salqinini «his qiladi», choqqina hovli, kichkina sahn, sigir
sog‘ayotgan ayo! va sahnni supurib turgan qizga bir-bir
«nazar tashlaydi», shu asnoda tashqari eshikning «besa-
ranjom» ochilganini «eshitadi», bir qo'lida supurgi, bir qo‘li
tizzasida eshikka tikilgancha qotgan Zebini «ko'radi» va u
bilan birga «bir seskanib oladi».
Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan qaralsa, badiiy
nutq obrazliligi go'zal tashbeh-u istioralar yoxud boshqa
tasvir va ifoda vositalari (o'xshatish, metafora, ramz va b.)
ga boylik, bezakdorlik, bo'yoqdorlik, ko‘tarinkilig-u jimjima-
dorlik kabi sifatlar bilan belgilanmasligini ham unutmaslik
lozim. Ilgari aytilganidek, mazkur xususiyatlar badiiy nutq
hali jonli so‘zlashuvga yaqinlashmagan davriarda bel-
gilovchilik maqomida edi. Hozirgi adabiyotda esa bu xil
vositalar mutlaqo yoki deyarli ishlatilmagan asarlar ham
juda ko‘p, biroq bu bilan ulardagi nutq «badiiy» sifatidan
mahrum bo'lib qolmaydi. Masalan, A.Oripovning «Xotirot»
she’ri ilk bandini olaylik:
Dostları ilə paylaş: