Uydan ketganimga o‘n y il bo'libdi,
0 ‘n yil qishlog‘imdan у и rib man uzoq.
Men yurgan yollarda o ‘tlar unibdi,
Ko‘milib bo'libdi men kezgan so'qmoq.
E’tibor berilsa, bandda qo‘llangan til unsurlari kundalik
muloqotda qo'llanuvchi unsurlardan o‘zga emasligi, unda
turli badiiy vositalarning ishlatilmagani ko'riladi. Tajriba
uchun banddagi badiiy nutqni amaliy nutq ko'rinishiga kelti-
ramiz: «Uydan ketganimga o‘n yil bolibdi. 0 ‘n yil qishlog‘im-
dan uzoq yuribman. Men yurgan yollarda o'tlar unib, men
kezgan so'qmoq ko'milib bo'libdi». Ko'rib turganingizdek,
so'zlar aynan keltirildi, bunda bironta so‘z o'zgartirilgani
yo‘q. Endi tasavvur qilingki, shu gaplarni kundalik mulo
qotda sizga kimdir aytmoqda. Bu holda mazkur parcha-
ning badiiylikdan mahrumligi, endi uning badiiy informat-
242
www.ziyouz.com kutubxonasi
муа yetkazmayotganini anglash qiyin emas. Xo'sh, nima
iichun bir xil so‘zlardan tarkib topgan ikki nutqiy bolakning
I ш ini «badiiy» deymiz-u, ikkinchisini badiiyiikdan mahrum
dob hisoblaymiz? Farq shundaki, keyingi parchadagi gaplar-
ni eshitganimizda biz o‘zga odam yetkazayotgan informatsi-
yani ham, o'sha odamning ayni paytdagi his-tuyg‘ularini ham
lushuncha shaklida qabul qilamiz. Aksincha, she’rning ilk
handini o'qishni boshlashi bilanoq o‘quvchi diliga mahzun-
lik inadi, she’rning asosiy tematik obrazi - qishlog‘idan o‘n
yillar ayro yurgan, endi qishlog'ini kezingancha hayot haqi-
Ha mahzun o‘ylarga cho'mgan kishi kechinmalarini ko‘ngli-
dan bir-bir kechira boshlaydi. O'quvchi o‘sha o‘t bosgan
yo'llarni, ko‘milib bo‘lgan so'qmoqni ko'radi, lirik qahramon
bilan birga yoki o‘zini uning o‘rniga qo'ygan holda o‘sha
•o'qmoqda kezinadi. Ya’ni u yangi bir olamda - til unsur-
lari vositasida yaratilgan badiiy reallikda yashaydi. Badiiy
toallik esa, bilasiz, voqelikning oddiygina aksi emas, balki
liningijodkor qalbi-yu ongida qayta yaratilgan aksi - badiiy
nbrazdir. Bu obrazda ijod onlarida shoir qalbida kechgan
ln:,-tuyg‘ular-u o‘y-fikrlar ham, uni o‘sha holatga olib kirgan
voqelik parchalari ham til unsurlari vositasida uyg‘un aks
otgan. Boshqacha aytsak, ijodkor tasavvurida yaralgan
obraz badiiy nutqda moddiylashadiki, u yetkazayotgan in-
i( nmatsiya
obrazli va hissiyotga yo‘g ‘rilgan
informatsiyadir.
I )nmak, badiiy nutqning belgilovchi xususiyatlari
obrazlilik
(lasviriylik) va
emotsionallik
ekan.
lahlil qilganimiz ikkala misol badiiy nutqning obrazliligi
link asarlarga nisbatan epik asarlarda yorqinroq namoyon
Im'lishini koYsatadi. Lirik asarlarda tasvirlanuvchi voqelik
i ми halari lirik qahramon ichki olamiga olib kiruvchi vosita
(y.i'ni unda voqelikning shu maqsadga yetish uchun zarur
li.inmentlarigina qalamga olinadi) bo'lsa, epik asarlardagi
li.idiiy voqelik o‘z holicha ham estetik qimmat kasb etadi-
nan, to'laqonli, obyektivlashgan manzaradir. Shu bois ham
<
4
>lk asarlardagi ijodkor ko‘zi bilan ko'rilgan voqelik o‘quv-
243
www.ziyouz.com kutubxonasi
chi xayolida ham jonlanadi, endi uni «ko‘rish», «eshitish»
yoxud boshqa sezgilar yordamida «his qilish» mumkin.
Yuqorida ko‘rganimizdek, badiiy nutq ham biz kunda-
lik muloqotda ishlatib yurganimiz odatiy so'zlardan tarkib
topadi. So'zning bevosita, odatiy ma’nosi badiiy asar
matnida yangidan yangi qirralarini namoyon qiladi, uning
ma’no sig‘imi benihoya kengayadiki, buni badiiy asarda
tasvirlangan xususiy faktdan katta bir badiiy umumlash-
ma kelib chiqishiga o'xshatsa bo'ladi. Bunga amin boMish
uchun kundalik muloqotda aytilgan «Men kezgan so‘qmoq
ko'milib bo'libdi» jumlasi bilan misolga olingan she’rda-
gi «Ko'milib bo'libdi men kezgan so'qmoq» satri yetka-
zayotgan informatsiyani qiyoslab ko‘rish mumkin. Birinchi
holda konkret so'qmoq, o‘sha so'qmoqni odam yurmay
qo‘yganidan o‘t bosib ketgani nazarda tutilayotgani, ya’ni
tinglovchi informatsiyani faqat o‘z ma’nosida qabul qilayot-
gani ravshan. Xuddi shu so‘zlardan tarkiblangan satr esa
ma’no sig'imi, o‘quvchi xayolida qo‘zg‘ayotgan assotsiativ
ma’nolar jihatidan benihoya keng. Chunki bu satr badiiy
matn ichida keladi, baski, u butunning qismiga aylangan,
demak, ma’no ottenkalari va hissiy bo‘yog‘i ham butun bi
lan bog‘liq holda namoyon bo'ladi. Shu bois ham «ko‘milib
bo'lgan so'qmoq» lirik qahramon uchun (she’r ruhiga kira
bilgan, o‘zini lirik qahramon o‘rniga qo'ya olgan she’rxon
uchun ham) oddiygina so'qmoq emas. She’rdagi «Ko'milib
bo'libdi men kezgan so'qmoq» satri lirik qahramon xayoli
da o'sha so'qmoq bilan bog'liq olis xotiralarni jonlantiradi,
ko'nglida nish urgan beg'uborva betashvish bolalig-u zan-
gor yoshlik sog'inchini, umrning o'tkinchiligini o'ylashdan
kelgan mahzunlikni ifodalovchi obrazga aylanadi.
Lirik asarda nutqning emotsionalligi ko'proq lirik qahra-
monning konkret paytdagi (bu turga mansub asarda badiiy
vaqtning juda qisqaligi, «hozir» bilan belgilanishini e’tibor-
ga olish zarur) kayfiyati, holati, kechinmalari bilan bog'liq
bo'lsa, epik asarda emotsionallikning namoyon bo'lishi
244
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'zgacharoq tarzda kechadi. Bundagi emotsionallik, birinchi
galda, tasvirlanayotgan predmet mohiyati bilan bog'liqdir.
Ya’ni epik asarda tasvirlanayotgan narsa, voqeaning o‘zga-
rishi barobari emotsionallik ham shunga mos o'zgarib bora-
di. Buni jonliroq tasavvur qilish uchun «O'tkan kunlar»dan
olingan bir necha parchaga diqqat qilaylik:
«Og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko'rkam oq yuzlik, kelish-
kan qora ko'zlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti
sabz urgan biryigit...» (Otabek)
«... uzun bo‘ylik, qora cho'tir yuzlik, chag‘ir ko'zlik, chu-
voq soqol, o'ttiz besh yoshlarda bo‘lg‘on ko‘rimsiz bir ki-
shi...» (Homid)
«... qora zulfi par yostiqning turlik tomonig'a tartibsiz su-
ratda to‘zg‘ib, quyuq jingila kiprik ostidagi timqora ko'zlari
bir nuqtag'a tikilganda nimadir bir narsani ko'rgan kabi...
qop-qora kamon, o‘tib ketgan nafis, qiyig1 qoshlari chimiril-
ganda nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oy-
dek g‘uborsiz oq yuzi biroz qizilliqg'a aylanganda kimdan-
dir uyalg‘an kabi...» (Kumush)
« 0 ‘n yetti yashar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina,
o‘rtacha husnlik Zaynab qayin onasining tilak va sha’niga
loyiq tavoze-odoblar bilan bitta-bitta bosib dasturxon yoni-
ga keldi...» (Zaynab)
A.Qodiriy roman personajlarini o'quvchisiga ilk bor ayni
shu yo‘sin taqdim qilganki, ularning har biriga yozuvchining
o‘z emotsional munosabati borligini ko‘rish qiyin emas.
Tasvirda bo‘rtib turgan bu narsa o'quvchi shuuriga singadi
va uning personajlarga munosabatini belgilaydi. Yozuv-
chi Otabek haqida gapirganida sezilib turadigan ichki bir
hurmat, Kumush tasviridagi shaydolik, Homid tasviridagi
jirkanishga yaqin bir his, Zaynab tasviridagi ozroq kinoya
- bularning bari tasvir predmeti o‘zgarishi barobarida his-
siy munosabatning ham mutanosib o‘zgarishidan dalolat
beradi. E’tibor bering-a, shu parchalarning o‘ziyoq Zay-
nabni Kumush bilan qiyos qilgan kitobxonga keyingisi foy-
245
www.ziyouz.com kutubxonasi
dasiga hukm chiqarish imkonini bermaydimi?! Bu tasvirni
o‘qib «Zaynab - o'rtamiyona bir qiz, kelinbop qiz» degan
fikr uyg‘onar-u, biroq «firoqida ikki yillab sarson-sargardon
yurishga, uni deya o'limga tik borishga, nihoyat, ko‘yidagi
o‘limni-da yuksak saodat deb bilishga arzigulik qiz» degan
fikr aslo kelmaydi. Ko'rinadiki, badiiy nutq orqali voqela-
nuvchi tasvirda bo‘rtib turgan hissiy munosabat yozuvchi-
ga qahramonlariga o'quvchisining o‘zi istagandek muno-
sabatda bolishini, asarining o‘zi istagandek tushunilishini
ta’minlash imkonini beradi. Demak, epik asarda emotsio-
nal tonallikning muttasil o'zgarib, tovlanib turishi ko'zda
tutilgan mazmunning ifodalanishida ham, asarning qabul
qilinishida ham muhim ahamiyatga ega.
Epik asardagi emotsionallikning ikkinchi xili undagi
sahna-epizodlar, dialoglar bilan bogTiqdir. Epik asar tar-
kibidagi sahna-epizodlar o'quvchi xayolida jonlanishi, per-
sonajlarning gap ohangi «eshitilishi» zarur. Personajlar
nutqi intonatsiyasini «eshitolgan» o'quvchi ularning ruhi-
yatiga kira biladi, demakki, asarda tasvirlangan voqea-ho-
disaiar, personajlararo munosabatlar mohiyatini chuqur
anglaydi. Yana « 0 ‘tkan kunlar»ga murojaat qilamiz. Ota-
bek dushmanlaridan o'chini olib Toshkentga jo'nagach,
usta Alim keltirib bergan xatlardan bor gapni anglaganlari-
dan so‘ng, Kumush bilan otasi o'rtasida kechgan suhbatga
diqqat qilaylik:
«... Shu voqeadan so‘ng kuyavingiz aniq kelganmi edi?
- Kelgan edi, qizim.
- Bechorani nega haydadingiz-da, nega meni, loaqal,
oyimni bu kelishdan xabardor qilmadingiz?
- Men uning kelishini boshqa gapka yo‘yib, sizlarga
bildirmagan edim...
- Qizingizni taloq qilgan bir kishini Toshkand degan joy-
dan eshikingizga kelishi sizga g'arib tuyulmaganmi edi? -
deb yana so'radi Kumush.
Qutidor uyalish va o'kinish orasida:
246
www.ziyouz.com kutubxonasi
- Jaholat kelsa, aql qochadir, qizim, - deb qo'ydi».
Ota-bola o'rtasida kechgan ushbu suhbai kontekstidan
xabardor didli kitobxon ularning gap ohanglarini «eshitib»,
shu orqali ruhiy holatlari haqida tasavvur hosil qilishi tabiiy.
Parchaga diqqat qilsak, Kumush ikki yillik hijronida qisman
otasini ham aybli deb hisoblayotgani, shu narsa uning gap
ohangidan sezilib turganini ko'ramiz. Ayni paytda, otasi ham
buni his qiladi va ichki bir noqulaylik, qizi oldida aybdorlik,
xijoiat hissini tuyib turadi. Mazkur parchani shu yo‘sin tu-
shunishga imkon beradigan unsurlar sifatida quyidagilar-
ni ko'rsatish mumkin: 1) ta’kidni kuchaytiruvchi vosita-
lar (shu, aniq, -mi edi; takror qo'llanilayotgan «nega»
so‘rog‘i); 2) muallif izohiari («deb yana so'radi Ku
mush»; «uyalish va o'kinish orasida... deb qo'ydi»). De-
mak, til unsurlari muallif izohiari bilan qo‘shilgan holda qah-
ramonlarning dialoglarda aytgan gaplari ohangini tasavvur
qilish va shu asosda ularning ruhiyatini, kayfiyatini tushu-
nish imkonini yaratar ekan. Personajlar o'rtasidagi dialog
konkret hayotiy situatsiyada kechishi tufayli, birinchidan, ha-
yotiy holatning hissiy bo'yoqdorligi dialog vositasida yana-
da boyitiladi; ikkinchidan, dialogning hissiy tonalligi hayotiy
holat hissiy fonida anglashiladi. Demak, epik asardagi tasvir
predmeti bilan bogliq emotsionallik (ya’ni muallif nutqidagi
hissiylik) hamda qahramonlar nutqidagi emotsionallik bir-bi-
riga bog'liq holda mavjud, ular bir-birini to‘ldiradi va birlikda
asarning umumiy hissiy tonalligini tashkil qiladi.
Badiiy nutqning yana bir muhim jihati - differensiatsi-
yalanganlik (ya’ni farqlanganlik)ka ham alohida to'xtalish
zarur. Farqlanganlik shuki, badiiy asarda muallif nutqi va
qahramonlar nutqi yaqqol ajraladi. Ta’kidlash kerakki, bu
tarzdagi farqlanish ko'proq epik asarlarga xosdir. Epik
xarakterdagi asarlarning aksariyatida voqea, voqea kecha-
yotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga berilayotgan
ta’rif, muallif mushohadalari kabilar bevosita muallif tilidan
beriladi. Xuddi muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy
247
www.ziyouz.com kutubxonasi
voqelik unsurlarini yaxlitlashtiruvchi subyektiv asos bo'lga-
nidek, muallif nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashti
ruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asardagi boshqa
personajlar nutqi, voqealar, tafsilotlar yaxlit bir organizrnga
- badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan
adabiy til me’yorlariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til
me’yorlariga to'la muvofiq bo'lishini talab qilish xato bo'lur
edi. Zero, yozuvchi badiiy voqelikni to'laqonli tasvirlash,
o‘zining his-kechinmalarini, o‘y-hislarini imkon qadaryorqin
ifodalashga harakat qilarkan, milliy til imkoniyatlarini ken-
gaytirish zaruratini sezadi, bu boradagi izlanishlari ba’zan
adabiy til me’yorlaridan chekinishga ham olib kelishi mum-
kin. Ayni shu chekinishlar vaqti kelib adabiy til me’yoriga
aylanishi mumkinligi ham ehtimoidan yiroq emas.
Personajlar nutqini
Dostları ilə paylaş: |