Xristianlikning asosiy oqimlari qaysilar?
|
Pravoslav oqimi.
Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo'nalishidan biri o'laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ruyobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so'zidan olingan bo'lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi.Katolik oqimi.
Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan biri katolikdir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo'lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. Katolisizm umumiy, dunyoviy degan ma'nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo'lmagan Rim Xristian jamoasi bo'lib, rivoyatlariga ko'ra uning birinchi Yepiskopi apostol Petr bo'lgan. Katolisizm Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik xaqidagi diniy talabga amalqiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko'rinishga ega, diniy o'qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Provoslaviyadagi kabi katolisizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig'inish odatlari mavjuddir.
|
|
|