Dilnura omonzoda



Yüklə 322 Kb.
səhifə6/14
tarix11.02.2023
ölçüsü322 Kb.
#83819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ДИЛНУРА ОМОНЗО

ASRGA TATIGULIK KUN

Kapalak umridek inson taqdiri,


Asrga tatigan kunlarga tengdir.
Chingiz "Qiyomat"i,"Bo'ron bekat"da
Qirg'iz, o'zbek, qozoq tasviri kengdir.

Kunning kunduzidir Sario'zak cho'li,


Bo'ronli temiryo'l kunduzning tuni.
Zaminin yelkada tutgan Edigey,
Qalban mehnatkashdir anglagan shuni.

Kazangap vafoti asar boshidir,


Oqilga joy yo'qdir qozoq cho'lida.
Ona Bayit tafti o'psin jasadim,
Aytadi tilida, tuproq qo'lida.

Jabrdiyda Nayman ona mas'umdir,


Edigey sobitdir, Sobitjon manqurt.
Qirg'iz raqiblari jungjang urug'i,
Qildi qon, fojia azobda el-yurt.

Asos soldi qonli Ona Bayitga.


F arzandin qo'lida jon bergan ona.
Tuyaning terisin kiygan Jo'lamon
Tobedir jungjangga, xor vaxshiyona.

Edil daryosida g'arq bo'ldi dushman


Ne ne azob chekdi inson nafasi
Asli hayot qiynar, majburlab mahkum
Har yuz yil tortadi manqurt qafasi.


KITOBXON

"Sarob"dek "Qutlug' qon" oqizib zamon


Qurbonin olmasa, ko'zi to'ymaydi.
Asli inson emas, dunyo manqurtdir
"Oydinda yurish"ga hech ham qo'ymaydi.

"Dunyoning ishlari" shunday ta'sirli,


Onalar nigohi aks etgan zamon.
"O'tgan kunlar"ni-chi xotirlab qolsam,
"Ruhimda isyonlar" ko'tarar har jon.

"Yulduzli tunlar"da "Mungli ko'zlar"im


"Ko'ngil nidosi"ni kuylaydi mahzun.
"Ikki eshik orasi"n zabt etib asta,
"Sariq devni minib" ketsam-da mamnun.

Navqiron "chinor"dek ko'nglim kengayib,


Mashrab tuygan hisni his etsa taftim.
Zulfiyadek o'zbek ayoli bo'lib,
Hamid Olimjonning ishqida kaftim.

"Umrim tushda emas o'ngimda kechib"


Buyuklar ijodi aks etsa menda
" Ma'nan yuksak bo'lib, kuchim yengilmas"
Ajib tuyg'ularni uyg'otsa senda.

Falakda "Mangu yongan yulduz"dek


Navoiy "Xamsa"sin nurini sochsam.
"Asrga teng bo'lgan kun"ning "ufq"ida,
"Quyosh maskani"da ko'zimni ochsam.

Rumiyning mantiqi so'zimga singib,


Boburdek sog'inchdan dilim kuysaydi.
"Munojotni tinglab" Oripov kabi
Qalbim Muhammadning baxtin tuysaydi.

Otabek Kumushning hurmati cheksiz,


Layli va Majnunlar ishqi abadiy.
Farhod va Shirinning shavqli taqdiri,
Talqindir adibning madhi badiiy.

Kitoblar olami mo'jaz dunyodir,


Tafakkur dengizin his etar shu on.
Voqea hayotdir, qahramon inson,
O'qib-uqib yashar zukko kitobxon.


Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin