Diniy tashkilot


-modda. Qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar



Yüklə 39,74 Kb.
səhifə10/15
tarix02.06.2023
ölçüsü39,74 Kb.
#122958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Документ Microsoft Word (15)

18-modda. Qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar
Qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaatga ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligi va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqidagi xabar eʼlon qilinganligi tasdiqnomasining;
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan ushbu tashkilotning barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan topshirish dalolatnomasining (qoʻshib yuborish va oʻzgartirish chogʻida) yoki taqsimlash balansining (boʻlish va ajratib chiqarish chogʻida);
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi haqidagi dalolatnomaning.
19-modda. Diniy tashkilot ustaviga oʻzgartish
va (yoki) qoʻshimchalar kiritilganda
uni qayta roʻyxatdan oʻtkazish
Diniy tashkilotning ustaviga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablar diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi.
Diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi elektron murojaat roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga diniy tashkilot ustaviga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida diniy tashkilotning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida yuboriladi.
Diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
ustavga kiritiladigan oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar matnining yoki ustav yangi tahririning;
diniy tashkilot rahbar organining ustavga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish haqidagi qarorining;
diniy tashkilotning nomi yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oʻzgargan taqdirda – diniy tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning.
Diniy tashkilot qayta tashkil etilganligi (ajratib chiqarilganligi yoki qoʻshib olinganligi) munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda ushbu moddada nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligi va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilinganligi tasdiqnomasining;
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan ushbu tashkilotning barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislik haqidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan topshirish dalolatnomasining yoki taqsimlash balansining;
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oʻzgargan taqdirda, diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ilgari diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan tashkilotning roʻyxatdan oʻtkazilishi bilan bogʻliq hujjatlarni elektron tizim orqali soʻrab oladi.
Pochta manzili, bank rekvizitlari yoki rahbar organning tarkibi oʻzgargan taqdirda, diniy tashkilot ushbu masalalar boʻyicha qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida elektron tizim orqali tegishli qarorlarni ilova qilgan holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni bu haqda xabardor qiladi.

Yüklə 39,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin