Dinshunoslikka


So‘fiylikning paydo bo‘lishi va shakllanishi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106
Dinshunoslikka kirish

So‘fiylikning paydo bo‘lishi va shakllanishi. 
At tasavvufga asos 
bo‘lgan tarkidunyochilik kayfiyatlari deyarli islom bilan bir davr­
da yuzaga keldi. So‘fiylikning ilk namoyondalari deb Payg‘ambar 
(s.a.v.) ning Abu Dardo‘, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asr­
ning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islom­
dagi mistik­asketik oqimning shakllanishi VIII asrning o‘rtalari 
IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda so‘fiylar qatoriga mu­
haddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlari­
So‘fiylikning ilk namoyondalari 
sifatida Muhammad payg‘ambar 
(s.a.v.)ning Abu Dardo, Abu Zarr 
Huzayfa kabi sahobalari
hisoblanadi


191
da qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, shu jumladan is­
lomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda so‘fiy yoki 
at tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o‘rni­
ga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so‘zlari ishlatilar 
edi. Islomdagi bu mistik asketik oqimning paydo bo‘lishi va ta­
raqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi birinchi ikki asr davo­
midagi siyosiy ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, 
uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy g‘oyaviy izlanish va bosh­
qa dinlarning, xususan xris­
tianlikning ta’sirini ko‘rsatish 
mumkin.
Ilk davr so‘fiylarining, 
aniqrog‘i zohid va obidlari­
ning o‘ziga xos xususiyatlari­
dan – Qur’oni Karim oyatlari 
ustida chuqur fikr yuritish, 
Qur’on va Payg‘ambar (s.a.v.) 
sunnatlariga qat’iy amal qi­
lish, kechalarini nafl ibodatlar 
bilan bedor o‘tkazish, kunduzlari ro‘za tutish, ha yot lazzatlaridan 
voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o‘zini 
uzoq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara‘), o‘zini 
Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va hokazolarni ta’kidlash 
mumkin. Jumladan, faqr, rizo, sabr xususiyatlari ularga xos edi.
So‘fiylik ta’limotlari mo‘taziliylardagi mavhum ilohiyotga 
oid fikrlar, obro‘li shaxslarga ko‘r­ko‘rona taqlid qilish, muqad­
das matnlarga so‘zma­so‘z itoat etishdan farqli o‘laroq, insonga 
asosiy obyekt sifatida qaraydi: insonning amallarini boshqaradi­
gan ruhoniyatining mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, 
shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni 
chuqur his qilish ularga xos xususiyatlardan edi. Shuning uchun 
ham ziyrak psixolog, «ilm al­qulub val­xavotir» – «qalblar va 
fikrlar ilmi»ga asos solgan al­Hasan al­Basriy bekorga so‘fiylik­
ning asoschilaridan hisoblanmaydi.
Zikr majlisidagi sufiy jamoasi


192
Al­Hasan al­Basriyning ashoblari, basralik zohidlar – Raboh 
ibn Amr, Rabia al­Adaviy, ad­Doroniylarning (VIII–IX asrlar) 
vahz va ma’ruzalarida Allohga bo‘lgan sof muhabbat, unga yaqin­
lashishga bo‘lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo‘ldi.
O‘sha davrdan boshlab ular so‘fiylikka aniq mistik xarakter 
bag‘ishlab, so‘fiylik mafkurasining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi.
IX asr davomida Tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chi­
qish uchun qizg‘in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda 
Bag‘dod va Xuroson so‘fiylik maktablari eng nufuzli maktablar si­
fatida yuzaga keldi. Ularning namoyondalari avvalgidek so‘fiyning 
ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning «ahvol», 
«maqomot»lariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar 
kabi unga so‘fiy bosib o‘tganida «dunyo gunohkorligidan» poklanib, 
ilohiyotga yaqinlashishiga sabab bo‘ladigan yo‘l (tariq) sifatida qa­
radilar. «Niyatlar» haqidagi ta’limot yanada chuqurlashtirildi. Bun­
da o‘z­o‘zini nazorat (muroqaba, muhosaba) qilishga erishish uchun 
uning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo‘lishiga asosiy urg‘uni berdilar. 
Bag‘dodlik ilohiyotchi al­Muhosibiy tomonidan shakllantirilgan bun­
day ta’limotning Xurosonda ko‘plab tarafdorlari topildilar va ularni 
«malomatiylar» deb atadilar.
Tasavvufda Allohga yetishish faqatgina yuzini ko‘rish bilan 
emas, unga qo‘shilib ketish (fano/baqo) bilan bo‘lishi ham mum­
kin degan fikr ilgari surildi. Mansur al Xalloj, ibn ‘Ato‘, ‘Ayn al­
Qudot al­Hamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi boshqa so‘fiy­
larni hushyorlikka chaqirdi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin