Ion matlali») yoki radif («falon radifli») yordamida atalgan,
boshqa janrlardagi she’rlar ham shunga o‘xshash usullar
bilan nomlangan. Yangi o‘zbek adabiyotida lirik she’rlarni
nomlash amaliyoti ham ancha keng tarqaldi. Albatta, bun-
da xorijiy adabiyotlar ta’siri ham yo‘q emas, biroq asosiy
sababni sarlavha bajaradigan g'oyaviy-badiiy funksiyalar-
ga ijodiy ehtiyojning mavjudligidan izlash kerak. Xusu-
san, she’r mavzusiga ishora qilish, she’rxonda muayyan
kayfiyat uyg‘otish-u shunga mos estetik kutuv hosil qilish
sarlavhaning universa! funksiyalaridan sanaladi. Masa-
lan, A.Oripov she’rlariga qo'yügan «Sevgi o‘limi», «Sen-
dan yiroqda», «Ayriliq qo‘shig‘i», «Bahor nashidasi» kabi
sarlavhalar eng avval muayyan emotsional holatni pay-
do qilishga qaratilgan. «Burgut», «Dorboz», «Tilla baliq-
cha» kabi sarlavhalar mavzuning asosi bo'lmish obrazni
ta’kidlab ataydi, asosiy matn esa obrazning muhim bir ji-
hatini (masalan, burgutda «maqsadsizlik», tilla baliqcha-
da «biqiqlik») bo‘rtiq tarzda ifodalaydi. Natijada badiiy
xotiramizda «burgut», «dorboz», «tilla baliqcha» obrazlari
muhrlanadi, bas, endi sarlavha tilga olinishi bilan mohi-
yat yodga keladigan bo'ladi. Ayrim sarlavhalar she’rdagi
his-kechinma, o‘y-fikrlar yuzaga kelgan holat, bunga turtki
bergan narsa, hodisa, joy kabilarni aniqlashtirishga xizmat
qiladi: «Samolyotda yozilgan she’r», «Pahlavon Mahmud
qabri qoshida», «Munojot»ni tinglab...» singari. Shu xil
sarlavhalar ko‘pincha lirik qahramon his-kechinmalarini
anglash uchun kalit vazifasini o'taydiki, buni tasavvur qilish
uchun quyidagi she’rga diqqatni tortamiz:
Dostları ilə paylaş: