Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Tanho sahrolarga bosh olib ketsam
Yo yiroq g ‘orlami oshiyon etsam,
Bedo‘st-u beyoron tugasam, bitsam,
Ko'ngling toladimi o ‘shanda, ayt-chi?
Qolmasa dunyoda mendan xotirot,
Nainki xotirot, oddiy, jo ‘n birot.
Bo‘lsa na bir qavmim, na xesh, na aviod,
Ko'ngling toladimi o'shanda, ayt-chi?
Olamga o ‘t qo'ysa har aytar so'zing,
Yiqsang dunyolarni - tikkan chog‘ ko‘zing,
So'ngra mo‘ri kabi qolsang bir o ‘zing,
Ko'ngling toladimi o‘shanda, ayt-chi?
232
www.ziyouz.com kutubxonasi


Avvalo ta’kidlash kerakki, bunda gradatsiya «qo‘g‘ir- 
choq ichida qo‘g‘irchoq» tarzida voqelanadi: bandlar 
doirasida misralararo, she’r butunligida esa bandlararo 
gradual o‘sish kuzatiladi. Ma’no izchil kuchaytirib borilgani 
uchun ham pirovardida murojaat qilinayotgan shaxsning 
asi qiyofasi namoyon bo'ladi. Agar birinchi bandda u lirik 
qahramonning tarkidunyo (ya’ni olamni unga bo'shatib) 
qilishini, ikkinchi bandda esa undan hatto nom-nishon 
ham qolmasligini tilayoígan shaxsiy g'animi o'laroq bo‘y 
koYsatsa, uchinchi bandda unlng asi muddaosi yorug1 
dunyoda o'zidan o‘zga kimsaning qolmasllgi ekani ang- 
lashiladi. Ya’ni shoirning taassufga to‘la mulohazalari 
o'zining shaxsiy dushmani haqida emas, balki ichi tor, 
ko'ngli qora va xudparast kimsalar - odamiylik dush- 
manlari haqidadir. KoYamizki, she’rning mayda-chuyda 
shaxsiy munosabatlar iskanjasidan chiqib, ijtimoiy-estetik 
qimmat kasb etishida tematik kompozitsiya hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etayotir. Albatta, bu o‘rinda bandlar oxirida 
«Ko‘ngling toladimi o'shanda, ayt-chi» ritorik savolining 
takrorlangani, shuningdek, birinchi va uchinchi bandlar 
o'zaro grammatik jihatdan zidlangani (ketsam, etsam, 
biísam - so‘zing, ko‘zing, o'zing) ham muhimligini yodda 
tutish kerak. Zotan, bularning ikkisi ham, aslida, lirik asar 
kompozitsiyasining boshqa bir aspekti - matn qurilishi bi- 
lan bog'liq hodisalardir.
Tematik kompozitsiyaning koYib o'tilgan tiplari turli 
variantlarda namoyon bo'lishi yuqorida aytildi. Shu bilan 
birga, konkret she’r qismlari tematik kompozitsiyasining 
turlicha bo'lishi ham, ba’zan esa ko‘rib o'tilgan tiplarga xos 
jihatlar qorishiq holda namoyon bo'lishi ham mumkinligini 
unutmaslik kerak. Keyingi hol, masalan, A.Oripov o‘zbek 
diyorining «quyosh buroviga oigan palla»sin¡ qalamga oi­
gan mashhur «Saraton» she’rida kuzatiladi. She’rda sara- 
tonning bir kuni - quyosh tik kelgan pallasidan boshlab to
233
www.ziyouz.com kutubxonasi


oqshomi qadar yorqin poetik detallar orqali tasvirlanadi. 
She’rning o'rtasidan esa boshqa bir tematik obraz - o‘zbek 
dehqonining sabot va jasoratga esh mehnati o'rin oigan. 
Ya’ni she’r bitta tematik obraz izchil ketma-ketlikda rivoj- 
lantiriladigan qolipda qurilgani holda, unda ikkita tema­
tik obraz talqln qilingan. Biroq mazkur obrazlar bir-biriga 
parallel qo'yib rivojlantirilgan emas, ikkinchi tematik obraz 
(dehqon mehnati) asosiy tematik obraz (saraton) rivojidagi 
izchil ketma-ketlikning bir halqasidir. Albatta, saraton man- 
zaralari o‘zbek dehqonining mashaqqatli mehnatiga bitil- 
mish gimn uchun fon bo'lib ham xizmat qiladi. Biroq bu 
uning qo'shimcha funksiyasi, xolos, she’rda har ikki tematik 
obraz o‘z holicha ham g'oyaviy-estetik qimmat kasb etgan. 
Shu jihatdan she’rning qurilishi «hikoya ichida hikoya» qo- 
lipiga monand. Ikkala qism nisbiy mustaqil bo'lgani holda 
bir-birini toldiradi, yorqin va tolaqonli namoyon bolishiga 
xizmat qiladi.
Hajman katta, mohiyatan lirik dostonga yaqin keluvchi 
she’rlarda tematik obrazlar rang-barangligini odatiy holdek 
qabul qilamiz. Sababi, lirikaga xos emotsional 
t o 'y in g a n iik
uni o'qish jarayonida o'quvchidan ham shunga mos his- 
siy holatni taqozo etadi. U yoki bu emotsional-ruhiy holat 
davomiyligiga qo'yüuvchi talab ham shundan kelib chiqadi: 
u kishini ruhan zo‘riqtirmaydigan, toliqtirmaydigan daraja- 
da bo'lishi lozim. Ya’ni katta lirik she’riarda hissiy tonallik 
o‘zgarib turishi kerakki, bu, o‘z navbatida, tematik obraz- 
ning ham shunga mos o'zgarishini taqozo etadi. Masalan, 
A.Oripovning mashhur «Bahor» she’ridagi asosiy tematik 
obraz - tabiatga jonlanish olib kelgan bahor, u tufayli kishi- 
lar qalbiga tolgan surur. She’r boshlanishida 
bahor suru-
ri
va 
tabiatdagi jonlanish
paydo qilgan ruhiy ko'tarinkilik 
ustuvor. Biroq surur yaldo kechasidek qish davomidagi 
bahor sog‘inchin\,
tabiatdagi jonlanish esa 
«manguga ko‘z
yumgan aziz insonlar»
ni yodga soladi - emotsional tonallik
234
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'zgaradi. Ularni eslash asnosida lirik qahramon beixtiyor 
buyuklik va baqo, hayot va o ‘lirn
haqidagi o'ylarga berila- 
di - qabriston kishini shunga moyil etadi. Elning buyuklari 
yotgan 
Chig‘atoy qabristoni
manzaralari turtki bo‘lib 
onasi-
ning olisdagi qabri
ko‘z oldiga keladi, qalb qa’ridan buyuk 
yo'qotishning 
hali ohorli iztiroblari
quyilib, tezdayoq 
inson-
ga maysacha ham himmat qilinrnaganiga qarshi isyon-
ga aylanadi. So‘ng aql isyonni bostiradi - lirik qahramon 
inson qismatini tan olib, itoatga keladi
va 
hayotdan zavq
olib, shukronalik bilan yashash kerak
degan fikrda to‘xtay- 
di. Ayni shu nuqtadan unga 
bahorning maftunkor go‘zalligi
yaqqolroq ko‘rina boshladi, endi u 
dilbar kelinchak vujudi-
da boshlangan yangi hayotni inson umri davomiyligining
ramzi olaroq idrok eta boshiadi. Ko'rib o'tganimiz tematik 
kompozitsiyasidagi evrilishlar she’rning o'qishli bo'lishini 
ta’minlab, mutolaa davomida o'quvchining o‘sha ziddiyatli 
hislarni hech bir ruhiy zo'riqishsiz ko‘ngildan kechirishiga 
zamin hoziriaydi.
Yuqorida lirik asar kompozitsiyasi haqida aytganlarimiz 
uning tashqi (matniy) qurilishi va tematik aspektlariga taal- 
luqli gaplardan iborat boldi. Tabiiyki, bu o'rinda masalani 
to‘la yoritishning imkoni yo‘q, shu bois uning eng muhim 
nuqtalariga to‘xtalish bilan cheklandik. Lirik asar tashqi 
(matniy) qurilishining band bilan bogliq tomonlari, shu- 
ningdek, ritmik-intonatsion jihatlari haqida keyinroq, she’r 
tuzilishi mavzusi doirasida batafsil so‘z yuritamiz.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin