Dinshunoslik” fanining O‘quv-uslubiy majmuasi ta’lim yo‘nalishi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə78/204
tarix22.09.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#146953
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   204
Dinshunoslik MAJMUA 2023 tayyor

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

  1. Hanafiylik mazhabining asoschisi Hanifa hayoti va ta'limoti haqida so’zlab bering?

  2. Movarounnahrda hanafiy mazhabining yoyilishi va rivoji qay tariqa ro’y bergan?

  3. Markaziy Osiyo faqihlari to’g’risida ma’lumot bering?

  4. Islom huquqi manbalarini sanab bering?

  5. Qur'on, sunna, ijmo va qiyos, masolihul-mursala, istihson va urf tushunchalarini izohlang?

  6. Tasavvuf tushunchasi va uning mohiyatini izohlang?

  7. Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Yassaviy, Kubroviy, Naqshbandiy shaxslarini tasavvuf ilmiga qo’shgan hissalarini tushuntiring?


9 - MAVZU. O‘ZBEKISTONDA FAOLIYAT YURITUVCHI DINIY TASHKILOTLAR.
Reja:
1.Konfessiya tushunchasining mohiyati va O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi diniy konfessiyalarning tasnifi.
2.O’zbekisatonda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqidagi qonun qabul qilinishining tarixi va uning ahamiyati. Vijdon va eʼtiqod erkinligining taʼrifi.
3. Davlat va din munosabatlarini tartibga solishning tiplari. (Identifikatsion model, separatsion model va kooperatsion modellar). Sekulyarlashuv jarayoni.
4.Sobiq Sovet Ittifoqi davrida O`zbekistonida diniy qarashlarga munosabatning asosiy jihatlari.
5. BMTning 72 sessiyasida diniy bag`rikenglik haqidagi rezolyusiyani qabul qilish haqidagi taklifning ijtimoiy siyosiy ahamiyati.


Tayanch so’z va iboralar: Din, Konfessiya, Sekta, Diniy tashkilot, O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar, Diniy tashkilot, Mormonlar, Krishnani anglash jamiyati, Iegovo shohidlari, Bahoiylik, Bobiylik, 72 sessiya, sekulyarlashuv, Identifikatsion model, separatsion model, kooperatsion model, Vijdon va eʼtiqod erkinligi, konfessiya.


1-reja bayoni. Konfessiya tushunchasining mohiyati va o‘zbekistonda faoliyat yurituvchi diniy konfessiyalarning tasnifi.
Konfessiya tushunchasi Mavzuni yoritishda talaba quyidagilarga e’tibor qaratadi. "Konfessiya" so‘zi (lotincha – "confessio") o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “e’tiqod qilish”, degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi. Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar alohida konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar. Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, ularning turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me’yoriy omillardan biri bo‘lib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Konfessiya umumiy atama boʻlib, xristianlik, buddaviylik kabi katta dinlar ham, ularning zamirida paydo boʻlgan pravoslavlik, katoliklik, lamaizm, dzen-buddizm kabi yoʻnalishlar ham shunday nom bilan atalaveradi.
Mazhablarga misollar

  • Ustun dinlar va konfessiyalarning mamlakatlar boʻyicha taqsimlanishi : Pravoslavlik Qadimgi Sharq pravoslav cherkovlari katoliklik protestantizm sunniylik shiizm Teravada Mahayana Vajrayana hinduizm

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin