Diniy tashkilot


-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar



Yüklə 39,74 Kb.
səhifə12/15
tarix02.06.2023
ölçüsü39,74 Kb.
#122958
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Документ Microsoft Word (15)

23-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
diniy tashkilotning tashkil etilishi konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirish, Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targʻib etish, fuqarolarning sogʻligʻiga va xalqning maʼnaviyatiga tajovuz qilish maqsadini koʻzlagan boʻlsa;
diniy tashkilotni tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan boʻlsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda qonunchilikka nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa;
tuzilayotgan tashkilot diniy tashkilot sifatida eʼtirof etilmagan boʻlsa;
taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida atayin notoʻgʻri axborot mavjudligi aniqlangan boʻlsa.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
24-modda. Diniy tashkilotlar reyestri
Roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilot adliya organlari tomonidan elektron tizimda yuritiladigan va hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan diniy tashkilotlar reyestriga (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) kiritiladi.
Reyestrda quyidagilar koʻrsatiladi:
diniy tashkilotning nomi va uning qaysi konfessiyaga mansubligi;
diniy tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili);
diniy tashkilot faoliyat koʻrsatadigan hudud;
tashabbuskorlar (taʼsischilar) ishtirokchilar toʻgʻrisidagi axborot (familiyasi, ismi, otasining ismi), aloqa bogʻlash uchun maʼlumotlar;
rahbar organning nomi va pochta manzili, aloqa bogʻlash uchun maʼlumotlar;
diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va boshqa axborot.
5-bob. Diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish va tugatish
25-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish
Diniy tashkilotning faoliyati, u Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarini buzgan taqdirda, sud tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin.
Diniy tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan, shuningdek tashkilotning oʻz ustav maqsadlariga zid harakatlar sodir etilgan taqdirda, prokuratura organlari yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomani ushbu diniy tashkilotning rahbar organlariga kiritadi hamda bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Agar bu qoidabuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, diniy tashkilot faoliyati prokuratura organlarining yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning taqdimnomasi asosida sud qarori bilan olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi.
Favqulodda holat joriy etilgan taqdirda diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish tartibi qonunda belgilanadi.

Yüklə 39,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin