Dilnura omonzoda


Hasratin bildirmay bag'rida ezgan



Yüklə 322 Kb.
səhifə3/14
tarix11.02.2023
ölçüsü322 Kb.
#83819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ДИЛНУРА ОМОНЗО

Hasratin bildirmay bag'rida ezgan
Umrimning yo'lini mehr-la chizgan
Tunlari bedorim, jannatim onam.

Ma’lumki, bugungi she’riyatdagi uslubiy rang-baranglik uning muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Dilnura zamonaviy o‘zbek she’riyatida keng yoyilayotgan modern uslubida ham ijod qiladi. To‘g‘ri uning ijodida an’anaviy uslubda yozilgan she’rlar ham talaygina, biroq, asosan, keyingi davrlarda u modern uslubida ham she’rlar ijod qilib kelmoqda. Uning she’rlarini “baxtmunchoq”, “ishqnihol”, “dardyorliq” kabi topilmalar yana-da bezab turadi. Original tashbehlar, o‘ziga xos uslublari bilan katta ijod olamiga kirib kelayongan Dilnuraning yo‘llari nurli bo‘lsin!




Bekposhsha Rahimova,
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent













XUDOJON MENGA KO'ZMUNCHOQ, ONA!

Osmondan tushganday savollar berib,


Dunyoning sirlarin dilimga terib.
Siz borsiz, aytaman boshimni kerib,
Xudojon menga ko'zmunchoq, Ona!

Har zamon yo'qlamay ko'nglingiz tilsam,


Yig'labsiz, kechqurun qo'ng'iroq qilsam.
Bag'ringiz zo'r ekan, ulg'ayib bilsam,
Xudojon menga ko'zmunchoq, Ona!

Yaxshiman. Mendan hech xavotir olmang,


"Qorni to'q, tan sog'mi" o'ylar-la tolmang.
Gar ketsam, yosh yutib sog'inib qolmang,
Xudojon menga ko'zmunchoq, Ona!

Aytmagan so'zim bor salgina ko'proq,


Mendirman erkangiz, sochlardagi oq.
Baxtimni tilovchi yig'loqi munchoq,
Xudojon menga baxtmunchoq, Ona!

O'zimga qaradim, ko'pni qaratdim,


Ko'zning yomoniga sochim taratdim.
So‘zga ko‘ngil berib, shior yaratdim:
" Xudojon menga ko'zmunchoq, Ona!"

Kun kelar, jajji qiz “Zulfiya” bo‘lib,


Ich-ichdan sevingan yoshlarga to‘lib, .
Eslaymiz, yig‘laymiz birga o‘tirib,
Xudojon menga ko'zmunchoq, Ona!

"Qizim, ko'zmunchog'ing taqmabsan", demang,


Xudojon qizlarga ko'zmunchoq, Ona..!

26.09. 2021


VATAN

Allalar kuylagan onamsan, vatan,


Dunyo ichra sen bir donamsan, vatan.
Jaloliddin asragan olamsan, vatan,
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!

Ostonadan boshlangan oilamdursan,


Zulfiyadek buyuk shoiramdursan,
Nay, rubob, jarangdor doiramdursan,
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!

Navoiydek yetuk g'azal sultonim,


Boburdek shoir-u, shohijahonim.
Mashrabdek ishq yutgan, jo'shqin ummonim,
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!

Qushlarni sayratgan go'zal bo'stonim,


Hushbo'y hid taratgan shod gulistonim.
Qalblarga yozilgan g'azal, dostonim,
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!

Vatanni sevuvchi tanim, iymonim,


Nomus-u orim va toza vijdonim.
A llohning so'zlari -buyuk Qur'onim
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!

Dilimdan chiqayotgan dilkash kalomim,


Insonni shod etgan shirin salomim.
Namozin ulug'lagan pok musulmonim,
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!

Mustahkam qal'ali O'zbekistonim,


Qo'riqlaydi yurtni jasur posbonim,
Bog‘lari ko‘rkam yurt- jannatmakonim,
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!

Har tongda porlagan nurli quyoshim,


Kulguyim, qayg'uyim hamda ko'yoshim.
Oldinga boshlovchi ulug' yurtboshim,
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!

Shu yurtda tug'ildim, shu yurtda o'sdim,


Barcha yaqinlarim, yonimda do'stim.
Mehr berganlarga qo'limni cho'zdim,
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!

Ishonching oqlaymiz ulug' maskanim,


Faxr-la kuylaydi vujudim, tanim.
Osmoni musaffo vatanim manim,
Senga jon baxshida, o‘zbegim, Vatan!



Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin