Dilnura omonzoda



Yüklə 322 Kb.
səhifə7/14
tarix11.02.2023
ölçüsü322 Kb.
#83819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
ДИЛНУРА ОМОНЗО

NAVQIRON GUJUMLAR

Shoirning har satri dil kuyiga teng,


Qalbda mujassamdir turli ob-havo.
Ilhom yomg'irlari shivirlab sokin,
Ajib she'rlar yozgin, derlar, ajabo.

Oshiq bayon etar sevgi izhorin,


She'rlar ila yorga bag'ishlab mehrin.
Ular yashaydilar o'zga olamda,
Qolipga solarlar so'z ila sehrin.

Xayoling qayerda telbasan, derlar


Laylining ishqida kuygan Majnunga.
Ular qaydan bilsin bu olam sirin.
Gard emas, chiroyli gap kerak unga.

Osmonda ucharlar orzular quchib


Go'yo dengiz hidi kelar baytida.
Cho'llarni kezarlar "zo'r karvon" bilan
Navoiy yonida ijod paytida.

Mo'jiza baxtini tuyib ko'ngilda,


G'azalin bitarlar, yozarlar doston.
Ulug'lar ijodin go'zal madh etib,
" Xamsa"sin bitarlar, yozarlar "Bo'ston".
O'zbek she'riyatin ko'kka ko'tarib,
Bahslashuv qilarlar, she'riy hujumlar.
Yaratgan qo'llasin, ilhomlar berib,
Navqiron shoirlar, kuchli gujumlar.


***
Sukunat olamin bag'rimga bosib
Dengizlarda suzib, osmonda uchsam.
Yulduzlar nurida qalbim yoritib
Oyning og'ushida Yerimni quchsam.

Koinot tilsimin mo'jazga yo'yib,


Muallaq havoda, qaniydi, tursam.
Ko'zim ko'zgusida o'zimni ko'rib,
O'zgacha yo'llarda, o'zgacha yursam.


IKKI YO‘L

Oldinda ikki yo'l,


ikki xil qismat,
Qay biri manziling,
bilmay kuyasan.
Biri ishq atalmish
noma'lum kimsa,
Birida yolg'izlik,
quchib suyasan.

Qay biridan borsang ham


yonasan o'tsiz,
Yig'i to'la bo'g'zing,
qaroring titroq.
Ishongin,
sen suygan qalbi soxtadan,
Kimsasiz,
dard yutib yashash yaxshiroq!




YANGI OHANGLARDA
ZAMONLAR BAXTLASHUVI
Biz baxtlimiz,
Baxtli bo'lganmiz.
Va Baxtli bo'lajakmiz...
05.02.2022




TORTIQ

Qaysidir


yaqining oldida
bir zum,
g'amlarni chiqarib,
Baxtni yutasan.
25.12.2021

***

Dardlarim
bulutga aytgandim,
pinhon,
Chidolmay
alamdan
yig'lab yubordi.
24.12.2021


***

Yer yuzini quchgan
Koinot,
Mahkamroq
siq, yaxshilar qo'lin.
Duodan yaralmish
"kichik"
Odamzot,
Yoritgin, samodan
ularning
yo'lin.

06.01.2022




***

Baxt— tong
Dard -tun
Dardlar botib,
Baxtlar otadi.!

18.12.2021





Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin