BADIIY NUTQ
Badiiy nutq tushunchasi. Istilohlar haqida. Badiiy nutq
badiiy informatsiya yetkazish vositasi. Badiiy nutqning
spetsifik xususiyatlari. Badiiy nutq shakllari. Badiiy
nutqning adabiy til hamda miiliy til tushunchaiari bilan
munosabati.
Adabiyotshunoslikda «badiiy til», «poetik til», «badiiy
adabiyottili», «badiiy asar tili», «badiiy nutq», «poetik nutq»
kabi atamalar juda faol va ko‘pincha bir-birining o‘rnida,
ya’ni sinonim o'laroq qollanib keladi. Xususan, o‘quv ada-
biyotlarida shu kabi terminologik anarxiya holati yaqqol
ko'zga tashlanadi.1 Holbuki, aslida,
terminlarning qaysi
birini qo'llash masalaga tilshunoslik yoki adabiyotshunos-
lik nuqtayi nazaridan yondashilayotganiga bogliq bolishi
lozim.2 Mavjud holat esa, albatta,
muayyan noqulayliklar
1 Jumladan, o'zbek tilidagi manbalarda. I.Sulton «badiiy asaming tili» tushun-
chasini markazga qo'ygan holda u bilan bir qatorda «badiiy til» va «poetik til»
atamalarini ham ishlatadi, «Badiiy adabiyot asarining tili bir-biridan sezilarli farq
etadigan ikki bo'lakdan - avtor (muallif) nutqi va personajlar nutqidan iboratdir»
(207-6.) deb biladi (Адабиёт назарияси.
- Тошкент, 1986. - Б.203 - 230);
T.Boboyevda ham «badiiy asar tili» tushunchasi markaziy o'rin tutgan holda «adabiy
asar tili», «badiiy til», «poetik til» atamalari sinonim o'laroq ishlatilgan. Shuningdek,
«muallif, hikoyachi va personaj tili», «muallif nutqi», «personaj nutqi» atamalari
ham qo'llangan (Адабиётшунослик асослари. - Тошкент, 2002. - Б.156 - 170);
H.Umurov masalani «badiiy nutq» tarzida qo'ygan holda an’anaga muvofiq «badiiy
til» va «poetik til» atamalarini unga sinonim o'laroq ishlatadi (Адабиётшунослик на
зарияси. - Тошкент, 2004. - Б. 142 - 157); biz ham «badiiy asar tili» tushunchasini
asosga qo'ygan holda «badiiy tii» va «poetik til» atamalarini
unga sinonim sifatida
qo'llaganmiz (^уронов Д. Адабиётшуносликка кириш. - Тошкент, 2004. - Б.114
- 123). Shu bilan birga, «Albatta, biz «badiiy asar tili» deganimiz holda, aslida, gap
badiiy nutq haqida borayotgani ma’lum, chunki til unsurlari ma’lum kontekstni hosil
qilgach, nutq hodisasiga aylanadi» (120-6.) deya ta'kidiaganmiz ham. Ya’ni
keyingi
ikki holda murosa yo'li tutilganini sezish qiyin emas.
2Каранг: Теория литературы. В 2-х т. Т.1. / под ред. Н.Д.Тамарченко. - М.:
Академия, 2004. - С. 124 - 138.
237
www.ziyouz.com kutubxonasi
keltirib chiqarishi tabiiy, shu bois awal ayni masalani oydin-
lashtirib olish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Avvaio, an’anaviy ravishda «badiiy til» («poetik til») ata-
masini faol qo'llab kelayotganimiz holda, u anglatadigan
tushunchaning g'oyat mavhum ekanini ta’kidlash lozim.
Yirik rus olimi G.O.Vinokur umrining so'nggi yilida yozilgan
«Poetik til tushunchasi» nomli maqolasida badiiy asar tili
haqidagi mulohazalarini jo'ngina qilib «Poetik til
deganda
eng aw al badiiy asarlar (yozish)da ishlatiladigan til tu-
shunilishi mumkin» degan jumla bilan boshlagan edi.1 Ta
biiy savol tug'iladi: badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til
«umumxalq tili», «milliy til», «adabiy til» atamalari bilan yu-
ritiluvchi, biz kuridalik aloqa-aralashuvda foydalanadigan
tildan boshqa narsami? Yo‘q, albatta, badiiy asarlar yozish
da ham «umumxalq tili» yoki «milliy til» deb ataluvchi
tildan
foydalaniladi, ma’lum darajada «adabiy til» me’yorlariga
amal qilinadi. Demak, bu jihatdan qaralsa, «badiiy til»ning
mavjudligi shubha ostida qoladi. Ikkinchi tomondan, milliy
tildan foydalanib asar yaratildi degani nutq
hodisasi amal-
ga oshdi va yozuvda muhrlandi deganidir. Ya’ni bu holda
ham «badiiy til» haqida gapirishga asos yo‘q, bas, endi
Dostları ilə paylaş: