ko'rdik, L.Timofeyev yondashuvidagi «voqelikni aslidagi-
cha tasvirlashga intilish» talabi realistik adabiyoí imkonla-
rini toraytirib yuborishi, xususan, uning badiiy arsenaliga
shartli obraz-u vositalarning kirib kelishiga to'sqinlik qilishi
mumkin bolur edi. Holbuki, realistik adabiyotning badiiy
takomilida XX asrning oxirgi chorakiaridan boshiab kuzati-
layotgan tamoyillar buning aksini koYsatayotir.
Demak, hayotni badiiy aks ettirishning realistik prinsi-
pi asardagi xarakterlarning ularni shakllantirgan ijtimoiy-
tarixiy sharoitga, ko'proq shu sharoit bilan belgilanuvchi
xarakter mantiqiga muvofiq harakat qilishlarini taqozo
etadi. Masalan, Razzoq so'fi xonadonida voyaga yetgan,
xarakter xususiyatlari shu muhit tomonidan belgilangan
Zebi romanda o‘z xarakter mantiqiga muvofiq harakatla-
nadi: mingboshiga unashilganidan so'ng, kelin bo‘lib tush-
gach yoki suddagi xatti-harakatlari shunday deyishga tola
asos beradi. Xuddi shu gapni A.Qodiriyning Ra’nosiga nis-
batan ham, Oybekning Gulnori, A.Qahhorning Munisxo-
ni, xullas, realistik yo'sinda yaratilgan har qaysi xarakter-
ga nisbatan ham aytish mumkin. Biroq mazkur jihatning
o‘zi, bizningcha,
hayotni badiiy aks ettirishning norealistik
prinsipini
tavsiflash uchun yetarli emas. Masalan, hazrat
Navoiy yaratgan Farhod ham, xuddi yuqorida eslatilgan
Olimjon va Muhammadiyorlar kabi, muallif ideallariga mu
vofiq harakatlantiriladi. G.Pospelov ta’biri bilan aytsak, u
ham «normativ ideallashtirilgan». Ularni farqlovchi asosiy
jihat esa Farhod harakatlanayotgan shart-sharoitlarning
doim ham real, ya’ni hayotdagiga monand emasligidir.
Ayon bolyaptiki,
Dostları ilə paylaş: