yatida shunga amal qiladi. Masalan, fransuz adabiyotidagi
«Parnas» guruhi shunday ijodkorlarni birlashtirgan bo'lib,
ularning g‘oyaviy-estetik qarashlari, ijod namunalari «Yan-
gi Parnas» nomi bilan chop etilgan to'plamlarda o‘z aksini
topgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida rus adabiyotida
maydonga chiqqan
modernistik yo ‘nalish
ichida simvolizm,
akmeizm, futurizm kabi
adabiy
oqr/mlar, futurizm oqimi
ichida esa kubofuturizm
deb yuritiluvchi
adabiy maktab
bo'lgan. V.XIebnikov, V.Mayakovskiy singari iste’dodlarni
birlashtirgan kubofuturistlarning «Gileya» guruhi o‘z ad-
abiy-estetik qarashlari, ijodiy prinsiplarini «Jamiyat didiga
tarsaki» nomli manifestda e’Ion qilgan.
Adabiyotshunoslikda adabiy yo'nalishlami ajratishda
turlichalik bor. Jumladan, ayrim adabiyotshunoslar adabiy
yo‘nalish deganda anglangan g‘oyaviy-estetik tamoyil-
larga, turli darajada amal qilinuvchi ijodiy dasturga ega
bo‘lishlikni shart qilib qo‘yadilar.
Biroq bu xil yondashuv
chalkashliklar keltirib chiqarishi, mohiyatan bir xil adabiy
hodisalarni turli atamalar bilan nomlashga olib kelishi
mumkin. Masalan, bu holda klassitsizmni adabiy yo‘na-
lish, romantizmni esa adabiyot taraqqiyotidagi bosqich
deb atashga to‘g‘ri keladiki, bu unchalik maqbul emas.
Fikrimizcha, bu masalada rus adabiyotshunosi Y.Borev
qarashlariga ko‘p jihatdan qo'shilish mumkin. Olimning
tasnifiga ko‘ra, o'tmish adabiyotida
mifologik realizm, o ‘rta
asrlar simvolizmi, uyg'onish davri realizmi, barokko, klas-
sitsizm, m a’rifatparvarlik realizmi, sentimentalizm, roman-
tizm, tanqidiy realizm
yo'nalishlari, XX asr adabiyotida esa
realizm, sotsialistik realizm, syurrealizm, ekzistensializm
yo'nalishlari
ajratiladi. Faqat bunga ayrim aniqliklar kiritish
maqsadga muvofiq. Xususan,
agar modernizmni adabiy
yo’nalish va metod deb qarar ekanmiz, u holda Y.Borev
tasnifidagi
syurrealizm
bilan
ekzistensializmnl
(boshqa
yana bir qator «izm»lar bilan birga) uning oqimlari deb tu-
shunish to‘g‘ri boladi.
454
www.ziyouz.com kutubxonasi