iste’dodlarni qatag‘on qilish uchun dastak boldigina emas,
o‘quvchi ommani ularni «xalq dushmani», asarlarini «zarar-
li» deb tushunishga tayyorlashga ham xizmat qildi. Sho‘ro
adabiyotshunosligi, garchi vulgar sotsiologik yondashuv-
ni qoralasa-da, undan butkul forig1 bo'lolmadi: adabiyot-
ga mafkura xizmatchisi deb qarash,
baholash mezonlari
ichida g'oyaviy jihatga ustuvorlik berish amaliyoti sho‘ro
tuzumi yemirilgunga qadar davom etdi. Shuning ta’sirida
keyingi yiiiarda sotsiologik metodga nisbatan sovuq mu-
nosabat shakllandi. Biroq, tabiiyki, ayb metodda emas, uni
adabiyotga boshqa maqsadlarni ko'zlab qollaganlarda.
Holbuki, metod o'rganilayotgan obyekt tabiatiga muvofiq
bo'lishi e’tiborga olinsa, adabiyotni o'rganishda sotsiologik
metodni inkor qilish nojoiz. Aksincha, metodni adabiyot bi-
Ian bog'liq muammolarni o‘rganish, jumladan, badiiy asar-
lartahliliga tatbiq etish ilmiy jihatdan zarurdir.
Tarixiy-madaniy tahlil metodi
asarni milliy-madaniy
an’analar, shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida
o'rganishga qaratilgandir. Ma’lumki, badiiy asar muayyan
madaniy-adabiy an’analar zaminida dunyoga keladi, uning
qator badiiy xususiyatlari shu kontekstdagina yorqin na-
moyon boladi, anglashiladi. Masalan, Cho'lponning
qator
she’rlari (masalan, «Qalandar ishqi»), ayrim nasriy asar-
lari («Yol esdaligi») borki, ularning zamirida botin ramziy
ma’nolar mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasavvuf she’ri-
yati kontekstidagina o‘zini namoyon etishi, tushunilishi
mumkin boladi. Yoki « 0 ‘tkan kunlar»dagi
bir qator syu-
jet motivlari («tilab olingan farzand», «safarga chiqish»,
«dor ostidan qaytish»), poetik xususiyatlar («oshiq - yor -
ag'yor» sxemasi; oshiq holati tasviri va b.) folklor va mum
toz dostonchilik an’analari zaminida yetilgani shundoq
ko'zga tashlanadi. Eng muhimi, tarixiy-madaniy yondashuv
badiiy asarga milliy madaniyatning vakili sifatida qarashga
yo'naltiradi. Natijada asarning milliy adabiy-madaniy kon-
tekst bilan bogliq ma’no qirralari ochiladi, asarni katta vaqt
465
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'lchamida idrok etish kishida shunga daxldorlik hissini
paydo qiiadi.
Qiyosiy metod deyilganda badiiy asarni boshqa
asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilish nazarda tutiladi. Kon
kret asarni o'tmishda yoki u bilan
bir paytda, boshqa milliy
adabiyotda yoki o‘zi mansub adabiyotda yaratilgan asar
bilan qiyosan tadqiq etish mumkin. Qiyoslash obyekti tad-
qiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Deyiik,
asarni o'tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi
an’ana va yangilik nisbati, ayrim
badiiy unsurlar genezi-
si haqida tasawur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa
milliy adabiyot vakiii bilan qiyoslash orqali adabiy aloqa va
ta’sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi
masalalarni o'rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol
uchun, Navoiy va Nizomiy «Xamsa»larini qiyosiy tahlil qi
lish asosida har ikki asarning poetik o‘ziga xosligi, syujet
motivlaridagi o'xshash va farqli jihatlar, bu farqlarni
yuzaga
keltirgan omillar, dunyoqarashlaridagi mushtarak va farqli
jihatlarni anglash, pirovardida Navoiy dahosini xolis baho-
lash imkonini yaratadi.
Ko‘rib o'tilgan metodlarning hammasi asarning tashqi
aloqalarini o'rganishga qaratilgan bo‘lib, ularning bari ta-
rixiylik tamoyiliga tayanadi. Ulardan farq qilaroq, immanent
tahlil adabiy asarning ichki aloqalarini o'rganishga qarati-
ladi, uning uchun faqat bitta
obyekt - muallifdan, voqelik-
dan, adabiy-madaniy muhitdan uzilgan asarning o'zigina
mavjuddir. Immanent tahlil metodlari sifatida
Dostları ilə paylaş: