Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

badiiy nutq
haqida so‘z borishi kerak bo'ladi. Albatta, ba- 
dliy nutq tilning leksik va grammatik vositalaridan tarkib 
topgani ham shubhasiz. Faqat o‘sha leksik va grammatik 
vositalar konkret nutqiy maqsadga muvofiq realizatsiya- 
lanib bo'lgan, ya’ni endi umuman milliy tilning emas, balki 
aynan shu nutqning uzviga aylangan. Demak, bu o'rinda 
ham umuman milliy til yoki badiiy til haqida emas, balki 
konkret 
badiiy asar tili
haqida gapirish to‘g‘ri bo'ladi.
Albatta, shuncha vaqtdan beri ishlatib kelingan isti- 
lohlarni qayta ko'rib chiqishga ehtiyoj, zarurat bormi degan 
savolning tug'ilishi tabiiyki, bu eng awal shu savolga javob 
berish majburiyatini yuklaydi. Avvaio, tilshunoslikda til va
1 Винокур Г.О. О языке художественной литературы. - М.: Высшая школа, 
1991. — С.24 —32.
238
www.ziyouz.com kutubxonasi


nutq bir-biridan farqlanganiga yuz yildan oshdi: XIX asr 
oxiri - XX asr boshlarida bu haqiqat Ferdinand de Sossyur 
tomonidan isbotlangan. Adabiyotshunoslikdagi yuqorida 
tavsiflangan holat esa mazkur haqiqatni yo tan olmas- 
lik, yo ko‘rib-ko‘rmaslikka olishdirki, bularning ikkisi ham 
ilmiylikka xilofdir. Ikkinchi tomondan, badiiy asarlar tilining 
jonli so'zlashuv tiliga yaqinlasha boshlashi (Yevropada bu 
jarayon XVII - XVIII asrlarda, bizda XX asr boshlaridan 
kuzatiladi) bilan ikkalasi orasidagi farq yo'qola boradiki, 
buning natijasida «badiiy til» istilohi ham tobora mavhum- 
lashib, ma’nosini yo‘qotib boradi. Ya'ni ilgari, poeziya tili 
jonli so'zlashuv tilidan keskin farq qilgan vaqtda, istiloh os- 
tida o‘sha farqli til tushunilgan. Endilikda esa, ya’ni badiiy 
til bilan jonli so'zlashuv tili bir-biriga nihoyatda yaqinlash- 
gan sharoitda istiloh anglatayotgan narsani tasavvur qi- 
lish qiyinlashib, uning ortiqcha bolib qolgani yaqqol sezila 
boshladi. Fikrimizcha, mazkur holat ko'rilayotgan masala- 
ga oid istilohlarning qollanishini tartibga solish zarurligini 
asoslash uchun yetarlidir.
Badiiy nutq masalasini qaysi soha o'rganishi borasida 
ham manbalarda turlicha qarashlarga duch kelamiz. Jum- 
ladan, B.Tomashevskiyga ko‘ra, badiiy nutqni o'rganish 
vazifasi to'laligicha tilshunoslik zimmasida. Faqat an’ana- 
viy ravishda, badiiy nutq bilan bogliq masalalar ritorika va 
poetika bag'rida paydo bolgani uchungina ular keyincha- 
lik tilshunoslik emas, adabiyot nazariyasi tarkibiga kiriti- 
ladi va ayni an’ana oqimida eskidan adabiyotshunosiik 
fanlari sirasida o'qitib kelinadi.1 Shuningdek, masalaga 
umumfilologik muammo sifatida qaraydigan yoxud uni 
muhim sanamagani sabab e’tiborsiz qoldiruvchi olimlar 
ham bor. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda 
badiiy nutqni
ham tilshunoslik, ham adabiyotshunoslikning obyekti
deb
1 Томашевский Б.В. Теория литературы. Поэтика. - М.: Аспект пресс, 1996.
- С.29.
239
www.ziyouz.com kutubxonasi


hisoblaydigan mutaxassislar ko‘pchi!ikni tashkil qiiadi. 
Jumladan, V.Xalizevga ko‘ra ham xuddi shunday, faqat 
bu ikki sohaning badiiy nutq masaiasiga yondashuvi, uní 
o'rganishdan ko'zlaydigan maqsadlari farqli. Xususan, 
tilshunoslikni badiiy nutq eng avval tildan foydalanishning 
muayyan maqsadga yo'naltiriigan, shunga xoslangan vo- 
sita va me’yorlariga ega bir shakli o'laroq qiziqtiradi. Badi­
iy nutqni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi 
lingvistik poetika
deb atalib, u 
badiiy asar tiii
(yoki 
poetik til)
tushunchasini 
tayanch - asos qilib oladi. Adabiyotshunoslik uchun esa 
tayanch - asos tushuncha 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin