Dilrabo elmuratova nodira misirova


 ‘quv reja la rin in g q u y id a g i tu r la r i m avjud



Yüklə 34,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/90
tarix01.12.2023
ölçüsü34,92 Mb.
#170895
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90
384051c7064ff50b4d88ff9a746b9032 Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari

0 ‘quv reja la rin in g q u y id a g i tu r la r i m avjud:
1) tayanch o ‘quv rejalari;
2) nam unaviy o ‘quv rejalari;
3) ishchi o 'q u v rejalari.
Tayanch o ‘quv rejasi davlat ta ’lim standartining tashkiliy qismi hisoblanuvchi 
asosiy m e’yoriy hujjat b o iib , u nam unaviy va amaliy o ‘quv rejalarini ishlab chiqish 
uchun asos b o ‘lib xizm at qiladi. T ayanch o ‘quv rejasi 
Respublika Vazirlai 
Mahkamasi tom onidan tasdiqlanadi.
Nam unaviy o ‘quv rejalari tayanch o ‘quv rejasi asosida uzoq muddatgii 
m o'ljallab tuziladi va O 'zbekiston R espublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta ’lim Vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadi.
Ishchi o ‘quv rejalari nam unaviy o 'q u v rejalari asosida o ‘quv muassasalarining 
mavjud sharoitlarini hisobga olgan h o ld a yaratiladi.
0 ‘quv dasturi m uayyan o 'q u v fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalar 
mazmuni, umumiy vaqtning muhim bilim larni o ‘rganilishi bo'yicha taqsimlanishi. 
m avzular ketm a-ketligining belgilanishi va ularning o ‘rganilish darajasini yorituvchi 
m e’yoriy hujjat.
O 'quv dasturlarini yaratishda:
- ilmiylik;
- g ‘oyaviylik; 
^
- am aliyot va nazariya birligi;
- ta ’lim va tarbiyaning o ‘zaro aloqadorligi;
- tizimlilik;
- tarixiylik;
- o ‘quv predm etlarining o ‘zaro b o g ‘liqligi;
- o ‘quvchilam ing yosh xususiyatlarini hisobga olish;
- o ‘quvchilar tarbiyasining ijtim oiy maqsadlarga mos kelishi kabi tamoyillai 
ustuvor o'rin tutadi.
0 ‘quv dasturida o ‘quv m aterialining muayyan ta ’lim bosqichining har bir yili vn 
har bir guruh (yoki sinf), kurs b o ‘y ic h a taqsimlanishi asoslab beriladi. Dasturda 
k o ‘rsatilgan 
bilim, 
k o'nikm a, 
m alakalam ing 
o‘quvchilar 
tomonidan 
to'In
100


o'zlashtirilishi o ‘qitish jarayonining muvaffaqiyati va samaradorligini belgilovchi 
asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
0 ‘quv dasturlari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
1. Uqtirish xati (yoki kirish).
2. 0 ‘quv fanining maqsadi va vazifalari.
3. Fan b o ‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalariga qo‘yiladigan talablar.
4. Fanning o ‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o ‘zaro bogMiqligi va uslubiy jihatdan 
uzviy ketma-ketligi.
5. Fanning ta ’lim sohasidagi o ‘mi.
6. Fanni o ‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalaming o ‘mi.
7. Fanni o ‘qitish jarayonini tashkil etish v a o ‘tkazish yuzasidan tavsiyalar.
8. Fanning hajmi va mazmuni.
9. 0 ‘quv fanining rejasi.
10. Fanning nazariy (m a’ruza) m ashg‘ulotlari mazmuni.
11. Am aliy (laboratoriya) m ashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatm a va 
tavsiyalar.
12. M ustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni.
13. 0 ‘quv fani b o ‘yicha tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarningmavzulari.
14. 0 ‘quv fani yuzasidan yozm a shakldagi oraliq nazorat (ON)ni tashkil etish 
uchun namunaviy savollar.
15. 0 ‘quv fani yuzasidan yozm a shakldagi yakuniy nazorat (YAN)ni tashkil 
etish uchun namunaviy savollar.
16. 0 ‘quvchilar bilimlarini nazorat qilish tartibi va mezonlari.
17. 0 ‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish turlari (joriy, oraliq va yakuniy 
nazorat).
18. 0 ‘quv fani bo‘yicha reyting nazoratining umumiy ballari va mezonlari.
19. 0 ‘quv fani b o ‘yicha reyting nazorati.
20. 0 ‘quv fani b o ‘yicha dasturning axborot-uslubiy ta ’minoti.
21. Didaktik vositalar.
22. 0 ‘quv fanida foydalaniladigan manbalar ro'yxati.
23. Q o‘shim cha manbalar.
24. Mundarija.
0 ‘quv dasturlarining quyidagi turlari mavjud:
a. 
namunaviy o ‘quv dasturlari;
b. 
muqobil o ‘quv dasturlari;
c. 
ishchi o ‘quv dasturlari;
d. 
mualliflik o ‘quv dasturlari;
101


e. 
individual o ‘quv dasturlari.
N am unaviy o 'q u v dasturlari u yoki bu ta ’lim sohasiga nisbatan davlat ta ’lim 
standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi.
N am unaviy o ‘quv dasturlari quyidagi tarkibiy tuzilm aga ega:
- fanni o ‘rganish m aqsadi;
- o'quvchilarning bilim , ko'nikm a, m alakalariga q o ‘yiladigan asosiy talablar;
- fanni o ‘qitish uchun tavsiya etiladigan shakl va m etodlar haqidagi tushuntirish
xati;
- o ‘rganilayotgan m aterialning tem atik mazmuni;
- kursning alohida savollarini o ‘rganishga o ‘qituvchi sarflaydigan taxminiy 
soatlari hajmi;
- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollar ro‘yxati;
- fanlararo va kurslararo b o g ‘liqlikni am alga oshirish bo ‘yicha ko‘rsatmalar;
- o ‘quv uskunalari va k o ‘rgazm ali q o ila n m a lar ro ‘yxati;
- tavsiya etiladigan adabiyotlar.
N am unaviy dastur asosida o ‘quv jarayonining m etodik, axborot, texnik 
ta ’m inlash imkoniyati, o ‘quvchilarning tayyorgarlik darajalari inobatga olingan holda 
ishlab chiqilgan ishchi o ‘quv dasturlari ta ’lim m uassasalarining Pedagogik 
kengashlari tom onidan tasdiqlanadi.
M ualliflik o ‘quv dasturlari davlat ta ’lim standartlari talablarini hisobga olgan 
holda o ‘quv fani qurilishining o ‘zgacha shaklda bo'lishi, o ‘rganilayotgan hodisa va 
jarayonlarga nisbatan m u a llif nuqtai nazarining aks etishi bilan boshqa o ‘quv 
dasturlaridan farqlanadi. Bu turdagi dasturlar tegishli fan sohasi bo ‘yicha faoliyat olib 
borayotgan pedagog, psixolog, m etodistlam ing tashqi taqrizlariga ega bo'lishi va 
ta ’lim m uassasalarining Pedagogik kengashlari tom onidan tasdiqlanishi zarur.
M uqobil o 'q u v dasturlari tayanch va nam unaviy o 'q u v dasturlari asosida 
am aldagi ishchi o 'q u v dasturlariga muqobil ravishda yaratiladi va ta ’lini 
m uassasalarining Pedagogik kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Individual 
o 'q u v dasturlari m uayyan o 'q u v fani yoki bilim sohasi b o 'y ich a ta ’lim oluvchilarninr 
qobiliyati, iqtidorini inobatga olgan holda uni yanada rivojlantirish m aqsadida ishlab 
chiqilib, ta ’lim m uassasasining Pedagogik kengashlari tom onidan tasdiqlanadi.
T a’lim mazmuni o 'q u v adabiyotlarida loyihalashtiriladi.
102


0 ‘quv fanlari bo‘yicha yaratilgan darsliklar, o'quv hamda metodik qo'llanmalar, 
mashq va masalalar to'plam i, xrestomatiyalar, m a’lumotnomalar, atlaslar, o'quv 
lug'atlari o 'q u v adabiyotlar sanaladi.
D arslik muayyan o'quv fani bo'yicha ta ’lim maqsadi, o'quv dasturi va didaktik 
talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to'g'risidagi m a’lumotlami beruvchi 
manba b o'lib, u mazmuni, tuzilishiga k o 'ra o 'quv dasturiga mos keladi.
Namunaviy o 'q u v dasturlari asosida yaratilgan darsliklar tegishli ravishda 
Respublika Oliy va o 'rta m axsus ta ’lim yoki Xalq ta ’limi Vazirliklari tomonidan 
muayyan ta ’lim muassasalari uchun tavsiya etiladi.
Darslik ta ’lim m azm uniga qo'yiladigan barcha talablarga javob bera olishi, 
m a’lumotlar o'quvchilar uchun qiziqarli, iloji boricha qisqa, tushunarli, ko'rgazmali, 
estetik xususiyatga ega boMishi kerak.
Darsliklar quyidagi didaktik vazifalami bajaradi:
1) rag'batlantirish (o'quvchilarni fanni o'rganishga yo'naltirish, ularda fan 
asoslarini o'zlashtirishga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqishni shakllantirish);
2) axborot uzatish (o'quvchilarga axborotlami etkazish, samarali usullar 
yordam ida ulam ing bilimlari hajmini kengaytirish);
3) nazorat-tuzatish (mashq qilish; ta ’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, 
o'quvchilarda o'zini baholash, tuzatish layoqati va zarur ko'nikma, malakalarni 
shakllantirish uchun mashqlarini tavsiya etish);
4) muvofiqlashtirish (material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa 
vositalari (xaritalar, ko'rgazm ali materiallar, diapozitiv va b.sh.)ni jalb etish);
5) rivojlantirish-tarbiyalash (darslik mazmunining o'quvchilarga ma’naviy- 
axloqiy ta ’sir ko'rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, 
faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirish);
6) o'qitish (darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo'lgan 
konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko'rsatish, mantiqiy eslab qolish 
kabi malakalarni rivojlantirish).
Darslikni yaratishda quyidagi shartlar inobatga olinishi lozim:
1. Har bir o 'q u v predmeti uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi, 
uning hajmi tegishli o 'q u v dasturi talablariga va u mo'ljallangan o'quvchilam ing 
yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlar nazariy, g'oyaviy jihatdan tizimli, 
izchil, keltirilayotgan dalil va isbotlar ishonchli bo'lishi, ular to 'g 'ri tahlil qilinishi, 
aniq ta ’rif etilishi, mavzular yuzasidan zarur xulosalar chiqarilishi asosida ta ’lim
103


oluvchilarda dunyoqarash, m a’naviy-axloqiy sifatlar ham da e ’tiqodni tarbiyalay 
olishi lozim.
3. 0 ‘quv darsliklarida bayon etilayotgan bilim lar am aliyot bilan bog‘lanishi, 
jam iyat hayotining barcha - ijtim oiy, iqtisodiy, m adaniy sohalarida erishilgan 
yutuqlarni tavsiflaydigan dalillar bilan boyitilishi, ularning tahlili bilan asoslanishi 
zarur.
4. D arsliklarda bayon qilinayotgan m avzular o 'q u v materialining xarakteriga 
bog‘liq holda tegishli qoida va ta ’riflar berilishi, dalillar keltirilishi, ba’zi materiallar 
rasm , surat, sxem a, diagram m a ham da boshqa tasvirlar bilan boyitilishi maqsadga 
muvofiqdir.
5. Bayon qilinayotgan m ateriallar o ‘quvchilarga tushunarli boMishi, lo‘nda, 
ixcham ju m lala r asosida yoritilishi kerak.
6. Darslikning tashqi ko‘rinishi, bezagi muayyan yosh davri ta’lim oluvchilarining 
estetik didlariga, psixologik xususiyatlariga mos kelishi lozim.
7. O 'q u v darsliklarining tegishli yo sh davri o ‘quvchilari uchun joriy qilingan 
gigiena qoidalariga muvofiq boMishi talab qilinadi.
8. D arsliklar fanda isbot qilinm agan, m a’lum ta ’rif va qoidalarga ega 
boMmagan, m uam m oli masalalardan holi boMishi zarur.

Yüklə 34,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin