Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

pozitsiya
masalasi o'rtaga 
q o ‘ y N g a n
bo'ladi.
Syujet haqida to'xtalganimizda syujetlilik barcha turdagi 
asarlarga xosligini, chalkashliklardan qochish uchungina 
syujetni «voqealar tizimi», ya’ni ko‘proq epik va drama- 
tik asarlarga xos hodisa deb tushunishimizni aytdik. Dar- 
haqiqat, lirik asarda voqealar tizimi yo‘q, biroq bir-biriga 
bog'liq o'y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji mavjudki, ushbu 
harakatning ham boshlanishi, rivojlanishi va yakuni bor. 
Aslida, shuning o‘zi «lirik syujet» atamasini qo'llashga 
asos, biroq, yana qaytaramiz, chalkashliklardan qochish 
uchun uning o‘rniga 
tematik kompozitsiya
atamasi qo'lla- 
nadi.
Albatta, tematik kompozitsiyada syujet unsurlari (eks- 
pozitsiya, tugun va b.)ni izlash o'rinsiz, bunda o'sha uch 
asosiy nuqta: 
boshianma, o ‘y-fikrva his-kechinmalar rivoji
hamda 
yakun
mavjud.
Lirik asarda boshianma vazifasini yo ilk misra, yo ilk 
qo'shmisra, yo ilk band bajarishi mumkin. Odatda, 
bosh­
ianma
o‘quvchini she’rni qabui qilishga emotsional jihatdan 
tayyorlashga xizmat qiladi. Yuqorida esa ayni shu vazifani 
she ï sarlavhasi, oYni bilan janr qaydi va epigraf ham baja­
rishi mumkinligini koïib o‘tdik. Ayon bo'ladiki, sarlavha (janr
225
www.ziyouz.com kutubxonasi


qaydi, epigraf)li she’rlar bilan sarlavha (janr qaydi, epigraf) 
siz she’rlardagi boshlanma bir xil emas. Agar birinchi holda 
sarlavha (janr qaydi, epigraf) bilan ilk misra (qo'shmisra 
yoki band) birlikda boshlanmani tashkil qilsa, ikkinchisida 
u ilk misra (qo'shmisra yoki band)dangina iboratdir. Ma- 
salan, A.Oripovning «Hayronlik» nomli she’ri «Chindan 
g‘alat erur dunyo ishlari» misrasi bilan boshlanadi. Shu ikki 
unsur boshlanma o'Iaroq o'quvchini she’rni qabul qilishga
- dunyoning turfa ishlariga hayron o‘tayotgan lirik qahra- 
mon kechinmalarini ko'ngildan kechirishga hozirlaydi. Sar­
lavha o‘rniga uchta yulduzcha qo'yilgan she’rda ilk misra
- «Chuvaladi o'ylarim sensiz» - boshlanma, uni o'qiboq 
o‘quvchi qalbi hijronda xayoli parishon oshiq holati, iztirob- 
larini qabul qilishga sozlanadi. Shuningdek, boshlanmasi 
sarlavha (janr qaydi, epigraf)dangina iborat she’rlar ham 
uchrab turadi. Jumladan, «Tunislik bola» she’rida. Bu hol­
da she’rdagi ilk misra (qo'shmisra, band) boshlanma funk- 
siyalarini o'zidan butkul soqit etgan:
Afsus, razolatga botdi bu ochun,
Aybni yaratganga to'nkamoq nechun?
Senga o ‘t qo'ydilar bir ermak uchun,
Rimga nega kelding, tunislik bola?
Ya’ni ilk misradan boshlaboq bevosifa lirik qahramon- 
ning hodisaga munosabati ifodalanmoqda, chunki, yuqo- 
rida ko'rib o'tganimizdek, sarlavha bilan epigraf boshlanma 
zimmasidagi vazifalarni ortig'i bilan uddalab bo'lgan -
o'quvchi she’rni qabul qilishga emotsional jihatdan iayyor.
Lirik asardagi his-kechinma, o'y-fikrning rivojlantirib bo- 
rilishi tematik kompozitsiya o'zagini tashkil qiladi. Buning 
eng sodda ko'rinishi qo'yilgan masalaning mantiqiy izchil- 
ükda rivojîantirib borilishi bo'lib, u har qanday nutqda yo 
inshoda amal qilinuvchi tartibda voqelanadi: 
muammo
qo'yiladi - muhokama qilinadi
-
xulosa chiqariladi.
Ko'rib
226
www.ziyouz.com kutubxonasi


turganimizdek, mazkur uchlik yuqorida aytganimiz 
bosh-
lanma - o ‘y-fikr va his-kechinmalar rívoji
-
yakun
uchligi 
bilan ustma-ust tushadi. Odatda, bunday kompozitsiya 
ko'proq falsafiy va publitsistik lirika namunalariga xosdir. 
Masalan, A.Oripovning «Ornad haqida» nomli she’ri:

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin