Dilnura omonzoda


LOLA, LOLAJONIM, LOLAQIZG'ALDOQ



Yüklə 322 Kb.
səhifə14/14
tarix11.02.2023
ölçüsü322 Kb.
#83819
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ДИЛНУРА ОМОНЗО

LOLA, LOLAJONIM, LOLAQIZG'ALDOQ
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf
she'ridan ilhomlanib...

Shoirdan ne qolar:


Ikki misra she'r,
Ikkinchi hayot-u,
Bir ko'ngil oppoq.
Odamlar ortidan
Nima desa ham,
Yozishni o'ylaydi
O'zidan ko'proq,
Lola, lolajonim
Lolaqizg'aldoq.

Suygani yomondan


Yiroqdir, shaksiz,
Shoirlar chin sevar,
Sevar qo'riqlab.
Kattaroq ochib
D erazalarni
She'rni shamollating,
Shoirni yo'qlab.
Yozganin g'ijimlar,
Yozganlar goh-goh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Oqni qora qilsam,


Qora oq bo'lar,
Harflar ketayotir
Senga qaytishib.
Xayrlar yog'dirib
Ko'kka ketding-a,
Qushlarga qo'shilib,
Vido aytishib.
Endi bizlar uchun
O‘ziga qo‘l qoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Ko'ngling sezgan ekan,


Ketar chog'ingda,
A'zangda hovlingga
Odamlar to'ldi.
Fotihangda "eng baxtli"
Degan qizlaring
To'yida bir sensiz
Eng baxtli bo'ldi.
Kelinlar ko'ylagi
Ko'nglingday oppoq.
L ola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Gul deding, men esa


Bordim yaqinlab,
Yoz degan ajibing
She'r qilib yozdim.
Qasr-u mol-dunyo
Chekkaga qo'yib,
Sen kabi baxt topmay
Aqldan ozdim.
Ruhim-ku sen bilan,
Jism-jon uyg'oq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Sog'inch o'yib borar,


Yurak yonmoqda,
Aytdim, tuproq qo'shib
Qorishsa, qorsin.
O'limtik tangina
Yotar-u, mayli,
Ruhim qidirmoqqa
Qayerga borsin.
Endi osmon uzra
Yerga, menga boq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Mudom davom etmish


H ayot tog'ida
Ochilgan odamlar
Bir kun so'ladi.
Bag'riga bosgancha
Qabring ustida
To'rt fasl bir quchoq
Lola bo'ladi.
Sevgimiz kuylovchi
Sevgirang bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Ayol qalbim bilan


Baralla sevdim.
"Sevdim. Sevganimdan
Uyalmoq nechun?"
Tuzoqdan yiroqman.
Huuuuv balandlarda,
Lola o'sgan joylar–
Vatan men uchun.
Sen bilan bo'lmoqlik
Baxtliroq ko'proq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.

Sen hamon tiriksan,


O'lmaganday hech,
Ko'ksimning ostida
Urib turibsan.
Ulug' Vataningning
U lug' she'rida
"Biz baxtli bo'lamiz"
Deya yuribsan.
Demak, taqdir ekan,
She'rda yashamoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg'aldoq.
***
Na sen kela olding,
na men izladim,
Rishta bog'lanmasdan oldin uzildi.
Taqdir deganlari kalta qo'l kelib,
Ayriliqnoma deb yorliq tuzildi.

G'ururing boshingni ko'targan chog'i,


Yuzing yo'q, ko'rgani bir bor kelishga.
Dillarda muzlagan sevgi arimas,
Yugurma. arzimas, endi yelishga.

Seniki bo'lmagan hech qachon yodim,


Meniki bo'lmagan yoding tig'laydi.
Ko'z emas, so'z emas yo emaski qalb,
O'rtada sargardon yillar yig'laydi.

Ikkimiz ikki yon, ikki ajralib,


Baxtsizlik baxtini ko'ramiz baham.
Sen eding, umrimda birgina yaqin,
Endi bir sen menga begona odam!

Na sen kela olding, na men izladim...


07.06.2022




M UNDARIJA

3
5
8
9
11
12
13
16
17
18
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
40
41
42
43
45
46
47
48
50
54


Ko‘zmunchoqdan baxtmunchoqqacha........................


Yoshlik tarannumi.......................................................
Xudojon menga ko'zmunchoq, ona!............................
Vatan………………………………………………..
Sevgi nima?..............................................................
Jannatim onam……………………………………….
Umr yo‘li…………………………………………..
Lola………………………………………………..
Asrga tatigulik kun…………………………………
Kitobxon…………………………………………….
Navqiron gujumlar…………………………………….
Sukunat olamin …………………………………….
Ikki yo‘l………………………………………………
Yangi ohanglarda. Zamonlar baxtlashuvi……………..
Tortiq………………………………………………..
Dardlarim………………………………………….
Yer yuzini…………………………………………….
Baxt-tong………………………………………………
Oq niyat……………………………………………
Har safar……………………………………………….
Yurak mahzun………………………………………
Kulgusiz nur………………………………………..
Dardyorliq…………………………………………..
Ko‘nglim ko‘kka uchmoq istaydi……………………
Yaxshisi…………………………………………
Eslasak………………………………………………
Sig‘masam hayotga……………………………………
Ishqnihol…………………………………………….
Bizlikning qo‘shig‘i……………………………………
T o‘rtliklar………………………………………………
Xotira –muqaddas, xotira –aziz!.................................
Topishmoq……………………………………………..
Aziz muallim………………………………………..
Sulolamiz……………………………………………….
Yomonlik……………………………………………..
Bahor………………………………………………….
Tug‘ilgan kun…………………………………………
Chin hayot……………………………………………….
Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq………………………..
Na sen kela olding…………………………………….


Adabiy-badiiy nashr




DILNURA OMONZODA


BAXTMUNCHOQ
She’rlar


Muharrir: Sh.Qalandarova
Texnik muharrir: U.Latipov
Sahifalovchi dizayner: A.Bobojonov

O ʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 6730-sonli TASDIQNOMA berilgan. 2021.03.01/ 2022 yilning 6- iyunidan bosishga ruxsat etildi. Bichimi 84х108 1/16. “Times New Roman” garniturasi. Hajmi – 3,5 босма табоқ.


A dadi - 50 dona. Buyurtma №60
Bahosi kelishilgan narxda.

“Ogahiy” nashriyotida tayyorlandi va


matbaa bo‘limida chop etildi.
Manzil: Urganch shahri, Al Xorazmiy ko‘chasi, 23 -uy.
Tel: (+99893) 749 72 66
E –mail: shoirashams1111@gmail.com




Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin