha
bo‘lgan ko'rinishlari -
mifologik (antik) realizm, o'rta asrlar
simvolizmi, uyg‘onish davri realizmi
kabilarga esa metod
emas,
adabiy yo'nalish
sifatida qaralgani to‘g‘riroq bo'ladi.
Adabiy yo'nalish tushunchasi biz yuqorida to‘xtalgan ha-
yotni badiiy aks ettirish prinsiplari, metod va uslub tushun-
chalari bilan bevosita bog'liqdir. Zéro, adabiy yo'nalish shu
uchala tushuncha kesishgan nuqtada yuzaga keladi. Gap
shundaki, muayyan davrda yashagan bir qator ijodkorlar
yaratgan ko‘plab asarlarda tipologik umumiylik, mushtarak
jihatlar mavjud. Mazkur umumiylik voqelikni realistik yo
norealistik aks ettirish, hayot materialini tanlash, uni ba
diiy idrok qilish va baholash prinsiplarida, asarlarning ba
diiy shaki xususiyatlari, uslubiy jihatlarida o‘zini namoyon
etadi. Uzluksiz kechib turgan adabiy jarayonning muayyan
bosqichlarida kuzatiluvchi badiiy ijodning g'oyaviy-estetik
tamoyillaridagi bunday umumiylik
adabiy yo'nalish
haqida
gapirish imkonini beradi.
Adabiy yo'nalish tushunchasi adabiy jarayonning, badi
iy tafakkur taraqqiyotining muayyan bir bosqichini nazariy
jihatdan umumlashtirish orqali uning mohiyatini anglashga
451
www.ziyouz.com kutubxonasi
yordam beradi. Adabiyot taraqqiyoti, badiiy tafakkurning
rivojlanish tamoyillari adabiy yo‘nalishlarning almashinu-
vi, ular orasidagi kurashda ochiq namoyon bo'ladiki, shu
jihatdan adabiy yo‘nalish adabiy jarayonni o‘rganishdagi
muhim adabiy-estetik kategoriya sanaladi. Masalan, Yev-
ropa adabiyotida
klassitsizm
yo'nalishining g‘oyaviy-este-
tik prinsiplari bilan ziddiyat, birtomondan,
barokko,
ikkinchi
tomondan,
m a’rifatparvarlik realizmini
maydonga chiqardi,
o‘z navbatida, keyinchalik xuddi shunday ziddiyatlar asosi-
da
romantizm
va
tanqidiy realizm
yo'naîishlari yuzaga kel-
di. Adabiyot taraqqiyotidagi
vorisiylik
qonuniyatiga ko‘ra,
yangi adabiy yo'naiishning kurtaklari avvalgilari bag'ri-
da mavjud bo'ladi, ularning zaminida yetiladi. Jumladan,
klassitsizm bag'rida ham ma’rifatparvarlik realizmiga,
ham sentimentalizmga xos unsurlar mavjud edi. Keyingi
yo'nalishlarga mansub ijodkorlar ularning ma’qulini olib,
ma’qul kelmaganini inkor qilgan holda o‘z g'oyaviy-estetik
prinsiplarini qaror toptirishga intildilarki, bu badiiy tafakkur
rivojiga (undagi siljish, o'zgarishga) asos bo'ldi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, tipologik umumiylik de-
ganimiz bir yo‘nalishga mansub ijodkorlarning ham g‘o-
yaviy, ham estetik jihatdan o'ziga xos bo‘lib qolaverishi
mumkinligini aslo inkor qilmaydi. Ya’ni bir yo'nalish doirasi-
dagi asarlarda turlicha ideallar, dunyoqarashlarning aks
etishi, badiiy-estetik prinsiplarda muayyan farqlar kuzatili-
shi tabiiy holdir. Masalan, romantizm yo'nalishiga mansub
bo‘lmish Bayron bilan Gyote asarlarida aynan birxillikni
izlash xato, ulardagi yaqinlik badiiyatning chuqur sathlari-
da, shunda ham katta o‘lchamlarda olib qaralganidagina
namoyon bo‘ladi. Mazkur ho! adabiy yo'nalish doirasida
turli
adabiy
og/'mlami farqlash, ya’ni bir yo‘nalish ichida
alohida guruhni tashkil etayotgan ijodkorlarga xos tipologik
umumiylik haqida gapirish imkonini beradi. Aytilganlardan
adabiy oqim adabiy yo'nalishning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos
varianti sifatida bo‘y ko‘rsatishi ma’lum bo'ladi. Masalan,
452
www.ziyouz.com kutubxonasi
muíaxassislar
Dostları ilə paylaş: |