Dilnura omonzoda



Yüklə 322 Kb.
səhifə9/14
tarix11.02.2023
ölçüsü322 Kb.
#83819
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ДИЛНУРА ОМОНЗО

YAXSHISI...

Yig'lasam, dunyoni suv bosar shaksiz,


Chuqur nafasimdan oh urar xotir.
Ichi tandir ko‘zim o‘tmishni yopar,
Yaxshisi, uyg‘otma, alla ayt, yotir.

Bir nuqta nigohlar eslatar barin,


Ko'ksimda uyg‘onar tuyg‘ular bot-bot.
Mana, milder labim oqib ketyapti,
Yaxshisi, yaxshisi yig'latma, hayot!




ESLASAK...

Kechmishlar o'tmishga aylandi- qo'ydi


Eslasak g'alati, esingdami, ayt?
Kelmishga o‘yilgan "sen"ing "men"ingman,
Kimsasiz erkangning osmoniga qayt.

Ol nafas, qol birpas botib ko'zimga,


Yo qalbim tubiga cho'kib ketsayding.
Kel, bir bor o'zingni otgin o'zimga,
“SEN va MEN” o‘tganin anglab yetsayding.

Eslasak g'alati, esingdami, ayt..?


***

Sig'masam hayotga, sig'sam ko'nglingga,
Ko'm meni vujudga, qulflagin butkul.
Tig'lasam qalbingni, yig'sam dardingni,
Senda dard, menda dard avj olsin kul-kul.

To yonay, rashkimning o'ti kuydirib,


Eslatib-eslatib qovurgin qattiq..
Dimlangan xiyonat sepib, suydirib,
To‘ysin o‘z hidiga tutunga hiq-hiq.

Kalitni bag‘ringning toshiga qazgin,


Dimiqqan shum g'amlar ocholmasin hech.
Iljiroq hududni suvagin sassiz,
Sevgimizni asra bo‘lmasidan kech!


ISHQNIHOL

Esga ol! Bahorda ekkandik nihol


Yergamas, Oygamas, qalb tublariga.
Mo'jiza atalmish sevgimiz sevib,
O‘zing eltgin meni baxt qutblariga.

Men seni, sen meni niholdan so'rab,


Taqdirning joniga tegadigan biz.
Sen o'sha mehrimdan hecham to'ymagan,
Men esa sog'inib sevadigan qiz.

Shunday sevgin, toki so'lmasin kuzda,


Yoz mahal sevaver, qattiq gurullab.
Qishlarda oq orzu yog'ib qalbingga,
Har bahor kuchliroq sevaver, gullab.

Ikkimiz bahorda ekkandik, nihol...


31.10.2021







Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin