Diniy tashkilot


-modda. Reyestrga diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish



Yüklə 39,74 Kb.
səhifə14/15
tarix02.06.2023
ölçüsü39,74 Kb.
#122958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Документ Microsoft Word (15)

28-modda. Reyestrga diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish
Reyestrga diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish uchun tugatuvchi bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga elektron tizim orqali elektron murojaat yuboradi.
Elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida davriy bosma nashrda berilgan eʼlonning;
belgilangan tartibda tasdiqlangan tugatish balansining;
diniy tashkilotning barcha hisobvaraqlari yopilganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi banklar maʼlumotnomalarining;
kreditorlarning talablari toʻliq qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulk tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarning;
muhrlar va shtamplar yoʻq qilinganligi haqidagi dalolatnomaning;
litsenziyalar va ruxsatnomalarning (mavjud boʻlgan taqdirda);
soliq organlarining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosasining;
sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻyicha organning diniy tashkilot qarzdor sifatida ishtirok etayotgan, ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi xabarnomasi;
diniy tashkilot hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomaning.
Bunda hujjatlarning asl nusxalari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ikki ish kuni ichida taqdim etiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatuvchining elektron murojaati olinganidan keyin reyestrga diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida besh ish kuni ichida yozuv kiritadi.
Agar hujjatlarning toʻliq roʻyxati taqdim etilmagan yoki ular lozim tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarda atayin notoʻgʻri axborot mavjudligi aniqlangan boʻlsa, reyestrga yozuv kiritilishi rad etilishi mumkin.
Reyestrga yozuv kiritish rad etilgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatuvchiga rad etish asoslarini koʻrsatgan holda elektron tizim orqali bildirishnoma yuboradi.
Reyestrga yozuv kiritish haqidagi qaror roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining xulosasi tarzida qabul qilinadi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida reyestrga yozuv kiritilganidan keyin ikki ish kuni ichida:
diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida tugatuvchini, soliq organlarini va statistika organlarini elektron tizim orqali xabardor qiladi;
diniy tashkilotga berilgan litsenziyalar va ruxsatnomalarni (mavjud boʻlgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshiradi.
Diniy tashkilot reyestrga diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran tugatilgan deb hisoblanadi.

Yüklə 39,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin