Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Me’mor umr bo‘yi hafsala ila
Go'zaI bir imorat ayladi bunyod.
Biroq nogahonda mash’um zilzila
Vayron qildi uni, qildi-ku barbod.
Xuddi shu singari qurgaymiz biz ham
Umr deb ataimish go'zal binoni.
Biroq yeiib keiar mash’um so‘nggi dam,
Vayron etar uni ajai to'foni.
Ko‘rib turganimizdek, she’r inson umri, o'Iimning muqar- 
rar va haq ekani haqida. Unda oltmish yosh arafasidagi 
shoirning qarashlari aks etgan, shu bois endi navqiron yigir- 
ma beshida yozilgan «Bahor» she’ridagi kabi o'Iimga qarshi 
isyon yo‘q - o‘kinch aralash itoat bor. Ayni shu mazmun, 
ruh-kayfiyatni ifodalashda o‘xshatish asosidagi kompozitsi­
ya muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi bandning «Xuddi 
shu singari» deb boshlanishi bilan ketma-ket «me’mor -
biz», «imorat - umr», «zilzila - ajal» o'xshatishlar silsilasi
229
www.ziyouz.com kutubxonasi


yuzaga chiqadi - kompozitsion tafakkur harakatga keladi. 
Ko‘rib o'tilgan she’rda o'xshatilayotgan narsa ham, o'xsha- 
gan narsa ham mavjud. Biroq, aytish kerakki, tematik kom- 
pozitsiyasi qiyosga asoslanuvchi hamma she’rlarda ham 
bunday emas, ko'pincha o'xshagan narsaning o'zigina 
qoladi. Ya’ni bu holda she’r metafora prinsipida qurilgan 
deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu jihatdan qaralsa, A.Oripov- 
ning «Qo'riqxona», «Kometa», «Etna vulqoni», «To'lin oy», 
«Xarobazor» she’rlarida tematik kompozitsiya o'xshatishga, 
«Burgut», «Giyoh», «Buloq», «Bulut» she’rlarida esa meta- 
foraga asoslangandir.
Ikkita tematik obraz rivojlantirilgan she’rda zidlash 
ham samarali badiiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Jumladan, 
«Dorboz» she’rida. Uning dastlabki to'rt misrasida dorboz 
taqdim etiladi. Bu o‘rinda qanday taqdim qilinganiga e’ti- 
bor kerak: 1) u juda balandda («Bulutlarga yondosh, os- 
mon ostida»); 2) juda qaltis vaziyatda («kiprikdagi yosh- 
day») va shunga qaramay; 3) «qilichning damiday arqon 
ustida ko‘zlarini yumib yurgani», keyingi ikki misrada lirik 
qahramonning odamlarga hayrat-la murojaat qilishi va 
yakun
(oxirgi ikki misra)dagi zidlash: «biz - ko‘zi ochiqlar 
katta yolda ham eplab yurolmaymiz». Ko'ramizki, she’r- 
ning mazmun-mohiyati yakunda, kontrastlilik orqali yuza­
ga chiqadi. Zero, lirik qahramonning yakunlovchi xitobi 
ortidan o'quvchi ongida dorboz - biz, osmonda - yer- 
da, qilich damidek arqon ustida - katta yo'lda, ko'zlari- 
ni yumib yuribdi - ko'zimiz ochig‘-u, eplab yurolmaymiz 
tarzidagi zidliklar chaqinday o‘tadi-da, mohiyat yorishib 
ketadi.
«Dorboz»da bevosita zidlash (ya’ni lirik qahramon tili- 
dan aytilgan) bor edi, quyidagi she’r matnida esa zidlash- 
ga ishora ham yo‘q:
Oh urib haryonda izg'iydi shamol,
Zamon makon bermay uni qiynaydi.
230
www.ziyouz.com kutubxonasi


bandlar oxirida ikki martadan radifmonand takrorlanuv- 
chi «birinchi muhabbatim» birikmasi ham ta’kidlab turadi. 
She’rning strofik (band) qurilishi ham tematik obrazning 
rivojlanishiga muvofiq: har bir band asosiga muayyan bir 
mikrotema qo‘yilgan va, agar diqqaí qilinsa, bu mikrotema- 
iarning xronologik ketma-ketlikda joylashganini ilg‘ab oiish 
qiyin emas. Qizig'i, har bir bandning to'rtinchi misrasidagi 
jumla mikrotema xuiosasi olaroq uning mohiyatini lo‘nda- 
gina ifodaiaydiki, uiar bir qatorga terib chiqilsa, tematik 
rivojlanish sxemasi yuzaga keladi: Men seni esga oldim...
- Lekin seni yo‘qotdim... - Nechun bilmovdim avvai... -
Seni eslab yig'layman... - Men (endi) kimga suyangay- 
man... - Dildagi ohim mening... Mikrotemaiarning bu tarz 
xronologik ketma-ketlikda joylashgani she’rga syujetlilik 
xususiyatini beradi, zotan, ularning har biri ortida botiniy 
voqealarni ilg'ab olish qiyin ham emas.
Ko'pincha bu tipdagi tematik kompozitsiya gradatsiya 
asosiga quriladi, ya’ni tematik qismlar muayyan mazmun- 
ning kuchayib borishi tartibida joylashtiriladi. Masalan, 
«Savol» she’ridagi kabi:

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin